174
Axborot ko‘lami katta bo‘lgani sababli qisqa vaqt ichida barcha
axborotni talabalarga to‘liq yetkazib berish qiyin. Bunday paytda
axborotni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o‘ynaydi.
Bunda gaplar qisqacha yozilgan matnlar bo‘lib, darsga tayyorgarlik
ko‘rishda, dars davomida yoki bilimlarni mustahkamlashda foydalanish
uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.
Tarqatma materiallardan ko‘rgazmali qurol sifatida ham foydalanish
mumkin. Ayniqsa, iqtisodiy fanlarni o‘rganishda turli jadval, grafik,
chizmalardan juda ko‘p foydalaniladi. Ularni plakat sifatida tayyorlash
talabalar uchun anchagina noqulay. Undan tashqari :
- talabalarga raqamlarda ifodalangan ma’lumotlarni og‘zaki
yetkazish ularni chalkashtirib yuborishi bilan birga, eslab qolishlariga
ham imkon bermaydi;
- Miqdor jihatdan ko‘p malumotlarni doskaga yozib, tushuntirish
uchun ko‘p vaqt talab qilinadi. Doskaga yozish paytida o‘qituvchi bilan
ta’lim oluvchilar o‘rtasida aloqa uziladi.
- Bu jihatdan ko‘rgazmali quroldan namoyish qilinuvchi hamda
tarqatma material sifatida foydalanish qator afzalliklarga ega.
O‘qituvchi raqamlarda, grafik, formulalarda ifodalangan axborotni
namoyish qilinayotgan materialga qarab tushuntiradi. Talabalar esa ham
namoyish qilinayotgan materialga ham, qo‘llaridagi tarqatma materialga
qarashadi. Ma’lumotlar talabalar qo‘lida bo‘lishi, ularni ko‘rib turishi,
tushunishi, anglashini osonlashtiradi.
Tarqatma materiallar talabalarga topshiriqlarni hamkorlikda
bajarish, shunigdek, o‘z ustilarida muntazam, mustaqil ishlashlarini
ta’minlash imkoniyatini ham beradi. Ayniqsa, buning uchun ishchi
varaqalar tayyorlanishi va ular asosida dars jarayonida juft bo‘lib yoki
individual tarzda ishlashni tashkil qilish, shubhasiz talabalarni darsga
faol qatnashishlarini ta’minlaydi. Ular masala, mashq, turli jadvallarni
to‘ldirish va hokazolar tarzidagi turli topshiriqlar bo‘lishi mumkin.
Tarqatma materiallar ta’lim oluvchilarni bilimini tekshirish nazorat
qilishda ham keng qo‘llaniladi. Bunda nazorat varaqalari tarzida
tayyorlangan test savollari, masala va mashqlar bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiy fanlarni o‘rganishda o‘z fikrini auditoriyaga yetkazishda
ko‘rgazmali qurollar, grafik vositalari: turli jadvallar, xaritalar,
chizmalar, matritsalardan keng foydalaniladi. Ayniqsa ma’lumotlarni
diagrammalar va ko‘rgazmali qo‘llanmalar orqali ifodalash muhim o‘rin
tutadi.