177
Diagrammalardan qaysi birini tanlashni quyidagi matritsa asosida
ko‘rib chiqishimiz mumkin. Uning vertikali bo‘yicha asosiy 5 tipdagi
diagrammalar, gorizontal bo‘yicha 5 tipdagi taqqoslash keltirilgan.
Vaqtga ko‘ra, chastotali, korrelyatsion taqqoslashda asosan ikki tipdagi
diagrammadan foydalanamiz. Ular aks ettirilgan axborot hajmi bilan
farqlanadi. Agarda axborot oz (olti yoki yetti) bo‘lsa yaxshisi
gistogrammada, agarda ko‘proq bo‘lsa grafikda ifodalagan ma’qul.
Korrelyasion taqqoslashda esa kamroq axborot taqqoslansa chiziqli
diagramma, ko‘proq bo‘lsa nuqtali diagrammani qo‘llagan ma’qul.
Lekin qachon, qanday tipdagi diagrammadan foydalanish bu qabul
qilingan qoida emas. Har bir kishi qo‘yilgan maqsad, vazifadan kelib
chiqib, diagrammaning asosiy tiplari va uning turli variantlaridan
foydalanishi mumkin.
O‘qituvchi biror-bir mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali qurol tayyorlar
ekan, o‘quvchi-talabalar mavzuning mazmunini tushunib yetishlari
uchun uni qanday tasvirlashni ko‘rib chiqadi. Masalan, iqtisodiyotni
o‘rganishda sarf-xarajatlarni, ularni o‘zgarishini o‘rganish o‘ta muhim.
Umumiy xarajatlar, doimiy xarajatlar, o‘zgaruvchi xarajatlar, me’yoriy
xarajatlar, umumiy tushum, xarajatlarni qoplash nuqtasi, yalpi foyda va
boshqalarni og‘zaki gapirib o‘tgandan mana bunday chizmani slayd qilib
tayyorlab, foydalanish talabalarning mavzuning mohiyatiga tushunishi
hamda yodida qolishiga yordam beradi.
Ko‘p
miqdorda
raqamlarda
ifodalangan
ma’lumotlarni,
taqqoslanishi lozim bo‘lgan har xil
qarashlarni turlicha jadvallarda bergan
ma’qul. Ularni tushunish, tahlil qilish
osonlashadi. Bularni avvalgi boblarda
ko‘rib o‘tganmiz.
Agarda
iqtisodiy ko‘rsatkichlar
ulushini yoki tarkibini ko‘rsatish lozim
bo‘lsa,
doira
shaklidagi
diagrammalardan foydalangan ma’qul.
Masalan,
byudjet
daromadlari
va
xarajatlari tarkibi yoki mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlar
tarkibi, korxonaning asosiy kapitali tarkibi va hokazo. Chunki bunday
diagrammada bu ko‘rsatkichlarning salmog‘i aniq ko‘rinadi. Ularni
taqqoslash, xulosa chiqarish oson bo‘ladi.
178
Agarda iqtisodiy ko‘rsatkichlar taqqoslanishi kerak bo‘lsa, ustun
tarzidagi diagramma yoki grafik tarzda tasvirlagan ma’qul. Chunki
bunday shaklda ko‘rsatkichlarni taqqoslash qulay, ularni qay darajada
farqlanishi yaqqol ko‘rinib turadi.
Ayniqsa, POWER POINT, Microsoft Office Excel dasturlari
mehnatni ancha yengillashtiradi va ularni nihoyatda turli-tuman tarzda
tasvirlash imkonini beradi.
Dasturdan foydalanilganda o‘quvchi-talabalar diqqatini mavzuga
qaratish uchun turlicha dizayndan foydalanish mumkin. Slaydlarda
mavzuning nomi, rejasi, o‘rganiladigan asosiy tushunchalar, ularni
tushunish uchun zarur bo‘lgan tasvirlar, jadval, grafik, diagramma va
boshqalarni berish mumkin. Muhim afzalligi ularni rang tasvirda berish
imkoniyati katta.
Slaydlarni tayyorlashda shriftlarga, ularning katta-kichikligiga,
ranglarning didaktik funksiyasiga, ularning ishlatilishiga, matn
beriladigan fon, unda qanday tasvirlardan foydalanishga, ularni
o‘quvchi-talabalar kayfiyatiga qanday ta’sir qilishiga, ishlanish
usullariga, mantiqiy xarakteriga mosligiga ham ahamiyat berish zarur.
O‘qituvchi tarqatma materiallar tayyorlayotganda, ma’lum
qoidalarga rioya qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: