Sotish siyosati
— marketing faoliyati jarayonida firma siyosatini
ishlab chiqish bosqichidayoq hal etiladigan muammolardan biri. Konkret
muayyan bozorga nisbatan olganda sotishning eng samarali tizimi,
yo‘llari va usullarini tanlash to‘g‘risida so‘z ketganda, bu mahsulotni
ishlab chiqarish avval boshdanoq sotishning muayyan usul va uslublarini,
eng qulay sharoitlarni ko‘zda tutishni bildiradi.
Sotuvdan tushum(ingl. sales revenie) —
savdo faoliyatidan olingan
kompaniya sof daromadi, ko‘pincha, tovar aylanmasi sinonimi sanaladi.
Savdo portfeli (ingl. sales portfolio; sales presentation) —
ikkinchi
bir nomi — sotuvlar tashkilotchisi. Sotuvlar bo‘yicha yoki savdo agenti
(gumashta) yordamchi yig‘ma jildi bo‘lib, unga mijoz bilan muzokaralar,
sotiladigan tovarlar va xizmatlar texnik xarakteristikasi (tavsifnomasi) va
layoqati haqidagi ma’lumotlar jamlangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |