Xalqaro marketing muhiti
— jahon bozoridagi o‘zgarishlar
maydonini, aniqrog‘i, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy
omillar va boshqalarda namoyon bo‘luvchi mamlakatning tashqi
marketing muhitini ifodalovchi termin.
Xizmatlar marketingi
— xizmat ko‘rsatish doirasida marketing
tovarlar ijarasi, ularni ta’mirlash yoki o‘zgartirish va shaxsiy xizmatlarni
o‘z ichiga oladi. Obyektiv jihatdan ba’zida tovarlar va xizmatlar
farqlanishi qiyin kechadi, umuman olganda, xizmatlarning to‘rt xil
xarakteristikasi mavjud: payqay olmaslik, saqlashga qobiliyatsizligi,
xizmat ko‘rsatuvchidan ajratib bo‘lmasligi va sifat jihatdan
o‘zgaruvchanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |