Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Reklama va reklama vositalari



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   329
Bog'liq
marketing

 

 

Reklama va reklama vositalari 

 

 

 

Insoniyat  paydo  bo‘lgandan  buyon  savdo  inson  taraqqiyoti  bilan 



hamohang  ravishda  shakllanib  kelgani  sir  emas.  Savdo  rivojlanib, 

savdogarlar  o‘rtasida  bozor  va  xaridorlar  jihatidan  ustunlik  va 

yetakchilikka  harakat  qilish  ular  o‘rtasidagi  narx  va  sifat  vositasida 

raqobatni keltirib chiqardi. Endi ular o‘z mahsulotlarini maqtab xaridorda 

nisbiy  afzallik  va  moyillikni  kuchaytirishga  o‘tdilar.  Bu  raqobat  o‘z 

navbatida  reklamaning  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Tarixiy  manbalar 

shundan  darak  beradiki,  dastlab  misrliklar  tijorat  maqsadlari  uchun 

papirusga  bitilgan  savdo  narxlari  yozilgan  mayda  xabarlar  va  devoriy 

xabar  matnlarini  qo‘llaganlar.  Pompeya  xarobalari  va  Qadimgi 

Arabistonda  tijoriy  xabarlar  va  siyosiy  namoyishlar  lavhalari  ham 

topilgan.  Devorlarga  o‘yib  yoki  chizib  ishlangan  tasvirlar  reklamaning 

qadimgi  turlaridan  hisoblangan  va  kelib  chiqishi  Hindistonga  borib 

taqalib,  miloddan  avvalgi  4000-yilda  paydo  bo‘lgan.  Yana  tarixdan  shu 

narsa  ma’lumki,  reklamaning  ilk  ko‘rinishlari  uy  tashqarisidagi 

reklamalar  (qadimgi  davrlarda  xizmat  ko‘rsatish  joylari  xizmat 

ko‘rsatuvchilar  uylarining  bir  qismida  qurilgan)  va  devorga  ilingan 

e’lonlar bo‘lgan.  

 O‘rta  asrlarda  aholining  asosiy  qismi  savodsiz  bo‘lganligi  sababli 

hunarmandlar kasblariga doir belgilarni o‘zini reklama va mo‘ljal sifatida 

qo‘llaganlar. Masalan, taqachilar ot taqasi rasmini yoki aynan, temirchilar 

bolg‘a,  kosiblar  etik  va  sartaroshlar  ustara  tasviridan  foydalanganlar. 

Meva  va  sabzavot  sotuvchilari  esa  shahar  markazlariga  kelgan  holda 

o‘zlari yoki biror kishini yollab o‘z mahsulotlarini maqtab jar solganlar 

yoki jarchi yordamidan foydalanganlar.   

Ilm-fan taraqqiyoti asta–sekinlik bilan o‘sgan sari o‘qish ommalashdi 

va bu o‘z navbatida bosmaxonalar kashfiyotiga olib keldi. Endi odamlar 

tarqatmalar  orqali  reklama  qila  boshladilar.  XVIII  asrga  kelib  ingliz 

gazetalari  reklamalarni  bosib  chiqara  boshladi.  Lekin  bu  reklamalar 

asosan  turli  yangi  kitoblar  va  gazetaning  o‘zini  maqtashdan  nariga 

o‘tmasdi. Keyinchalik dori vositalari reklamasini tarqata boshladilar va bu 

gazetalarning  foyda  olish  yo‘nalishining  o‘zgarib  ketishiga  olib  keldi, 

ya’ni ular gazeta tirajlari bilan bir qatorda reklama orqali ham foyda ola 




 

376 


 

 

 



boshladilar.  Tahririyatlar  reklama  orqali  daromad  olishga  shunchalik 

kirishib  ketdilarki,  buyuk  Yevropa  o‘latida  ular  ancha  insonning  uyi 

kuyishiga  sabab  bo‘ldilar.  Chunki  o‘sha  davrda  alkimyogarlar  o‘latga 

davo  qidirib,  nimani  topsalar  shuni  davo,  deb  e’lon  qilar  va  u  orqali 

mo‘may daromad qilardilar. Bu orqali ingliz matbuoti sezilarli darajada 

obro‘sini  yo‘qotdi.  Shundan  keyin  ingliz  hukumati  reklamani  tartibga 

solishga  urinishlarni  boshladi  va  noto‘g‘ri  ma’lumot  tarqatgan 

buyurtmachini ham, tahririyatni ham qattiq jarimaga tortajagini bildirdi.   

Iqtisodiyot o‘sib borgan sari reklama ham unga hamohang rivojlanib 

bordi. AQShda reklamadagi yuksalishlar uni mutlaqo yangi shaklga – xat 

tartibli  reklama  shaklini  yaratilishiga  olib  keldi.1836  –  yilning  iyunida 

Fransiyaning  La  Presse  gazetasi  reklama  orqali  daromad  olayotgani 

evaziga narxni pasaytirish va bu orqali gazetxonlar safini kengaytirishni 

mo‘ljalladi.  Keyinchalik  bu  usul  butun  mamlakat  gazetalari  tomonidan 

o‘zlashtirildi. 1840 – yilda Volni Palmer ismli kishi Filadelfiyada hozirgi 

zamon reklama agentliklariga o‘xshash agentlikka asos soldi. 1842–yilda 

Palmer mashhur gazetalardan katta chegirmali narxda bo‘sh sahifalarini 

sotib oldi va yuqori narxlarda reklama qiluvchilarga sota boshladi. Palmer 

faqat  gazeta  betlarini  sotib  olgan  bo‘lib,  reklama  qanday  qilib,  qanday 

ko‘rinish va shaklda berilishi reklama beruvchilarlar ixtiyorida bo‘lgan. 

XIX  asr  oxirlariga  kelib  N.W.Ayer  &  Sons  reklama  agentligiga  asos 

solindi  va  bu  agentlik  reklamani  rejalashtirish,  yaratish  va  reklama 

jarayonini  boshqarish  borasida  taklif  va  yordamlar  berardi.  Xuddi  shu 

davrda  Fransiyada  Charles-Louis  Havas  reklama  agentligi  ham  faoliyat 

olib borayotgan bo‘lib, uning xizmat ko‘rsatish ko‘lami brokerlikni ham 

qamrab olgan edi.   

XX asr reklama tarixida tub burilish yasadi. Avvalo, reklama sohasida 

ayollar  salmog‘i  va  vositasi  ortib  bordi.  Dastlab,  reklama  agentliklari 

ayollardan  yaratuvchanlik  qobiliyati  va  uy-ro‘zg‘orga  oid  reklamalarda 

«onalar  tanlovi”  yoki  «rafiqalaringiz  tanlovi”  kabi  reklamalar  uchun 

foydalangan  bo‘lsalar,  keyin  ulardan  turli  xil  ayollar  tasvirlari  orqali 

e’tirofni tortish yo‘liga o‘tadilar. Amerikada ayollarning ilk tasviri sovun 

reklamasida qo‘llanildi.  

Yangilik  usulida  yaratilgan  dastlabki  zamonaviy  reklama  1920– 

yillarning  boshida  ishlangan  tamaki  reklamasi  hisoblanadi.  Zamonaviy 

reklamaning  otasi  sifatida  Edvard  Berniys  Medisson  Avenyu  reklama 

agentligiga asos solgan. Jahon bo‘yicha tamaki savdosining tarqalishi va 



 

377 


 

 

 



iste’molining  ommalashishiga  xuddi  shu  inson  sababchi  bo‘lgan.O‘sha 

paytda  Bonzak  deb  atalgan  yangi  va  katta  hajmda  sigareta  o‘raydigan 

mashinaning  sanoatda  qo‘llanishi  bozorda  taklif  hajmini  keskin  oshirib 

yuboradi va bu muammoni hal qilishni Edvard Berniys ajoyib reklamalari 

orqali bartaraf etadi.   

  


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish