Namoyish qilish
usuli
-
axborotni, ko‘rgazmali materiallarni
ko‘proq kodoskop, proektor, kinoapparat, o‘quv televideniesi,
shuningdek ахbоrоtni displey bilan aks ettiruvchi kompyuterlardа qabul
qilishga аsоslаnаdi.
Real narsalarni namoyish qilish metodi ko‘proq tabiiy, texnika va
texnologiya bilan bog‘liq fanlarni o‘rganishda qo‘l keladi. Ayniqsa,
talabalarning o‘zi shu predmetlar, buyumlarni o‘z qo‘llari bilan ushlab
ko‘rib, uni xossalarini o‘rganishlari bilish jarayonini faol amalga
oshishiga yordam beradi.
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda ham ishlab chiqarish, xizmat
ko‘rsatish jarayonini tashkil qilishni boshqarishni o‘rganishda, sarf-
xarajatlar tarkibini, mahsulot sifati va boshqalarni o‘rganishda katta
yordam beradi. Iqtisоdiy ko‘rsаtkichlаr rаqаmlаr, mа’lumоtlаr, stаtistik
ko‘rsаtkichlаrgа аsоslаnishi hаmdа qаbul qilingаn qоnun-qоidаlаr,
mе’yoriy hujjаtlаr аsоsidа qаbul qilingаn shаkllаrdа yuritilishi ulаrni
ko‘rgаzmаli,
nаmоyish
etish
yordаmidа
mаzmun-mоhiyatini
tushunishgа kаttа yordаm bеrаdi.
Namoyish qilish metodining o‘ziga xos davomi
illyustratsiya
hisoblanadi. Namoyish qilishda ko‘proq predmetlardan foydalaniladi.
Illyustratsiya predmet, jarayon hodisalarni simvollar yordamida ifoda
qilish bo‘lib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm,
chizma, grafik va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Illyustratsiyaning o‘ziga xos turi adabiyot, kinofilm qahramonlari
bo‘lib, ularning obrazlari eslatilganda xotirada ularni jonlantirilishidir.
Illyustratsiya materiallarini oldindan tayyorlanadi, lekin zarur
paytida ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda ulardan tarqatma material sifatida
foydalanish keng qo‘llanilmoqda.
172
Illyustratsiyaning samaraliligi ko‘p jihatdan uni qanday tarzda
qo‘llashga bog‘liq. Ko‘rgazmali qurollar va ularni namoyish qilishni
rejalashtirganda uni mavzuni o‘rganishda qanday rol o‘ynashi va
didaktik vazifasini yaxshilab o‘ylash kerak. Chunki haddan tashqari
ko‘rgazmali materiallar ko‘pligi, talabalarni mavzuni o‘rganishdan
chalg‘itadi. Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin zarur
paytda ko‘rsatiladi.
Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday
tarzda, qanday maqsadda foydalanish o‘qituvchiga bog‘liq.
O‘qituvchi ko‘rgazmali qurol tanlar ekan, albatta, avvalo, dars
ma’ruzami yoki seminar darsimi - hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu
orqali o‘qituvchi talabalar oldiga qanday vazifa qo‘ymoqchi, maqsadi
nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda ko‘rgazmali qurol
qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, tanlashi kerak.
Masalan, jadval raqamlaridan ma’ruzada biron ilmiy taxmin
(gipoteza)ni,
ilgari
surilayotgan
fikrni
tasdiqlash
maqsadida
foydalanilsa, seminar darsida masala yoki mashq bajarganda foydalanish
mumkin. Bunda ham ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi
o‘qituvchining mohirligi, fantaziyasiga bog‘liq.
Ko‘rgаzmаlilikni tа’minlаshning o‘zigа хоs shаkli bu
Do'stlaringiz bilan baham: |