10.4. Narx strategiyalari
Taktik – operativ vositalarni qo‘llashni muvofiqlashtirish va uning
bozorda harakatlanishini iloji boricha oshirish uchun korxonaning
strategik maqsadlariga amal qilish kerak. Shuning uchun narx siyosati
strategik asosga ehtiyoj sezadi.
Narx belgilashda turli strategiyalardan foydalanish mumkin:
1. Xarajatlarga asoslangan strategiya. Bunda tovar narxini belgilash
uchun ishlab chiqarish xarajatlari, muomala sarflari va qo‘shimcha
xarajatlarga mo‘ljallangan foyda qo‘shiladi.
2. Talabga asoslangan strategiya. Bunda iste’molchilar xohish va
istaklari tahlil qilinib, unga mos narx belgilanadi.
3. Raqobatga asoslangan strategiya. Bunda raqibning tovaridan o‘z
tovarining afzallik tomonlari, servis va raqobat muhiti e’tiborga olinib,
tovarga yuqori yoki past narx belgilash mumkin.
Narx belgilash strategiyasini ishlab chiqishning besh bosqichi
mavjud:
- narx belgilash maqsadlarini shakllantirish;
- narx belgilashning umumiy siyosati;
- narx belgilash strategiyasining o‘zi;
- narx belgilash strategiyasini amalga oshirish;
- narxlarni moslashtirish.
Shunday qilib, narx siyosatini kiritish, narx belgilash strategiyasini
ishlab chiqish va ularni amalda qo‘llash uchun bozordagi vaziyatni
yaxshi o‘rganish, mas’ul shaxslarning saviyasi va oldindan ko‘ra bilish
qobiliyati muhim rol o‘ynaydi.
Korxonada, har bir aniq holatlarda eng yaxshi tarzda ishlab
chiqarish va bozor sharoitlarining o‘ziga xosligiga mos keluvchi va shu
tufayli narxga oid siyosatning yuqori samaradorligini ta’minlovchi
277
“Narx” konsepsiyasini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin
bo‘lgan savdo imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
Strategiyalar prinsipial va uzoq muddatli xarakterga ega. Shuning
uchun narx strategiyalari, uning vositasida narx aksiyalari uzoq muddatli
narxga doir muvaffaqiyatga yo‘nalishi mumkin bo‘lgan “Maqsad”
narxga oid strategik konsepsiyaga ega. Strategik qiymatlar quyidagilarga
ega: narxga oid axloq (narx axloqi), (ya’ni halol narxga oid muomala
prinsipi), narxni hal qilishning vaqtinchalik gorizontlari (qisqa yoki uzoq
muddatli narxga oid maqsadlar ustuvorligi), turli xil manfaat – qiziqish-
larni e’tiborga olish (masalan, sotib oluvchilar (xaridorlar) yoki
aksionerlar qiziqishlari (manfaatlari) ustuvorligi. Buning ustiga narx
qo‘yish qarorlaridagi katta noaniqliklar riskka chidash ahamiyatiga ega.
Masalan, raqobatchilar bilan narx urushi o‘tkaza borib, korxonaning
o‘sishiga erishish mumkinligini prinsipial jihatdan aniqlash kerak.
Narxga oid strategiyalarni loyihalash uchun oqilona dastlabki punkt
— strategik uchburchak: korxonalar – xaridorlar – raqobatchilar
hisoblanadi. Korxonalar bu uchburchakda xaridorlar va raqobatchilar
bilan mustahkam aloqada bo‘ladilar, binobarin, bu aloqa mahsulot
qiymati va so‘raladigan narx bilan bog‘liq bo‘ladi. Iste’molchilar
foydasi – bir tomondan, o‘zida takliflar natijaviyligi orasidagi farqni,
boshqa tomondan, to‘lanadigan narx farqini aks ettiradigan miqdordir.
“Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasida gap “narx-sifat” nisbatiga teng
bo‘lmagan “narx-natijaviylik” nisbati haqida ketmoqda. Taklifning
natijaviyligi birinchi navbatda, mahsulot va assortiment (tur)lar
natijaviyligi bilan belgilanadi. Narx natijaviyligi narxning tiniqligi
ochiq-ravshanligi, narx xavfsizligi, narxning qadr-qiymati, shuningdek,
narx hissiyotlari, masalan, narxdan faxrlanish, narx nufuzi, narx
qo‘zg‘atuvchanligining yo‘qligi kabilar bilan belgilanadi. Ular noyob
narx takliflarini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin. Ular
ko‘pincha ma’lum servis ishlari bilan bog‘liq, masalan, narxga oid
yaxshi maslahat, narxning aniq, tushunarli markirovkasi (ifodalanishi),
qulay ta’mirlashga xizmat ko‘rsatish.
“Iste’molchilar foydasi”ning tanlangan konsepsiyasida
muvaffaqiyat uchun hal qiluvchi iste’molchilarga korxona tomonidan bu
foyda haqida axborot berilganligidir. Konsepsiyaning keyingi
muvaffaqiyatlari belgisi uning korxonaning ma’lum salohiyatini ko‘zda
tutuvchi originalligidir. “Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasi qanchalik
innovatsion va takrorlanmas bo‘lsa, u e’tiborni shunchalik ko‘p jalb
278
qiladi va pozitiv imijga erishish shunchalik oson bo‘ladi. Iste’molchilar
foydasi konsepsiyasi hamma iste’molchilik istaklarini bir vaqtda hisobga
ololmaganligi bois u ko‘pchilik hollarda xaridorlarni segmentlashni
qamrab oladi (narxga oid segmentlash).
Raqobatchilar bilan raqobat agar “narx-natijaviylik” foydasi
raqobatchilar ega bo‘lmagan va korxonani noyob narxga oid taklif bilan
ta’minlaydigan strategik muvaffaqiyatli potensialda to‘xtagan bo‘lsa,
uzoq vaqt chidashi mumkin. Bunga masalan, qulay narx imiji yoki
yuqori narxga oid ishonch kiradi. Bunday foyda “Narx-natijaviylik”ni
narxga nisbatan qanchalik tajovuzkor yoki osoyishta bo‘lishiga qarab
korxona ham narxlarga nisbatan o‘zini shunday tutadi. Bularning
hammasi “Raqobat” strategiyasida umumlashadi. Bu konsepsiya
raqobatchilarga nisbatan o‘ziga xos narxga oid pozitsiyalanishni,
ularning narx o‘zgarishiga reaksiyasini (narx bo‘yicha yetakchilik),
narxga oid raqobatchilikda strategik hujum va himoyani tasvirlaydi.
Narxga oid strategiyalar yaxlit konsepsiyalar hisoblanadi, shuning
uchun optimal “Mix”ga qanday qaralsa, hamma ehtimoliy vositalarning
(“Narx” konsepsiyasi) sinergetik o‘zaro aloqalariga ham shunday e’tibor
qaratilmog‘i zarur. “Narx” strategik konsepsiyasining strukturasi taktik-
operativ aksiyalar va ularning “Iste’molchilar foydasi”, “Raqobat”
narxga oid strategik konsepsiyani, shuningdek, strategik maqsadlar
tizimini o‘zida aks ettiradi. Buning oqibatida nafaqat iqtisodiy samaralar
va ta’sif kuchayadi, shuningdek, raqobatda mahsulot (korxona)ni
namoyish qilish ham yaxshilanadi.
Bayon qilingan narx strategiyalarida gap hamisha strategik
jihatlarga ega bo‘luvchi taktik-operativ aksiyalarning prinsipial
yo‘nalishlari haqida ketmoqda. Masalan, narxni belgilashda taklif qilina-
yotgan mahsulotni “narx-natijaviylik” raqobat maydonida prinsipial
namoyish qilish, narxlarni differensiyalashda esa – narx defferensiat-
siyasining kengligi va chuqurligi, narxlar o‘zgarganda – o‘zgarish
variantlari (uzoq muddatli past narx yoki narx aksiyasi), narx liniyalari
siyosatida – narxning mavjud va potensial unumdorlik (mahsulot)
dasturi haqidagi masalalar hal qilinmog‘i lozim. Qarorlarning hammasi
strategik xarakterga ega.
Narx strategiyalari – bu korxona tomonidan narx belgilashga
nisbatan qo‘yilgan maqsadga erishish uchun takliflar chizig‘i.
279
Narx strategiyalari bu turli xil, ko‘plab ehtimoliy bozor va ishlab
chiqarish vaziyatlarida ishlayotgan korxonalar tovar va uning narxi
yordamida erishmoqchi bo‘lgan maqsadlar bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |