ko‘rsatish usuli samaraligiga ishonishga yordam beradi. Ayrim
cheklangan hududlarda tekshirib ko‘radilar. Marketing bo‘yicha
340
realizatsiya va rag‘batlantirish dasturining nazorati rejasini ishlab
chiqish kiradi.
Har yili dunyoda qariyb 20 mingta xalqaro, milliy va mintaqaviy
ko‘rgazmalar, yarmarkalar va salonlar o‘tkaziladi. Qizig‘i shundaki,
1798 – yilda Parijda tashkil etilgan sanoat ko‘rgazmasi bunday
tadbirlarning milliy iqtisodiyot uchun muhimligini alohida qayd etgan
Napoleon Bonapart tomonidan ochilgan edi. Belgiyada birinchi
ko‘rgazma 1814 – yilda (Gent), Avstriyada 1825 – yili (Vena),
Ispaniyada 1846 – yili (Madridda) bo‘lib o‘tgan edi. Germaniyada esa
ilk sanoat ko‘rgazmalari Myunxenda (1818 – yili), Drezdenda (1824 –
yili) va Berlinda (1843 – yili) o‘tkazilgan.
Birinchi butun dunyo ko‘rgazmasi «Barcha xalqlar ulug‘ bir ish —
insoniyatni takomillashtirish ustida ishlayversin», degan shior ostida
1831 – yili Londonda bo‘lib o‘tgan edi. Ana shu ko‘rgazma o‘tkazish
tashabbuskori Angliya qirolichasi Viktoriyaning umr yo‘ldoshi shahzoda
Albert bo‘lgan. Buyuk Britaniyadan tashqari unda AQSh, Fransiya,
Germaniya va boshqa mamlakatlar ishtirok etgan, 14 ming qatnashchi
17 mingta eksponatni taqdim etib tanishtirgan edi. Tashrif buyuruvchilar
— avval faqatgina imtiyozli tabaqalar vakillari va qurbi yetadigan
badavlat kishilar kiraverishda 1 funt to‘lab (bu esa oddiy ishchining bir
haftalik ish haqidan 6 baravar ko‘p edi), jahonning 40 dan ziyod
mamlakatlaridan kelgan eksponatlar bilan tanisha olar edilar: ulkan
teleskoplar, mexanik to‘quv dastgohlari, gidravlik presslar va mexanik
chalg‘ilar, rezina buyumlar va boshqalar tomoshaga qo‘yilgan edi.
Birinchi kuni ko‘rgazmaga 25 ming odam tashrif buyurdi. Keyinchalik
esa kirish to‘lovi 21 shillinggacha kamaytirildi va ko‘rgazmani oddiy
odamlar ham bemalol tomosha qiladigan bo‘ldi. Ko‘rgazma ishlab
turgan yarim yil davomida unga 6 million odam keldi. Birinchi butun–
dunyo ko‘rgazmasini o‘tkazish bo‘yicha Qirollik komissiyasi tomonidan
mukofotlarning 3 ta darajasi belgilangan edi: faqatgina yangi ixtiroga
yoki buyumning yangicha dizayni uchun beriladigan katta medal,
ikkinchi darajali medal – yuqori sifatli mahsulot uchun ko‘rgazmaga
tashrif buyurganlar va komissiya a’zolari e’tibor qaratgan eksponat
Faxriy yorliq bilan taqdirlangan edi. Mukofotlar jami 5081 ta bo‘lgan,
inglizlarga 4038 tasi topshirilgan bo‘lsa, ajnabiylarga1145 tasi nasib
etgan.
1855 – yilda Parijda ikkinchi, 1862 – yilda Londonda uchinchi
butun dunyo ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Jahon savdosida mahsulot sotish
bozori uchun kurash keskinlashib ketishi XX asr boshlarida ko‘rgazma-
yarmarka faoliyatining tamomila yangi turi – namunalar jahon
341
ko‘rgazmasi paydo bo‘lishiga olib keldi. 1900-yili Italiyaning Turinda
avtomobillar tarmoq yarmarkasi tashkil etildi. Fransiyada 1904-yili Parij
shahrida yarmarkasi ishlay boshladi. Namunalar xalqaro yarmarkasi
Birinchi jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda ayniqsa, keng
tarqaldi. Xalqaro aloqalar izdan chiqishi, tashqi savdo va valuta
cheklovlari joriy etilishi, to‘lov balanslari buzilishi sharoitida aynan
xalqaro yarmarkalar jahon savdosini qayta tiklashga ko‘mak berishning
eng qulay shakli bo‘lib xizmat qildi. 1915-yilda Londonda namunalar
xalqaro yarmarkasi ochildi, 1916-yilda Lionda tashkil etildi (u hozirgi
vaqtda ham eng yirik hisoblanadi), 1918-yilda Bryusselda, 1920-yili
Milanda, 1926-yili Salonikida, 1927-yilda esa Izmirda ochildi.
Ikkinchi jahon urushi aksariyat xalqaro yarmarkalar ishini to‘xtatib
qo‘ydi. Savdo aloqalari izdan chiqdi, yarmarka inshootlari vayronaga
aylandi. Urushdan keyin esa, aziyat chekkan Yevropa davlatlari
iqtisodiyoti tiklanib borgani sayin xalqaro yarmarkalar faoliyati qayta
tiklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: