6-§. Raqobat muhiti va uni vujudga keltirishda
davlatning roli
Bozor iqtisodiyotida raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratiladi. Bu muhit, eng
avvalo mulkchilikning va xo’jalik yuritishning turli-tuman shaklining mavjudligi va ularning
o’zaro teng mavqega asoslanishida ifodalanadi. Qolaversa, faoliyat erkinligi, har bir kishini
tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi ham raqobat uchun keng yo’l ochadi.
O’arb mamlakatlarida bu muhit uzoq yillar davomida shakllangan.
Mukammal raqobatning so’zsiz afzalligi bilan bir qatorda kamchiligi ham borki, u ham
bo’lsa bozorning rivojlanish jarayonida xo’jalik hayotining u yoki bu sohasida,
monopoliyalarning vujudga kelishining osonligi. Mukammal raqobat tezda nomukammal
raqobatga aylanib ketishi mumkin. Bu esa iqtisodiy plyuralizm, iqtisodiy demokratiyani barham
topishiga olib keladi. Iqtisodiy demokratiya esa siyosiy demokratiyaning asosidir. Shuning
uchun XIX asrning oxirida sanoati rivojlangan o’arb mamlakatlari, eng avvalo AQSh da
monopoliyalarni vujudga kelishiga to’sqinlik qilish zarurligini tushunib etishdi. Iqtisodiyotda
monopollashuv tendentsiyasini paydo bo’lishi bilan erkin raqobat cheklanadi. Sog’lom raqobat
muhitini yaratishda davlat qatnashishi zaruratga aylanadi. Bu davlatning antimonopol siyosati
orqali amalga oshiriladi. Bu siyosat eng avvalo, qabul qilingan antimonopol qonunlarda
ifodalanadi. Dunyoda antimonopol qonunchilik nisbatan mukammal tarz-da AQShda olib
borilishi e’tirof etilgan. Bu sohada AQShda katta tajriba to’plangan. AQSh ning antimonopol
qonunchiligi bu borada qabul qilingan uchta asosiy qonunga tayanadi:
1. Sherman qonuni (1890). Qonunning asosiy ma’nosi ikki punktda ifodalangan, unda
ishlab chiqarish va savdoni cheklash maqsadida tuzilgan bitimlar noqonuniy deb e’lon qilinadi.
Monopollashtirishga erishgan shaxs jinoyat qilgan hisoblanadi.
2. Kleyton qonuni (1914). Narxlar bilan xarajatlar o’rtasida katta farq bo’lib,
iste’molchilarni narx orqali diskriminatsiya qilish, majburiy shartnomalar tuzish, raqobatchi
korporatsiyaning zaiflashuviga olib keladigan aktsiyalarni sotib olishni taqiqlaydi. Undan
tashqari direktoratlarni chirmashib ketishi, bir firmani rahbari boshqa firmaga a’zo bo’lishini
taqiqlaydi.
3. Seller-Kefover qonuni (1950). Bu qonunda Kleyton qonuniga o’zgartirishlar kiritildi.
Bunda raqobatchi korporatsiyaning zaiflashuviga olib keluvchi aktsiyalargina emas, ishlab
chiqarish fondlari (asbob-uskuna, boshqa moddiy narsalar)ni sotib olish ham taqiqlandi.
Antitrest qonunchiligini nazorat qilish uchun 1914 yilda Federal savdo komissiyasi
haqida qonun qabul qilinib, maxsus komissiya tuzilib, uning zimmasiga g’irrom, nopok
raqobatchilarni aniqlash va ularni tanobini tortib qo’yish yuklatildi.
Keyinchalik (1938 yil), Ukler-Li qonuniga muvofiq iste’molchilarni aldaydigan,
chalg’itadigan reklama, noto’g’ri axborotlarni ham nazorat qilish topshirildi.
Antimonopol qonunni hayotga tadbiq etishda davlat idoralarining oldida turgan eng
murakkab vazifa monopoliya o’rnatilishi faktini isbot qilish. Masalan, qanday narxlarni yuqori
yoki atayin pasaytirilgan deb aytish mumkin? Ishlab chiqarishni qancha ulushi monopoliyani
bildiradi. Mahsulotni ishlab chiqarishni chegaralashning qanday darajasi sun’iy ravishda
taqchillik yaratish deb qaraladi.
Bular hammasi har qanday holatlarda ham bir xilda javob beradigan oddiy savollar emas.
Agar yirik korporatsiya tovar (xizmat) narxini pasaytirishga, xarajatlarni pasaytirish, yuqori
darajadagi texnologiyani qo’llash, xo’jalik yuritish samaradorligini ko’tarishi evaziga erishgan
bo’lsa-chi?
Shuni esda tutish kerakki, davlat siyosatiga iste’molchilar emas, ishlab chiqaruvchilar
ko’proq samarali bosim ko’rsatishadi.
Davlat xizmatchilari antimonopol qonunni amalga oshirar ekanlar, ikki printsip:
a) qonunga qattiq rioya qilish;
b) oqilona ish yuritish printsipiga asoslanadi.
Monopollashtirish faktini aniqlash maqsadida matematik uslublardan foydalanib, E.
Chemberlin, J. Robinson, V. Pareto va boshqa iqtisodchilarning nazariy kontseptsiyalaridan
kelib chiqib, monopolistik cheklashlarni oldi olinadi. Masalan, Adliya vazirligi tomonidan
belgilangan qarorlarni ijro etuvchi idoralar faqat jazolash emas, profilaktika ishlarini ham olib
boradi. Antitrest qonuni kompaniyalarni qo’shilishi, bir-birini yutishi, kattalari kichiklarini
domiga tortishi bo’yicha tuziladigan bitimlarni qaysi birlarini monopoliyaga kiritishni
ko’rsatuvchi qo’llanma nashr qilinadi. Monopoliya mezonlari bo’yicha mahsulotning 33% i bir
korxona uchun, 50% i ikkita korxona, 66,6% i beshtagacha korxona tashkil qilish uchun
mo’ljallangan. Antitrest qonunlari yirik korporatsiyalarga qarshi qaratilgan emas, chunki uning
kattaligi hali monopoliya degani emas. Antimonopol tartibga solish samarali raqobatni
amaliyotda qo’llab-quvvatlashni ko’zda tutadi.
Tartibga solish 4 yo’nalishda olib boriladi:
1.Bozorni monopollashtirish cheklanadi. Bunda monopollashtirish ishlab chiqarishni
yiriklashtirish emas, savdoni jiddiy cheklash nuqtai nazaridan qaraladi. Bozorda 60 va undan
ortiq ulushga ega bo’lsa, monopollashgan deb hisoblanadi. Shtatlar o’rtasida chet el bilan
qilinadigan savdoni cheklash noqonuniy hisoblanadi.
2.Raqobatchi kompaniyalarning qo’shilishi, birlashuvi taqiqlanadi. Kleyton qonunida
shunday birlashuv monopollashtirishni kuchaytirish deb qaraladi. Shu asosda bir qancha
monopolistik birlashmalar bekor qilingan. Lekin Kleyton qonuni bilan iqtisoddagi markazlashuv
jarayoni to’xtatilgani yo’q. AQSh da har yili 2 minggacha firmalar birlashuvi yuz beradi.
Ularning kam qismini davlat nazorat qiladi.
3.Monopol narxlarni belgilash taqiqlanadi. Buni 1914 yilda tashkil etilgan Federal savdo
komissiyasi nazorat qiladi.
4.Raqobatni tsivilizatsiyalashgan holda olib borilishini qo’llab-quvvatlash. Bunday
huquqiy tadbirlarni qo’llash zarurligi g’irrom raqobat usullaridan foydalanishni kuchaytirishdan
kelib chiqdi. Bunga raqiblarning mahsulotlariga o’xshatib qalbaki mahsulotlar tayyorlash, obro’li
tovar va firma belgilarining nusxasini tayyorlab iste’molchilarni aldash, raqiblarni sirlarini
xoinlik bilan qo’lga kiritish va boshqa shunga o’xshashlar kiradi.
Ayrim raqiblar esa jinoiy ishlardan ham qaytmaydilar. Bunga o’t qo’yish, terrorchilik
qilish, raqibni jismonan yo’q qilish va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
AQSh antimonopol qonunida raqibni engish uchun raqobatda g’irromlik qilish, aldash
yo’llari bilan ish olib borish qonunga xilof ekanligi ko’rsatilgan. Bunda raqibni engish uchun
narxlarni pasaytirish (demping narxlarni qo’llash), oziq-ovqat tovarlariga, dori, xushro’ylik,
tibbiyot uskunalariga qalbaki reklamani noqonuniy deb ko’rsatilgan.
o’arbda antimonopol qonunchilik ikki maqsadni ko’zlaydi.
Birinchidan, bozorni monopollashuvini cheklash, ikkinchidan, raqobatni himoya qilib, madaniy
— tsivilizatsiyalashgan qonun-qoidalar asosida ish olib borishni yo’lga qo’yish. Bu XX asrda,
ayniqsa uning ikkinchi yarmida bozor tubdan o’zgargan sharoitda, undagi asosiy raqiblar mayda
tovar ishlab chiqaruvchilar emas, balki yirik monopoliyalar bozorni egallagan sharoitda, ayniqsa
zarur bo’lib qoldi.
Bozordagi vaziyat tez o’zgarib turadi. Uni hisobga olish qiyin, shu boisdan antimonopol
qonunlar o’zining noaniqligi bilan ajralib turadi. Raqobatni cheklash borasida aniq ahvol
shundayki, bu qonunlarni keng talqin qilishga to’g’ri keladi. Bu, ayniqsa, antitrest, antikartel
qonunlariga taalluqlidir. Bu erda qonun va davlat qarorlarining talabi ularni taqiqlab qo’yishdan
boshlab, to ma’lum muddatga (bir yilgacha) ularga ruxsat berishgacha bo’lgan talabni o’z ichiga
oladi. Antimonopol qonunlarning roli ularning o’zlarida emas, balki ularni amalga oshirishga
qodir bo’lgan maxsus ma’muriyatning ishchanligidadir, chunki u korxonalar tarkibi va
aktsiyalarni taqsimlash masalalariga aralashadi va ba’zi hollarda bajarilishi majburiy bo’lmagan
tavsiyalar beradi.
Evropa Ittifoqi to’plagan tajriba ham katta ahamiyatga ega. 1957 yil Evropa Iqtisodiy
Uyushmasi tashkil topdi. Rim shartnomasida uyushmaning barcha hududida to’g’ridan-to’g’ri
yoki egri (boshqacha) yo’llar bilan monopol narxlar o’rnatish, ishlab chiqarish, sotish,
texnologik rivojlanishni cheklash, sheriklarni kamsitish yoki qo’shimcha shartlar qo’yish
noqonuniyligi belgilangan.
Erkin raqobat qonunlari nazoratini Evropa uyushmasi komissiyasi olib boradi. Bu ijro
etuvchi idora jarima solish, bitimni qonuniy bekor qilish huquqiga ega. Xar yili komissiya 25—
30 hodisani aniqlaydi.
Evropa hamkorligi hujjatlarida kichik va o’rta korxonalarni — sog’lom
raqobatlashuvchilar, yangilikka intiluvchilar sifatida ularga g’amxo’rlik qilish ta’kidlangan.
Yaponiyada ikkinchi jahon urushidan keyin antimonopol qonunlarni amal qilishini
nazorat qiluvchi adolatli bitimlar qo’mitasi tuzilgan bo’lib, u keng vakolatga va mustaqillikka
ega. Bu qo’-mita tomonidan qayd qilingan va sud tomonidan tasdiqlangan qonunbuzarchilik
qattiq jazolanadi, bundan qonunbuzar korporatsiyalar katta ziyon ko’rishi mumkin.
Davlatning antimonopol siyosati har bir mamlakatda o’ziga xos xususiyatga ega, lekin
umumiy tarzda milliy iqtisodiyotda raqobat kurashi allaqachon shakllanib bo’lgan
mamlakatlarda raqobat muhitini saqlash raqobatni takomillashtirishga qaratilgan bo’lsa,
bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda raqobatni yangidan shakl-lantirishdan
iborat.
Antimonopol qonunlar qabul qilish va hayotga tatbiq qilish bozor munosabatlariga
o’tayotgan har bir mamlakat uchun hayotiy zaruratdir, chunki erkin raqobatga yo’l bermay turib,
bozorni shakl-lantirib bo’lmaydi.
Respublikamizda raqobat muhitini yaratish davlatning faoliya-tisiz o’z-o’zidan amalga
oshmasligini anglagan holda zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ular amaliyotga joriy
etilmoqda.
Bu, eng avvalo, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, turli mulk shakllarini vujudga
keltirishni jadallashtirishda o’z ifodasini topadi.
Ikkinchidan, raqobatni o’zi taqozo etadigan iqtisodiy vaziyat narxlarni erkinlashtirishni
amalga oshirishda ifodalanadi.
Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish, albatta tsivilizatsiyalashgan raqobatni vujudga
keltirishni talab qiladi. U davlatning iqtisodiy monopolizmni cheklash, umuman olganda
antimonopol yo’l tutishini zarur qilib qo’yadi. Shuni nazarda tutib, O’zbekistonda monopoliyaga
qarshi me’yoriy-huquqiy asos yaratildi. 1992 yili O’zbekiston Respublikasining «Monopolistik
faoliyatni cheklash to’g’risida» qonuni qabul qilindi. Qonunga qo’shimcha ravishda uni amalga
oshirishni ta’minlaydigan bir qator me’yoriy-uslubiy hujjatlar ham qabul qilindi. Monopoliyaga
qarshi siyosat o’tkazish Moliya vazirligiga yuklandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
1996 yil 15 maydagi farmoni bilan Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va
raqobatni rivojlantirish qo’mitasi tashkil etildi. Shu qo’mita negizida Prezident farmoni bilan 2
avgust 2000 yilda O’zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish
davlat qo’mitasi tashkil etildi.
O’zbekiston monopolistik birlashma (korxona)larni Davlat reestriga kiritish uchun
mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o’tish davrining o’ziga xos tomonlari hisobga olindi.
Sababi respublika iqtisodiyotida monopol tarmoqlar soni hali ko’p. Agar korxonalar
ishlab chiqargan mahsulotni hissasi umumrespublika yoki mahalliy viloyat miqyosida, tovar
bozorida, ma’lum bir turdagi tovarlar guruhida, o’zaro o’rinbosar tovarlar yoki bir texnologik
maqsadlardagi mahsulotlar orasida 35%dan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik birlashma
(korxona)lar Davlat ro’yxatiga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon
darajasi 20% belgilangan.
Qabul qilingan qonunga ko’ra bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni
monopollashtirish, raqobatga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llash man
qilingan. Qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladilar.
Shunday qilib, hozirgi vaqtda respublikamizda monopoliyaga qarshi tartibga solishning
qonuniy asoslari, me’yoriy hujjatlari yaratildi va davlatning monopoliyaga qarshi organlari tizimi
tashkil etildi. Bu mamlakatimizda raqobat muhitini saqlashga xiz-mat qiladi.
Madaniylashgan raqobat kurashiga asoslangan bozorni vujudga keltirish uchun ham
nazariy, ham amaliy jihatdan qator muammolarni hal etish kerak:
a) inflyatsiyani jilovlash;
b) bozorni demonopollashuvini amalga oshirish;
v) bozor munosabatlari sub’ektlarini kritik massasini, ya’ni miqdorini yaratish;
g) bozorni barcha turlarini rivojlantirish;
d) bozor tipini to’g’ri tanlash. Ana shu muammolarni ijobiy hal etish mamlakatimiz
kelajagini ko’p jihatdan belgilab beradi.
«Iqtisodiyotni erkinlashtirish haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish bilan uzviy
bog’liqdir. Raqobat bo’lmasa bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. Raqobat bozorning
asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir»1.
Shuning uchun ham respublikada sog’lom raqobat muhitini yaratish, g’irrom
raqobatchilarni bozorda, birinchi navbatda iste’mol tovarlari bozorida yakka hukmron bo’lib
olishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarga chek qo’yishga alohida e’tibor berilmoqda.
Taniqli iqtisodchi Nobel mukofoti nomzodi Vasiliy Leontev studentlarga bozor
iqtisodiyoti mexanizmini tushuntirar ekan uni ochiq dengizda suzib yurgan yaxta misolida
ko’rsatadi.
Yaxta suzib ketishi uchun parusni to’ldirib, yaxtani harakatga keltiradigan shamol kerak,
lekin uni harakatini korrektirovka qilish, boshqarish uchun rul kerak. Iqtisodiyotga qiyoslasak
shamol — bu ishlab chiqaruvchining moddiy manfaatdorligi. Aynan ana shu manfaatdorlik
raqobatga olib keladiki, u o’z navbatida butun iqtisodiyotni harakatga keltiradi. Rul esa davlat.
Davlat raqobat muhitini yaratish uchun zarur huquqiy baza yaratib, uni amalga oshirishni nazorat
qiladi.
Xulosa
*Bozor
iqtisodiyotining muhim afzalligi uning raqobatga asoslanganligidir.
Raqobatiqtisodiyot sub’ektlarining manfaatlari to’qnashuvi tufayli yuz bradigan kurashdir. U
raqobat qonuniga ko’ra muqarrar bo’ladi.
*Raqobat kurashi turli usullarda olib boriladi. Raqobat kurashi qonunini amal qilishi
tufayli resurslardan optimal foydalanish ta’minlanadi. Raqobat ishtirokchilarining maqsadlari
ham.
* Bozor munosabatlarida ishtirokchilarning cheklanish-cheklanmasligiga ko’ra
mukammal va nomukammal raqobat kurashi yuz beradi. Erkin bozorda raqobat hech qanday
to’siqlarsiz amal qiladi. Unda bozor munosabatlari ishtirokchilari cheklanmagan.
* Nomukammal raqobat kurashi cheklangan bozorga xos. Bunday raqobat monopolistik
raqobatga asoslangan bozor, oligopolistik, sof monopolistik bozor va monopsoniyaga xos.
* Monopoliyalarni kelib chiqish sabablariga ko’ra: tabiiy monopoliya, legal monopoliya,
sun’iy monopoliya, tasodifiy monopoliyaga bo’lish mumkin.
* Monopoliyalar o’z mavqeidan kelib chiqib, raqobatni cheklash orqali narxga ta’sir
ko’rsatishi va o’z manfaatlari yo’lida boshqa harakatlar qilishi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Shuning uchun ham davlat raqobatni cheklashga urinishlarni oldini olish uchun iqtisodiy erkinlik
muhitini yaratishga faol amalga oshirishi zarur.
ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR
1.
Raqobat.
2.
Monopoliya.
3. Nomukammal raqobat.
4. Oligopoliya.
5. Mukammal rakobat.
6. Sof monopoliya.
7. Monopoliyaning maqsadi.
8. Jamiyatning sof yo’qotishlari.
9. Sun’iy monopoliya.
10. Monopsoniya.
a) tarmoqda yagona, o’rnini bosadigan, almashtirib bo’lmaydigan mahsulot sotuvi (ishlab
chiqarish);
b) (yunoncha ozchilik, sotaman) – ishlab chiqarish va bozorda uncha ko’p bo’lmagan,
sanoqli firmalar hukmronligidir;
v) iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o’z manfaatlaridan kelib chiqib yuqori daromad
olish imkoniga, nufuzli mavqega ega bo’lish uchun boshqalar bilan bellashuvi, kurashi;
g) bir yoki bir necha sotuvchi bozorda narx ustidan nazorat o’rnatish imkoniga ega
bo’lgan bozordagi raqobat;
d) erkin raqobatga asoslangan, cheklanmagan miqdorda bozorga (tarmoqqa) kirish, erkin
mustaqil ishlab chiqaruvchilar bozorda narx ustidan nazorat o’rnatish imkoni yo’q bozordagi
ideal raqobat;
e) narx ustidan nazorat o’rnatish yoki ishlab chiqarish hajmini o’zgartirish orqali
maksimal darajada daromad, monopol foyda olish;
yo) monopolistik manfaatni ko’zlab korxonalarning birlashuvi;
j) tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish va bozorda yagona firma hukmronlik qilishi;
z) (monopoliyalarning sotsial bahosi) – monopoliyalar tomonidan mahsulot ishlab
chikarish hajmini samarali darajadan kamaytirish natijasida iste’molchi va sotuvchilar uchun
ma’lum miqdorda mahsulotni yo’qotilishi, ishlab chiqarishni kamayishi;
i) yagona iste’molchiga asoslangan bozor.
Takrorlash va munozara uchun savollar
1. Raqobat nima? Uning qanday shakllarini bilasiz?
2. Raqobat iqtisodiyotda qanday ahamiyatga ega?
3. Oligopoliya va sof monopoliya bir-biridan qanday farqlanadi?
4. Monopoliyaning kelib chiqish sabablarini ko’rsating.
5. Raqobat qanday usullar bilan olib boriladi?
6. Raqobat cheklanishidan iste’molchi uchun, ishlab chiqaruvchi va jamiyat uchun
yo’qotishlarni ko’rsating.
7. Respublikamizda raqobat muhitini yaratish uchun qanday chora-tadbirlar
qo’llanilmoqda?
8. Raqobatda reklama qanday o’rin tutadi? Televidenie va boshqa axborot vositalari
orqali reklama qilinishini ijobiy va salbiy tomonlarini izohlay olasizmi?
Masala va mashqlar.
1. Mukammal raqobatga asoslangan tarmoqda 20ta firma faoliyat yuritadi. Mahsulotning
bozor bahosi 40 ga teng. Agar uzok muddatli davrda tarmoqning minimal o’rtacha xarajatlari 30,
umumiy xarajatlar esa 60 bo’lsa. Tarmoqni raqobatli muvozanatga yaqinlashuvi ro’y berayapti..
U holda baho va taklif qanday o’zgaradi.
2. Mukammal raqobatli firma yiliga 20 ming dona telefon ishlab chiqaradi. Ishlab
chiqarishning o’rtacha xarajatlari 21500 so’m. O’zgaruvchi xarajatlar 17500 so’m, bozor bahosi
25000 so’m bo’lsa, firma qancha foyda ko’radi.
3. Mamlakatimizda turli shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan o’z ustunlik
mavqeidan foydalanib, har xil qonun buzilishi holatlariga yo’l qo’ymaslik maqsadida monopolist
korxonalar Davlat reestriga kiritiladi.
O’zbekistonda 1996 yil monopolist korxonalar soni 827ta bo’lib, mahsulotlar soni 4351ta
bo’lgan bo’lsa, 2003 yilga kelib, Davlat reestriga kiritilgan korxonalar soni 386taga tushdi.
Mahsulot (tovar va xizmatlar) esa 247ta. Monopol mahsulotlarning asosiy qismi xizmat
ko’rsatish 43%, qurilish materiallari ishlab chiqarish 19%ni tashkil etadi.
2003 yilga nisbatan monopolist korxona va mahsulotlar 1996 yilga nisbatan qancha
kamayganini, xizmat ko’rsatish va qurilish bo’yicha monopol mahsulotlar turini hisoblang. U
nimadan dalolat beradi? Nima sababdan monopol mahsulotlar xizmat ko’rsatish va qurilish
mollari bo’yicha ko’p deb uylaysiz?
4. Jadvaldagi raqamlarga diqqat qiling. Ular asosida qanday xulosa chiqarish mumkin?
Fikringizni izohlang.
Respublikada YaIMda monopoliyalar ulushi %da.
1998 1999 2000 2001
Yalpi ichki mahsulotda monopol mahsulotlar
hissasi
25,7 22,9 21,7 20,5
Sanoat
mahsulotlari
ulushi
14,9 14,3 13,8 14,3
5. Respublikamizda 2004 yil monopol korxona va mahsulotlar soni quyidagicha bo’lgan
deylik:
Korxona
soni
Mahsulot
soni
1. Non va bulka mahsulotlari
21
43
2. Ko’mir
6
7
3. Oziq-ovqat mahsulotlari
92
35
4. Gaz
5
6
5. Engil sanoat
43
87
6. Mahalliy sanoat
12
17
7. Neft-kimyo sanoati
27
50
8. Mashinasozlik
30
60
9. Qurilish materiallari
71
193
10. Xizmatlar
338
659
11. Boshqa tarmoqlar
108
238
Jami 753
1532
Sizning fikringizcha qaysi sohalarni tabiiy monopoliyaga kiritsak to’g’ri bo’ladi? Unga
ko’ra, korxonalar va mahsulotlar bo’yicha tabiiy va sun’iy monopoliyalar hissasini aniklang.
Tabiiy monopoliyalar sun’iy monopoliyalardan qanday farqlanadi, izohlang. Javobingizni
asoslab bering.
6. Quyidagi jadvalda mukammal raqobat sharoitida firmaning faoliyati haqida
ma’lumotlar berilgan.
P Q TR
TC
TVC
TFC
ATC
AVC
MC
100
250ming
150ming
3ming
Bozorda mahsulot birligiga baho 5ming so’m miqdorida o’rnatiladi.
1) jadvaldagi etishmovchi ma’lumotlarni topib, jadvalni to’ldiring;
2) firma foydani maksimallashtirish uchun harakat qiladimi yoki zararni minimallashtirish
uchun, aniklang;
3) firma foydani ko’paytirish, zararni kamaytirish uchun nima qilishi kerak, tushuntiring;
a) mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish;
b) mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish;
v) korxonani yopish;
g) hech narsani o’zgartirish kerakmas.
4). Aytaylik, firmani yopilish vaziyati vujudga keldi. Bu qanday baho darajasida yuz
beradi?
7. Quyidagilarni diqqat bilan o’qing:
a) AQShda meditsina va yurispundentsiya bo’yicha xususiy ish ochish uchun
hukumat organlaridan litsenziya olish zarur;
b) O’zbekistonda tabiiy resurslar davlat mulki hisoblanadi. Undan tashqari ulardan juda
ko’plarini qayta tiklab bo’lmaydi;
v) mualliflik huquqi bo’yicha qonunchilik rivojlangan mamlakatlarda firma odatda o’z
mahsulotini patent yordamida himoya kiladi, shuningdek undan nusxa ko’chirishni ham faqat
o’zi amalga oshiradi yoki uning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ko’rsatilgan misollarni tahlil qiling va quyidagi savollarga javob bering:
1) tarmoqqa kirishga qo’yiladigan to’siqlar deganda nima tushuniladi?
2) to’siqlar, bar’erlar muammosi nimada?
3) barerlarni qanday tasniflash mumkin?
8. Siz katta merosga ega bo’ldingiz va o’z ishingizni ochishchga qaror qildingiz. Siz
velosiped ishlab chiqaruvchi zavod qo’rmoqchisiz. Tarmoqqa kirish uchun qanday to’siqlarni
engib o’tishingizga to’g’ri keladi:
a) ishlab chiqarish quvvati yoki masshtab effekti;
b) moliyaviy to’siqlar;
v) litsenziya;
g) hukumat ijro organlari yoki qonun chiqaruvchi aloqalar;
d) pora berish zaruriyati;
e) reklama kampaniyasi;
j) faoliyat yuritayotgan boshqa firmalar tomonidan g’irrom raqobat olib borish
Ko’rsatilgan to’siqlar O’zbekiston uchun ham rivojlangan mamlakatlar: GFR, AQSh,
Frantsiya uchun ham umumiymi?
Do'stlaringiz bilan baham: |