12.3. Kommunikatsiya siyosatining mohiyati, mazmuni va
maqsadlari
Marketing kommunikatsiyasi - firmadan turli ommaga, mijozlar,
xaridorlar, sotuvchilar, yetkazib beruvchilar, aksionerlar, boshqaruv
organlari hamda firmaning o‘z xodimlariga mo‘ljallangan signallar
majmuasidir. Reklama, shaxsiy savdo, savdoni rag`batlantirish va
jamoat bilan aloqalar kabi asosiy vositalar kommunikatsiya majmuasi
hisoblanadi.
Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo‘lib
hisoblanadi. Korxona o‘z firmasining yaxshi imijini yaratish uchun
ko‘plab kommunikativ jarayonlar bilan o‘zaro kelishishga majbur.
Korxona tovar bilan raqobatlashib kommunikativ raqobatga chuqurroq,
ya’ni bozorni muhimroq maqsadli segmenti va xaridorlari e’tiboriga
erishishga kurashib jalb etiladi.
Keyingi kommunikativ siyosatda strategik va taktik choralarni
ichiga oluvchi faqat kompleks yondashish imkoniyati qo‘yiladi. Buning
uchun korxonadan tadbirkorlikning integratsiyalangan kommunikativ
konsepsiyasini yaratish va rivojlantirish talab qilinadi.
Integratsiyalangan kommunikativ jarayonning xususiyati bo‘lib
kommunikatsiya vositasi va jarayoni, tashuvchilari, shakllarining turli-
tumanligi hisoblanadi.
Kommunikatsiya
quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
1.
Kontakt turi bo‘yicha: shaxsli va shaxssiz.
2.
Jadalligi bo‘yicha: jadal va bo‘sh.
3.
Qo‘llash chastotasi bo‘yicha: yagona va ko‘p marotabalik.
4.
Ta’sir natijasiga ko‘ra: samarali va samarasiz.
5.
Kommunikatsiya tashuvchilari sifatida: menejment (firma
boshqaruvi), xodimlar, mijozlar, jamoat, biznes bo‘yicha sheriklar va
boshqalar.
Reklamadan yangi mahsulotlarni bozorga chiqarishda ham
foydalaniladi. Savdo konyunkturasini yangi mahsulotlar bilan ta’minlash
hali muhim bo‘lmagan, sotuv, zaxira, iste’mol haqidagi ma’lumotlar
yetarli bo‘lmagan paytda bu ham muhimdir. Bu paytda mutaxassislar
yo‘nalishini tanlash uchun reklama orqali yangi taklif tuzadilar. Unda
mahsulotlarning tavsiya etiladigan xususiyatlari va ishlab chiqarishning
kelajagi hamda aholi talabini ko‘ra bilish, sinovga chiqarilgan
mahsulotga xaridorning munosabatini kuzatish haqidagi ma’lumotlar
o‘rin oladi. Reklamaning yo‘nalishini tanlash - savdo va sanoatning
o‘zaro harakati va mahsulot aylanishiga ana shu manbalardan olingan
348
mahsulot zaxiralarining qatnashishiga ham bog‘liq. Reklama faoliyati
marketing xizmatining tarkibiy turlaridan biridir. Uning bevosita yoki
bilvosita turi yordamida korxonaning bozordagi o‘rni mustahkamlanadi
va taklif etilayotgan mahsulotlarni sotish jadallashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |