Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Korxonaning narx siyosati



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/329
Sana12.01.2022
Hajmi3,22 Mb.
#338719
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   329
Bog'liq
marketing

 

 

Korxonaning narx siyosati 

 

 

 

Narx siyosati korxonaning bozordagi umumiy siyosatining ajralmas 



qismi  hisoblanadi.“Siyosat”  so‘zining  ma’nosi  mumkin  bo‘lgan  san’at, 

deyiladi.  Bu  tarif  narx  siyosatining  tarifiga  ham  to‘g‘ri  keladi.  Narxni 

shakllantirish,  bu  san’at  chunki  u  yuqori  aniqsizlik  davrida  amalga 

oshiriladi.  Korxonaning  narx  siyosati  –  bu  maksimal  darajada  narx 

shakllanishi  sohasidagi  imkoniyatlardan  foydalanishga,  salohiyatni 

xaridor  uchun  bo‘lgan  raqobatda  yutishga  va  o‘z  maqsadlariga  erishish 

uchun narxni ko‘tarishga qaratiladi. Narx siyosati narx strategiyasi orqali 

amalga  oshiriladi.  Narx  siyosati  taktik-operativ  aksiyalarni,  ma’lumot 

tizimini  (yig‘ish,  tahlil  qilish  vositalari),  tashkiliy  qarorlar  (tartib  va 

jarayon jihatlar) ni o‘z ichiga oladi.   

Taktik  —  operativ  aksiyalar  o‘z  ichiga  quyidagilarni  oladi:  qisqa 

muddatli  pog‘onalarni  shakllantirish,  narxlar  tarkibi,  narxlar 

differensiatsiyasi,  narxlar  variatsiyasi,  narx  chizig‘i  siyosati,  narxlarni 

yo‘naltirish.  Taktik  –  operativ  aksiyalarning  qo‘llanilishi  korxonaning 

strategik  maqsadlari  bilan  mos  kelishi  lozim,  u  bozorda  o‘z  mavqeyini 



 

276 


 

 

 



egallash uchun qilinadi. Shuning uchun narx siyosati strategik baza (narx 

strategiyasi) ga muhtojlik sezadi.   

Hozirgi  kunda  “narx  menejmenti”  narx  siyosatiga  sinonim  bo‘lib 

hisoblanadi.  Bunday  o‘zgarishlarning  asosiy  sababi  bo‘lib  quyidagilar 

hisoblanadi: 

narxlar 


differensiatsiyasi 

kuchaydi, 

buni 

narx 


diskriminatsiyasi yoki mahsulot differensiatsiyasi bilan izohlash mumkin.  

 Narxlar  differensiatsiyasi  mahsulot  parametrlari  va  xaridorlar 

guruhining  to‘lay  olish  qobiliyatlariga  katta  ahamiyat  beradi.  Tovar 

differensiatsiyasi  raqobat  ko‘rinishida  asosiy  vosita  bo‘lganligi  sababli 

korxonalar  xaridorlarning  tovarga  bo‘lgan  ichki  talablarini  aniqlash  va 

tovarni  ularga  yetkazib  berishga  katta  ahamiyat  beradi.  Tovar 

defferensiatsiyasi  segmentatsiya  va  baho  bo‘yicha  olib  boriladigan 

ishlarni  murakkablashtirdi  va  yanada  chuqurlashtirdi.  Baho  tizimida 

narxlar  differensiatsiyasi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  korxonaning  barcha 

imkoniyatlari birgalikda rivojlantirilmoqda.  

Yangi  bozor  raqobat  sharoitlariga  moslashish  sifatida  yoki  qisqa 

muddatli narx aksiyalari sifatida narxlar variatsiyasi doimo kuzatilmoqda. 

Bularning barchasi narx siyosatini har xil masalalarni yechishga majbur 

qildi.  


Globalizatsiya va savdoning kengayishi oqibatida sotish kanallarida 

narx  qarshiligi  kuchaydi.  Buning  oqibatida  narx  kelishuvlari  va  sotish 

siyosatining  roli  oshdi.  Boshqarish  kerak  bo‘lgan  yuqori  muammoli 

narxlar  o‘zgarishi  yuzaga  keldi.  Narx  siyosatining  malakalilik  darajasi, 

bozorni  o‘rganishning  zamonaviy  usullari,  narxni  rejalashtirish  narx 

nazorati  yordamida  oshdi,  oqibatda  ma’lum  vaziyatlarda  korxonalar 

raqobat ustunlinligiga ega bo‘ldilar.  

Bozorning javob harakatiga qaratilgan tavakkalchilik. Ko‘plab narx 

siyosati  bo‘yicha  qabul  qilingan  qarorlar  doimo  o‘zgarib  turuvchi  va 

kompleks sharoitlarda qabul qilinadi. Shuning uchun korxonaning “narx - 

naflilik”  birligiga  bozorning  javobini  oldindan  bilish  qiyin.  Shu 

munosabat oqibatida bozorning javobiga qaratilgan tavakkalchilik, ya’ni 

narx  belgilanganda  ko‘zda  tutilmagan  xarajatlar  vujudga  keladi.  Bu 

tavakkalchiliklar  yuqori  va  past  narxlar  sharoitida  bo‘lishi  mumkin  va 

yo‘qotilgan narx imkoniyatlariga kiradi (opportunistik xarajatlar).  

Yetkazib  berish  va  to‘lash  shartlaridagi  tavakkalchilik.  Ishlab 

chiqaruvchi sotib oluvchilar (xaridorlar) bilan yetkazib berish va to‘lash 

shartlarini  shaxsan  kelishib  oladi.  Raqobat  ko‘p  hollarda  sotuvchilarni 




 

277 


 

 

 



xaridorlarga chegirmalar qilishga majbur qiladi, oqibatda ularning foydasi 

kamayadi. Alohida xavf nazorat qilinmagan chegirmalar, bonuslar to‘lash 

sharoitlari joriy qilinganda bo‘ladi.  

To‘lov 


tavakkalchiligi. 

Ular 


xaridorlar 

o‘z 


shartnoma 

majburiyatlarini 

bajarmaganlarida 

yuzaga 


keladi 

(shartnomani 

bajarmaslik  tavakkalchiligi).  Agar  xaridorlar  to‘lash  imkoniyatlari 

yo‘qligini sabab qilib, mahsulotlar narxining bir qismini to‘lasa, qolgan 

pulini kelishilgan muddatda to‘lashni kelishib olsa, to‘lov tavakkalchiligi 

vujudga keladi.  

Dispozitsion  tavakkalchilik.  Ayrim  mamlakatlarda  chet  el  ishlab 

chiqaruvchilarning (sotuvchilar) narx suvereniteti mamlakatning siyosiy 

– iqtisodiy manfaatlari tufayli qisqartiriladi.  

Narx tavakkalchiligi albatta nafaqat sotuvchilarda, balki xaridorlarda 

ham kuzatiladi.  

Narx 


siyosatida  maqsadlarsiz 

qabul  qilinadigan  strategiya 

vositalaridan katta foyda olish qiyin. Maqsadlar tizimini loyihalash narx 

menejmentining asosiy vazifalaridandir. Rejali narx qarorlari  maqsadlar 

tizimini  keltirib  chiqaradi.  Har  bir  tashkilot  individual  ustuvor 

maqsadlardan kelib chiqqan holda o‘z maqsadlar tizimini ishlab chiqadi. 

Shu  sababli  ilmiy  asoslangan  maqsadlar  tizimi  mavjud  emas.  Narx 

siyosatida  maqsadlar  tizimi  ishni  amalga  oshirish  nuqtasidir.  Agar 

potensial  narxlar  maqsadlar  piramidasida  iyerarxiya  ko‘rinishida 

ifodalangan  bo‘lsa,  bu  juda  yaxshi.  Bu  o‘z  ichiga  hamma  maqsadlarni 

olmaydi,  ammo  ifodalangan  maqsadlar  munosabati  narx  siyosatini 

tushunishga  yordam  beradi.  Umuman  olganda  narx  siyosatini 

korxonaning faqat marketing yo‘nalishida emas, balki boshqa yo‘nalishda 

ham  qo‘llash  lozim.  Korxona  narx  siyosati  oldiga  qo‘yadigan 

maqsadlariga: 

daromadlarni 

maksimallashtirish, 

tizimlarni 

maksimallashtirish,  ma’lum  foyda  normalarini  olish,  kelayotgan 

daromadlarni  saqlash,  xarajatlar  kompensatsiyasi,  ishlab  chiqarish 

ko‘lamini oshirish, bozorga kirish, raqobatchilarni kamaytirish, potensial 

raqobatchilarni  bozorga  kiritmaslik,  bozorda  mavqeyini  saqlash  va 

kengaytirish,  o‘z  faoliyati  uchun  turg‘un  va  ijobiy  muhitni,  korxona 

faoliyatini  saqlash  kabilar  kiradi.  U  yoki  bu  maqsadni  amalga  oshirish 

uchun  marketing  vositalaridan  foydalaniladi.  Biz  o‘z  diqqatimizni 

marketing  maqsadlariga  qaratamiz.  Narx  siyosatida  maqsadlar  tizimi 

rivojlanishi yuqoridan pastga qarab sodir bo‘ladi. Bunda maqsadlarning 



 

278 


 

 

 



agregatlangan  variantlari  vositasida  kirim  yoki  o‘rtacha  narx 

xaridorlarning  narxdan  qoniqishi  yoki  narxga  ishonch  maqsadi 

yaqinlashadi.  Bu  juda  muhim,  chunki  oxir–oqibatda  xaridorlarning 

harakati  narx  siyosati  muvaffaqiyatiga  bog‘liq.  Xaridorlar  xaridlariga 

qarab  tuzilgan  maqsadlar  tizimi  xaridorlarga  yo‘naltirilgan  va  ularni 

tashkilot  mahsulotlariga  ko‘niktirishga  asoslangan  narx  siyosatining 

zamonaviy talabidir.  

10.3-jadval 

 

 

 


Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   329




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish