10.3. Narxning rag‘batlantiruvchanlik xususiyatlaridan
foydalanish
Raqobat sharoitida bozor ulushini egallashda tovarlar narxining sotuv
hajmiga ta’siri, xarajatlarning foydaga ta’siri yaqqol ko‘rinadi. Bunday
sharoitda korxonaning asosiy vazifasi xaridorlarni o‘z tovariga jalb etish,
doimiy mijozlar segmentini shakllantirish, yangi mijozlarni jalb etish,
bozor ulushini ko‘paytirishga harakat qilish, xaridlar miqdori va
qaytarilishini ko‘paytirishdan iborat. Marketologlar bunday sharoitda
iste’molchilarni o‘rganib, qanday narxlar xaridlarning xarid qobilyatiga
to‘g‘ri keladi, narxlarni tartibga solish orqali xaridorlarga ta’sir etish, jalb
etishga harakat qilishlari kerak. Samarali narx siyosatini bularning
barchasini inobatga olmasdan yuritish mumkin emas. Xaridor
xulqatvoriga bog‘liq bo‘lgan narx modeliga odatda, quyidagi
konstruksiyalar kiritiladi: narxdan vujudga keladigan xaridor holati
(emotsiyasi), narxga qiziqish, narxni qabul qilish va tovarga nisbatan
baholash, narxga tayyorlik, narxdan qoniqishva h.k. Bu alohida omillar
o‘zaro juda bog‘liq bo‘lib, ularning har biri o‘ziga xos va ularni
boshqarish mumkin.
Bozorga borgan har qanday xaridor bir tovarni bir necha sotuvchidan
uning narxini so‘rab tovarning o‘rtacha bahosini o‘zi uchun aniqlaydi.
Narxning yuqori yoki pastligi albatta xaridor ruhiyatiga (tashqaridan
ko‘rinmasada) ozmi, ko‘pmi ta’sir etadi.
Mavsumiy tovarlarga, ma’naviy eskirgan tovarlarga chegirmalarning
berilishi qisqa muddatda talabning oshishiga olib keladi. Xaridorga ijobiy
ta’sir ko‘rsatib, uning xarid qilish haqidagi qaroriga oson ta’sir etadi.
Firma do‘konlaridagi yuqori narxlar ba’zi xaridorlarni qoniqtirsa,
boshqalarini do‘kondan tezroq chiqib ketishga undaydi. Shuning uchun
bunday savdo markazlarida chegirmalar qo‘yilgan tovarlarning
«mavjudligi» qo‘shimcha, sovg‘a sifatida bir buyumni qo‘shib sotilishi
280
ham iste’molchida ijobiy kayfiyatni tug‘diradi va xarid qilishga
qiziqtiradi.
Narxga bog‘liq bo‘lgan kayfiyatni turlicha namoyon etish mumkin.
Masalan, narxga bog‘liq quvonch, xaridor o‘z imkoniyatiga mos kelgan
narxda kerakli tovarni sotib oldi: narx eyforiyasi – xaridor past narxda
tovarni kechki bozorda, kunduzgi narxlarga nisbatan 10-15 % arzon sotib
oldi. Yoki «Korzinka. uz» da yangi yil arafasida «baxtli soat», “yangi yil
sovg‘asi”aksiyasida sotib olingan tovarlari narxidan 10% chegirma
qilinishi xaridor kayfiyatini ko‘tarishi tabiiy.
Narxdan rag‘batlanish – hozirda ko‘pgina savdo markazlari
( “Аты-Баты”,«Korzinka.uz») da xaridor ma’lum miqdorda tovar sotib
olsa, unga chegirma beradi yoki kartochka (jamg‘arib boriladigan) taqdim
etadi. U har safar xarid qilganda xarid summasidan 1 % kartochkaga
o‘tkaziladi yoki tovar xarid summasi belgilangan summaga yetsa, yoki
ortsa 15% gacha chegirmalar beriladi.
Narxdan stress hosil bo‘lish turli vaziyatlarda vujudga keladi. Mijoz
kutmagan holda narxning haddan tashqari yuqoriligiga duch kelsa va
shunga o‘xshash holatlar stressni yuzaga keltiradi. Narxning iste’molchi
ruhiyatiga ta’siri psixologlar tomonidan o‘rganilgan, bu holat uning xarid
qilish haqida qaror qabul qilishiga bevosita ta’sir etadi.
Narx xaridor xulq-atvoriga ta’sir etuvchi, motivatsion omil bo‘lib
hisoblanadi. Narx – navoga qiziqish, ma’lum tovarning turli ishlab
chiqaruvchilar tomonidan har xil narxlarda bozorga chiqarilishi raqobatni
yanada kuchaytiradi. Xaridor narx haqida axborotlarni to‘plab o‘zi uchun
qulay, xarid qobiliyatiga mos keluvchi narxda tovar sotib olishga harakat
qiladi.
Narxga qiziqishda 3 indikator ajratiladi. 1) narxning muhimligi;
2) alternativ (muqobil) narxni anglash; 3) narxlarni kuzatish.
Xaridor uchun narx miqdori muhim indikator hisoblanib, xarid
qilishda qaror qabul qilishga bevosita ta’sir etadi.
Tovar narxini shakllantirishda narxning har bir komponenti (narx
darajasi, chegirmalar, xarajatlarni moliyalashtirish va boshqalar) tovar
nafliligini oshirishga ta’sir etadi.
Alternaniv xaridlarni anglash
–
bunday talab holati xaridor bir necha
xil bir iste’mol ehtiyojini qondiradigan tovarlardan eng optimal narxdagi
va va naflilik darajasi yuqori bo‘lgan tovarlarni sotib olishga qaror qiladi.
281
Variantlar qancha ko‘p bo‘lsa, qaror qabul qilish va optimal narxda tovar
sotib olish oson kechadi.
Narxni kuzatish–xaridor tomonidan ma’lum tovar bo‘yicha narx
axborotini to‘plash, ularni solishtirish, narxning xarid qobilyatiga mos
kelishiga qarab xaridor o‘zi uchun qaysi tovarni sotib olish haqida qaror
qabul qiladi.
Narxlarning turli darajada ekanligi, bir tovarning turli savdo
markazlarida 10-15% farq bilan sotilishi iste’molchida narxlarni kuzatish
va axborotlar yig‘ishga qiziqishini vujudga keltiradi.
Narxga qiziqishda to‘rt rag‘bat (motivatsiya) mavjud:
1. Iste’mol ehtiyoji. 2. Ijtimoiy talablar. 3. Intilish. 4. Rag‘batli ish.
Birinchi navbatda, narxga qiziqish iste’mol ehtiyojidan kelib chiqadi.
Oilaning daromadi, oilaning katta — kichikligi narxga bo‘lgan qiziqishni
vujudga keltiradi. Kam ta’minlangan oilalar uchun narxning pastligi eng
muhim indikator hisoblanadi. Bu narsaga ikki tomonlama yondashish
kerak. Cheklangan moliyaviy resurslarga ega oila, agar qimmat va sifatli
mahsulotni olsa, u unga uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin. Masalan, qishki
etikning sifatlisi 2-3 mavsumga yetadi.
Arzoni esa bir kishi uchun bir mavsumga ham xizmat qilmasligi
mumkin.
Ijtimoiy ehtiyojlar narxga bo‘lgan qiziqish uyg‘onishning ikkinchi
motivatsiyasi hisoblanidi. Xaridorning ijtimoiy maqomi – uning ijtimoiy
ehtiyojlarini tug‘diradi. Yaxshi yashashga intilish, yuqori turmush
darajasini ta’minlash, qimmatbaho buyumlarni olishga qiziqish va
hokazo. Juda ham band xaridorlarning narxni kuzatishga, solishtirishga
vaqti yo‘q. Ular tezkor ravishda zarur, kundalik ehtiyojni qondiruvchi
mahsulotlarni sotib oladilar va kundalik majburiyatlardan xoli bo‘ladilar.
Bunday xaridorlarda narxni kuzatish, unga qiziqish holati nisbatan kam
bo‘ladi.
Iste’molchilarning turli segmentlari o‘zlari uchun narxdan
motivatsiyalashda individual yondashadilar. Bu yerda narxlarni
differensiyalash, turli segmentlarga moslashtirish, ishlab chiqarish
korxonalari
tovar
assortimenti,
ularning
narx
siyosatini
diversifikatsiyalash talab etiladi.
Narx siyosati va narxlarning shakllanishi bozor sharoitida turli
iste’molchilar segmentiga moslashtirilgan holda korxonalar tomonidan
282
olib borilishi uning bozorda mustahkam pozitsiyani egallashga va turli
iste’molchilar segmentidan iborat mijozlarni o‘ziga jalb qilishga olib
keladi. Daromad darajasining, turmush tarzining o‘sishi yuqori sifatli
«Lyuks» sinfli tovarlarga talab o‘sishini ko‘rsatmoqda. Axborot bilan
ta’minlanganlik, yangi tovarlar haqidagi ma’lumotlarning Super va
Gipermarketlardagi ko‘zga tushadigan joylarga o‘rnatilgan axborot taxta
(doska) chalari xaridorlarni o‘ziga tez jalb qilib, ularda tovarga nisbatan
qiziqish uyg‘otaddi. Empirik tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar
narxiga bo‘lgan qiziqish borgan sari o‘sib bormoqda.
Narxi qimmat bo‘lsa ham o‘ta sifatli brend markali tovarlarning
xaridori ko‘paymoqda. Shuning uchun ham zamonaviy bozor sharoitida
marka nomiga sodiq xaridorlar segmenti uchun maxsus «Adidas»,
«Mexx», «Samsung» kabi savdo markazlari xaridorlarni maqsadli
ravishda o‘zlariga jalb etadilar va u do‘konlardan mijozlar xaridsiz
chiqmaydilar. «Elektron savdoning» avj olishi, Internet do‘konlarining
chet mamlakatlaridan ham xarid qilish imkoniyatini berayotgani,
tovarlarlar narxining differensialligi va chegirmalarning mavjudligi savdo
jarayonlarini faollashtirmoqda.
Narx siyosatining bozor sharoitidagi o‘ziga xosligi, xaridorlarning
narx navoga qiziqqonligi turli iste’molchilar segmentida turlicha kechadi.
Agar tovarning naflilik darajasi, sifati, qadoq shakli, unga tavsiya
etilgan servisning yuqoriligi iste’molchini jalb qila olsa, u xaridor sifatida
uning narxiga ikkinchi darajada ahamiyat beradi. Narx haqida ma’lum
bilimlarga ega bo‘lish, xaridorlarda turli emotsional holatlarga tayyor
bo‘lishga va o‘ylab optimal qaror qabul qilishga olib keladi.
Tovarlar narxi haqidagi bilimlar kognitiv jarayonlar natijasida
to‘planadi. Narx – navoga tegishli bilimlar iste’molchida uning xotirasida
uzoq vaqt jamlanib shakllanadi. Bunday bilimlar (axborotlar) xaridor
uchun subyektiv darajada muhim bo‘lib, narxiga loyiq tovar sotib olishda
ahamiyatli hisoblanadi.
Narxga oid bilimlar xaridor tomonidan quyidagicha xarakterlanadi:
mazmunan (obyektlar va narxga tegishli axborotlar sifati), hajm (narxga
oid axborot hajmi) aniqlik, axborotni to‘plash,
Narx haqida fikr yuritilayotganda uning qaysi determinantlari qanday
funksiyalarni bajaradi: birinchidan, narx haqida bilimlar ratsional xarid
asosi hisoblanib, to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi, ikkinchidan
narx ma’lumotlari tahlili yana qanday ma’lumotlar kerakligini bildiradi.
283
Narx haqida bilimlarning o‘lchami uchun quyidagilar zarur: narxlar
bo‘yicha savolnomaga qatnashganlar narxlarni o‘zlari erkin ravishda
eslashlari, javoblarning aniqligi, savolnoma o‘tkazish muddati,
savolnomaga kiritilgan mahsulotlar, do‘konlar (do‘konga qatnash
chastotasi (tez-tez qaytarilishi). Mahsulotlar artikuli, turli do‘konlardagi
narxlar darajasi ham tadqiq qilinishi kerak. Iste’molchi uchun mos
keladigan tovar «savati» (iste’mol savati)ni shakllantirish asosiy muammo
bo‘lib hisoblanadi. Bu savatga qancha va qanday mahsulotlar kirishi
kerak.
•
Tanlangan mahsulotlar barcha do‘konlarda sotiladimi? Agar siz
xohlagan artikul do‘konda umuman bo‘lmasa, yoki sizga boshqa
artikuldagi tovar tavsiya etilsa, nima qilish kerak?
•
Savolnomaga qatnashayotganlar uchun artikullar birday ahamiyatga
egami? Ular oila «budjetini» qay darajada yuklaydilar?
•
Do‘konning narx siyosati uchun narxlar ko‘tarilgan davr
reprezintativ hisoblanadimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |