Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   329
Bog'liq
marketing

 

 

12.4-jadval 



Axborot vositalarining asosiy turlari tavsifi 

 

 

 

Tashuvchi 

 

Afzalligi 

 

Cheklovi 

 

Gazetalar 



 

Ochiq-ravshanlik; O‘z vaqtidalik; 

Mahalliy bozorni qamrab olishning 

yuqori darajasi; yuqori tan olinish; 

ishonchning yuqori darajadaligi 

 

Muddati uzoq emas; bosma sifati 



pastligi; uncha katta bo‘lmagan 

ikkilamchi auditoriya 

 

Televilenie 



 

Harakatlanuvchi tasvir va ovozning 

hamohangligi; bevosita tuyg‘ularga 

murojaat qilinishi; diqqat-

e’tiborning yuqori darajasi; qamrab 

olish darajasi yuqoriligi 

 

Yuqori mutlaq qiymat; efirning 



reklama bilan to‘lib ketgani; 

kontaktning qisqa muddatliligi; 

auditoriyani tanlash darajasi 

yuqori emasligi 

 

To‘qridan 



to‘g‘ri pochta 

reklamasi 

 

Auditoriyani tanlash imkoniyati, 



ochiq-ravshanlik, bir tashuvchiga 

nisbatan raqobatning yo‘qligi, 

manzilli xarakterga egaligi 

 

Nisbatan yuqori qiymat; 



 

«makulatura»ga aylanish xavfi 

 

Radio 


 

Ommaviylik, geografik va 

demografik belgilari bo‘yicha 

tanlash darajasi yuqoriligi! 

 

Axborotlarni faqat ovozli 



berilishi; televidiniyega nisbatan 

kam jalb etuvchanligi; standart 

tariflar yo‘qligi; kontaktning 

qisqa muddatliligi 

 

Jurnallar 



 

Geografik va demografik belgilariga 

ko‘ra kashfiyotchilik darajasi 

yuqoriligi; ishonch va istiqbol; 

yuqori sifatli bosma nashr; uzoq 

muddat «yashashi»; katta 

ikkilamchi auditoriya 

 

Reklama maydonini sotib olish 



va reklamaning chiqishi orasidagi 

tanaffusning kattaligi; talabga 

ega bo‘lmagan tirajda yo‘qolib 

ketish; kafolatlangan 

joylashtirishning yo‘qligi 

 

Tashqi reklama 



 

Ochiqlik; takroriy kontaktlarning 

yuqori ko‘rsatkichi; qiymati 

pastligi; raqobat yuqori emasligi 

 

Auditoriyaga nisbatn cheklangan 



tanlov, ijobiy cheklanganlik 

 



 

382 


 

 

 



Telefon 

ma’lumotlari 

 

Mahalliy bozorni qamrab olishning 



eng yuqori darajasi; yuqori 

darajadagi ishonch; past qiymat; 

auditoriyani keng qamrab olinishi 

 

Yuqori raqobat reklama 



maydonini sotib olish va reklama 

chiqishi orasidagi katta tanaffus; 

ijodiy cheklov 

 

Axborot 



byulleteni 

 

Auditoriyalarga nisbatan o‘ta 



yuqori tanlov; to‘liq nazorat; 

interfaol imkoniyatlar; nisbatan past 

qiymat 

 

Xarajatlar nazoratdan tashqariga 



chiqib ketishi (nazoratsiz 

qolishi) mumkin 

 

Reklama 


risolalari 

 

Ochiqlik; to‘la nazorat; reklama 



murojaatini kuchaytirishga qodirlik 

 

Qayta ishlab chiqarish xarajatlar 



ortib ketishiga olib kelishi 

 

mumkin 



 

Telefon 


 

Foydalanuvchilar ko‘pligi; 

individual kontakt o‘rnatish 

mumkinligi 

 

Nisbatan yuqori qiymat (agar 



ko‘ngillilar jalb etilmasa) 

 

Internet 



 

Auditoriyaga nisbatan tanlash 

imkoniyati yuqoriligi; interfaol 

kontakt imkoniyati bor; nisbatan 

narxi arzon 

 

Axborotlarning nisbatan yangi 



vositasi, shuning uchun ayrim 

mamlakatlarda foydalanuvchilar 

soni kam 

 

  



Noan’anaviy medianing bosh yutug‘i, ularning maqsadli auditoriyaga 

o‘ta aniq chiqish imkonini berishidir, bunda vaziyatdan kelib chiqib, aloqa 

bo‘ladigan  auditoriya  «asirga  olingan»  bo‘lib,  ushbu  qamrab  olish 

iqtisodiy  nuqtayi  nazardan  qisman  samarali  bo‘ladi.  Xabarlar  sodda  va 

to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lishi lozim. Har qanday marketing strategiyasining, 

shu  jumladan,  «muqobil»ini  ham  baholash  u  marka  kapitaliga  bevosita 

yoki bilvosita qo‘yilmalar kiritishiga qarab amalga oshiriladi.   

 Aniq reklama tashuvchini tanlash.Tanlab olingan axborot vositalarining 

har birida media rejalashtirish bo‘yicha mutaxassis iqtisodiy jihatdan eng 

samarali  reklama tashuvchilarni tanlab olishi, bunda auditoriya kattaligi 

va tarkibini, reklama murojaatlarini joylashtirish qiymatni tahlil qiladigan 

maxsus tadqiqot xizmatlari ma’lumotlariga suyanishlari kerak. Auditoriya 

kattaligini  hisob-kitob  qilish  uchun auditoriya  adadi  (reklama  tashuvchi 

jismoniy  birliklar  soni),  auditoriya  (reklama  tashuvchi  bilan  aloqada 

bo‘ladigan  odamlar  soni,  agar  bosma  reklama  vositasida  ikkilamchi 

o‘quvchilar  bo‘lsa,  auditoriya  adadni  ko‘paytiradi);  samarali  auditoriya 

(reklama  tashuvchilar  bilan  aloqada  bo‘luvchi  va  potensial  xaridorlar 

tasniflariga  ega  bo‘lgan  va  reklama  tashuvchi  bilan  aloqada  bo‘ladigan 

odamlar  soni)  va  haqiqiy  auditoriyadan  (haqiqatan  ham  reklamali 

e’lonlarni ko‘rgan potensial xaridorlar soni) foydalaniladi.  




 

383 


 

 

 



Bozorga  yangi  tovar  chiqarishda  reklama  beruvchida  reklamalarni 

uzluksiz, konsentratsiyalanuvchi, davriy va uzilib qoladigan variantlardan 

birini  tanlash  muammosi  paydo  bo‘ladi.  Uzluksizlikka  qandaydir  vaqt 

davomida reklama murojaatini bir tekis joylashtira olish bilan erishiladi. 

Qoidaga ko‘ra reklama beruvchilar tez-tez sotib olinadigan tovarlar bilan 

bozorni kengaytirish kerak bo‘lganda va xaridorlarning aniq belgilangan 

toifasini  jalb  etish  uchun  uzluksiz  reklamadan  foydalanadilar. 

Konsentratsiya  hamma  reklama  budjetidan  cheklangan  davr  mobaynida 

foydalanishni  ko‘zda  tutadi.  Bunday  tartib  realizatsiya  muddati  bitta 

mavsum  yoki  qandaydir  sana  (odatda,  bayramlar)  bilan  cheklangan 

tovarlar reklamasi uchun maqbul. Davriy reklama e’lonlarini mavsumiy 

uzilish bo‘ladigan ayrim davr davomida joylashtirishni bildiradi, mavsum 

yangilangach,  reklama  ham  yangilanadi.  Bunday  sxemadan  cheklangan 

reklama  budjetida,  xaridning  kamdan  kam  siklida,  mavsumiy  tovarlarni 

reklama qilishda foydalaniladi. Uzilib turuvchi reklama – bu muomalaga 

past va yuqori faollikda, navbat bilan chiqadigan tovarlarni reklama qilish.   

Reklama  budjetini  ishlab  chiqish  –  reklama  kompaniyasining 

maqsadlarini,  korxonaning  moliyaviy  imkoniyatlari,  raqobatchilarning 

reklama xarajatlari, tarmoqdagi umumiy xarajatlar va hokazolarni hisobga 

olishga  asoslangan  turli  xil  yondashuvlarni  qo‘llash  bilan  amalga 

oshirilishi  mumkin.  Biroq  har  qanday  usul  axborotga,  ya’ni  mahsulot 

(uning xususiyatlari va potensial mijozlarning ehtiyojlariga mos kelishi), 

bozor  va  uning  segmentlari,  iste’molchilar  ehtiyojlarini  qondirishning 

turli usullari va imkoniyatlari bilan bog‘liq holda uning xatti-harakatlari, 

bozorda  talabning  o‘zgarish  tendensiyalari  haqidagi  axborotlarga 

asoslanadi.  Reklama  budjetini  ishlab  chiqishning  ko‘pgina  usullaridan 

eng  yaxshi  qo‘llaniladiganlari  sifatida  quyidagilarni  ajratib  ko‘rsatish 

mumkin: qoldiq budjet usuli, sotilishlar summasidan foizlarda hisob-kitob 

qilish usuli, raqobatli paritet usuli, maqsad va vaziflar asosida hisob-kitob 

qilish usuli va boshqalar.  

  


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish