Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Monopolistik  yoki  nomukammal  raqobat



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   329
Bog'liq
marketing

Monopolistik  yoki  nomukammal  raqobat. 

Monopolistik  raqobat 

sof raqobat bilan monopoliya o‘rtasidagi holat bo‘lib, u differensiatsiya 

strategiyasi tashqi raqobatli afzallikka asoslanadi. Buning ma’nosi shuki, 

raqobatchilar juda ko‘p bo‘lib, ularning tovarlari differensiyalangan, ya’ni 

xaridorlar nuqtayi nazaridan ular ajralib turuvchi sifatlarga egadir.  

Monopolistik  (nomukammal)  raqobat  bozorida  raqobatchilar  soni 

yuqori (biroq sof  raqobat bozoridagidan kam), ularning kuchi taxminan 

teng,  lekin  ularning  tovarlari  differensiallashgan  (sifati,  sotish  shartlari, 

do‘konning joylashgan yeri va uning ish vaqti, joylash, reklama, savdo 

belgisi  bo‘yicha).  Narx  ustidan  nazorat  cheklangan,  monopollashgan 

raqobatli  tarmoqqa  kirish  oson  amalga  oshiriladi,  lekin  mahsulotning 

xususiy  xilma-xilligi  va  reklamaga  ishlab  berishga  qo‘yilmalar  zarur. 

Narxsiz raqobat ustun turadi. Narxsiz (bahosiz) raqobatning rivojlanishiga 

imkon  bermaydigan  sifat  darajasida  katta  farqlar  bo‘lmagan 

standartlashtirilgan mahsulotlar bozorida sof raqobat vaziyati o‘z o‘rniga 

ega bo‘ladi. Ushbu narxda xaridor uchun qaysi sotuvchidan xarid qilish 



 

114 


 

 

 



farqsiz.  Har  bir  firma  ishlab  chiqarish  umumiy  hajmining  narx  ustidan 

nazorat  bo‘lmagan  uncha  katta  bo‘lmagan  qismini  ishlab  chiqaradi. 

Tovarga  narx  unga  bo‘lgan  talab  va  taklifning  nisbatigagina  bog‘liq 

bo‘ladi. Sotuvchilar daromad (foyda)lari darajasidagi farq ishlab chiqarish 

sarfi darajasida va tovarlar taqsimlanishi bilan bog‘liq.  

Kompaniya  uchun  yagona  mumkin  bo‘lgan  xarid  chegarasi  bozordagi 

narxning  yuzaga  kelgan  darajasiga  bog‘liq  holda  tovar  ishlab  chiqarish 

yoki sotish hajmini o‘zgartirish (variatsalash) hisoblanadi (qulay narxlar 

bo‘lganda  ishlab  chiqarishni  ko‘paytirish  naxlar  pasayganda  ishlab 

chiqarishni kamaytirish).  

Iqtisodiyot  nazariyasi  va  hozirgi  zamon  amaliyoti  ko‘rsatadiki,  sof 

monopoliya va sof raqobat raqobat vaziyatining ikkita oxirgi (ideal) turi 

(ko‘rinishi) sifatida uzoq mavjud bo‘la olmaydi:  

-samarasi  kam  kompaniyalar  o‘z  o‘rnini  o‘zining  rivojlanish 

davomida  yiriklashadigan  kompaniyalarga  bo‘shatib,  qashshoqlashadi: 

sof raqobat bozori oligopoliya yoki monopolistik raqobat holatiga o‘tadi;  

-davlat 

tomonidan 

monopoliyadan 

 

chiqarish, 



yangi 

kompaniyalarning  bozorga  kirib  borishi,  boshqasining  o‘rnini  bosuvchi 

tovarlarning paydo bo‘lishi sof monopoliyalashgan bozor ham oligopoliya 

yoki monopollashgan raqobat holatiga intilishiga olib keladi.  

Marketing tadqiqotlarida firma uchun muhimi raqobat darajasini va 

uning  raqobatchilarining  bozorda  tutgan  o‘rnini  aniqlash  hisoblanadi. 

Buning uchun nafaqat bozordagi raqobatchi firmalar sonini, shuningdek, 

ushbu bozordagi ularning ulushi miqdori va firmaning o‘zining bozorga 

oid ulushini ham bilish muhim.   

Ma’lum  tovarning  bozordagi  ulushga  bog‘liq  holda  firma  raqobat 

kurashida to‘rt xil rol o‘ynashi mumkin.  

1.

 



Peshqadam  (lider)  (bozordagi  ulushi  –  40%),  o‘zini 

boshqalarga  nisbatan  dadilroq  his  qiladi.  Biroq  ko‘pchilik  unga  yetib 

olishga  urinadi,  shuning  uchun  u  yangi  tovarni  narxlash,  sotish  – 

(o‘tkazish)ni  rag‘batlantirish  sohasida  birinchi  bo‘lib  tashabbus 

ko‘rsatadi.  

2.

 



Peshqadamlikka 

da’vogar 

(bozordagi 

ulushi–30%), 

peshqadamdan  unchalik  qolishmaydi,  shuning  uchun  nafsoniyatli, 

peshqadamga hujum qilib turadi.  




 

115 


 

 

 



3.

 

Davom ettiruvchi yoki o‘rgatuvchi (bozordagi ulushi – 20%) – 



bu rol kuch va mablag‘larini tejab, peshqadam ortidan sezilarli masofada 

ergashib borish, uning tovarlarini nusxalashda ko‘rinadi.  

4.

 

Nisher – bozordagi ulushi 10 % bo‘lib yetarlicha qanoatlangan 



miqdorda  daromad  oladi,  ma’lum  faoliyatga  ixtisoslashadi,  xaridorga 

ajoyib tovar yoki xizmatlar taqdim etadi. Bu rolda, qoidaga ko‘ra, yangi 

ish boshlaganlar bo‘ladi. Yangilar uchun, agar u o‘z joyi o‘sish imkoniyati 

bilan,  lekin  raqobatchilar  uchun  unchalik  jozibador  bo‘lmagan  holda 

topgan bo‘lsa, muvaffaqiyatli (omadli) bo‘ladi.  

Bozor  ishtirokchilarining  roli,  ularning  ichki  va  tashqi  muhitiga 

ko‘plab  omillarning  ta’siri  natijasida  vaqti  bilan  almashadi.  Masalan, 

avval o‘z ishini nisher sifatida boshlagan Sony bugungi kunda maishiy 

elektronika bozorida jahon peshqadami hisobalandi, 1973  – yilda mobil 

telefonni  kashf  etgan  va  1983  yilda  uni  bozorga  olib  chiqqan  Motorola 

bugungi kunda birinchilikni Nokiaga berib, jahonda ikkinchi o‘rinni band 

qildi va ikkinchi o‘rinni Samsungga bo‘shatib, uchinchi o‘ringa joylashdi.  

Va  nihoyat,  raqobat  tahlilida  muhim  payt  tovar  va  firmaning 

raqobatbardoshligini aniqlash hisoblanadi. Raqobat ustuvorligini yaratish 

va  tutib  qolish  asosida  bozor  muhitining  3  ta  subyektining  mos  holda 

o‘zaro ta’siri va munosabatlari tahlili yotadi. Birinchi subyekt – ma’lum 

mahsulot  ishlab  chiqaruvchi  «bizning  firma».  Ikkinchi  subyekt  –  ushbu 

mahsulotni  sotib  olishi  mumkin  bo‘lgan  xaridor.  Uchinchi  subyekt  – 

«bizning»  firmamiz  ishlab  chiqaradigan  mahsulot  bilan  xaridorning 

ehtiyojini qanoatlantirishga tayyor turgan, unga ana shunday mahsulotni 

sotishga tayyor raqobatchilar. Bu «uchlik» da asosiy xaridor hisoblanadi.  

Vositachilar - firma yoki jismoniy shaxslar ishlab chiqargan tovar va 

xizmat  turlarini  iste’molchilarga  yetkazib  berishga  yordam  beruvchi 

subyektlardir. Vositachilarning quyidagi turlari ko‘proq uchraydi:  

1)

 

savdo  vositachilari-mijozlarni  qidirib  topish  va  tovarlarni 



sotishga yordam beradi;  

2)

 



logistika  vositachilari  -  tovarlarni  harakatlanishini  tashkil 

qilishga  ixtisoslashgan,  tovarlarni  transportirovka  qilish  va  ularni 

saqlashga yordam beradigan firmalar;  

3)

 



marketing 

vositachilari-marketing 

xizmati  ko‘rsatuvchi 

tashkilotlar masalan, reklama, axborotlar va h.k.);  




 

116 


 

 

 



4)

 

moliyaviy  vositachilar-operatsiyalarni  moliyalashtirish  va 



sug‘urtalashga yordam beradigan kredit-moliya muassasalari mavjud.  

Savdo vositachilariga chakana va ulgurji savdogarlar kiradi.   

Logistik 

vositachilar-tovarlarni 

omborlarda 

saqlash, 

ularni 

transportirovka  qilish,  taxlash  va  bir  shahardan  ikkinchi  shaharga 

yuborish funksiyalari bilan shug‘ullanadilar.    

Marketing  vositachilari  firmalar  mahsulotiga  talabni  shakllantirish, 

bozorni 

o‘rganish, 

talabni 

optimallashtirishga 

yo‘naltirilgan 

choratadbirlarni amalga oshiradilar.   

Moliyaviy 

vositachilar 

firmalarning 

bank 


opertsiyalarini, 

sug‘urtalash, kreditlar olish kabi funksiyalarini amalga oshirishga yordam 

beradilar.  

Mahsulot  yetkazib  beruvchilar  (ta’minotchilar)  -  bu  kompaniya  va 

uning raqobatchilarini resurs materiallari bilan ta’minlovchi firmalar yoki 

alohida  shaxslar.  Marketing  bo‘yicha  boshqaruvchilar  o‘zlari 

ta’minlanadigan  predmetning  narxi,  yetkazib  berilishining  me’yoriy  va 

muntazam, sifatli bo‘lishini diqqat bilan kuzatib borishlari zarur, chunki 

bu  borada  turli  xil  tartib  buzilishlari  tayyor  mahsulotlarni  jo‘natish 

jadvalini  izdan  chiqarishi  mumkin,  demak  savdo  imkoniyatlari  boy 

beriladi va firmaga nisbatan uning mijozlarining ishonchi yo‘qoladi.  


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish