3-§. Narxlar shakllanishining xarajatlar mexanizmi
Narx mexanizmi o’z ichiga narxlar va narxlarni tashkil topishini oladi. Narx uni tashkil
etuvchi, uning miqdorini belgilovchi omillarga bog’liq.
Narx tovar va xizmatlarga to’lanadigan pul birligi miqdorini ifodalasa,narxni tashkil etish
esa shu pul miqdorini aniqlashning, belgilashning qoidalari, usulini ifodalaydi.
Narxni tashkil etish mexanizmi bir tomondan, narx va narxni tashkil topishi omillari
o’rtasidagi aloqa,ikkinchi tomondan narxni tashkil topish usuli, uni vujudga kelish texnologiyasi,
amal qilishi va vaqt mobaynida o’zgarishini ifodalaydi.
Narxni tashkil topishida ikki usul mavjud:
1. Xarajatlar mexanizmi.
2. Bozor mexanizmi.
Xarajatlar mexanizmi asosida narx bevosita tashkil topadi. U ishlab chiqarish va
muomala xarajatlariga bog’liq. Bunda asosan o’rtacha xarajatlar olinadi. Iqtisodiyotda ishlab
chiqarish xarajatlari tarkibida mehnat xarajatlari boshqa xarajatlarga nisbatan ko’p. Odatda,
mehnat xarajatlari sarflangan vaqt hamda soatbay ish haqi miqdoridan kelib chiqib, boshqa
xarajatlarga qo’shiladi. Shuning uchun mehnat xarajatlari ikki omil — mehnat unumdorligi va
ish haqi darajasiga bog’liq. Tovar ishlab chiqaruvchi va sotuvchi narx orqali o’z xarajatlarini
qoplabgina qolmay, ma’lum miqdorda foyda, daromad ham olishi kerak. U holda narxni tashkil
topishi formulasini quyidagicha ifodalasa bo’ladi:
R
1
= AS + Pf.
Bu erda AS — tovar birligi uchun qilingan o’rtacha ishlab chiqarish va muomala
xarajatlari; Pf — ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) tomonidan tovarlarni ishlab chiqarish va
sotishdan olingan foyda.
Foydani nazariy jihatdan turlicha talqin etilishi, qonuniyligi haqidagi fikrlarni bir chetga
yig’ishtirib, xarajatlar ustiga qo’shilgan qo’shimcha haq tarzida qarasak, u xaridor uchun o’ziga
xos soliq. Uni davlat emas, balki sotuvchi qo’yadi. Foyda olish imkoniyati ishlab chiqaruvchini u
yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish va sotish uchun o’z mablag’ini qo’yishga undaydi.
Narx tashkil topishining xarajatlar mexanizmi tom ma’nosi bilan markazlashgan rejali
boshqarish asosida belgilab qo’yiladigan narxlarga to’g’ri keladi. Shu bilan birga, bozor
iqtisodiyoti sharoitida ham xarajatlar mexanizmi elementlaridan foydalaniladi. Narxlarga ustama
ko’pincha aktsizlar yoki boshqa soliqlar solishdan soliq tarzida qo’shiladi. Narxlardan chegirma
esa, bu davlat dotatsiyalari bo’lib, u tovarni xarajatlaridan past narxda sotish imkonini beradi.
Agarda davlat u yoki bu turdagi tovarni sotish va iste’mol qilinishini kengaytirishdan
manfaatdor bo’lmasa, hamda shu tovar va xizmatlar ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lmasa, ya’ni
kundalik ehtiyoj uchun zarur bo’lmasa, u holda qo’shimcha aktsiz va boshqa egri soliqlar kiritib
davlat byudjeti foydasiga daromadlar ko’payishiga erishadi. Masalan, spirtli ichimliklar, tamaki
mahsulotlari, qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar, taqinchoqlar va hokazo.
Agarda kundalik ehtiyoj uchun zarur mollarning narxlari iste’molchilarning keng qatlami
uchun qimmatli qilsa, unda davlat idoralari skidka joriy etadi. Bu skidka davlat yoki mahalliy
byudjetlardan pul dotatsiyalari bilan qoplanadi. Bunda tovar iste’molchiga skidka miqdoricha
xarajatlar mexanizmi asosida belgilangan narxdan arzon sotiladi, lekin ishlab chiqaruvchilar
zarar ko’rishmaydi, chunki u byudjetdan qoplanadi.
Shunday qilib, markazlashgan rejali iqtisodiyotda bozor muvozanatiga erishishning
o’ziga xos yo’lidan foydalanilgan.
Iqtisodiyotda xarajatlar mexanizmi, eng avvalo taklif narxiga ta’sir ko’rsatadi. Sotuvchi
ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini qoplash hamda ma’lum miqdorda foyda olishni
ko’zlaydi.
Bozor qonunlari amal qilgan holatda esa ular faqat o’z xarajatlarini qoplash emas, xaridorning
narxga munosabatiga qarashga majbur. Bunda sotuvchilar goh o’rtacha xarajatlardan past
(likvidatsion narx) narxda yoki xarajatlariga teng (zarar keltirmaydigan darajada) narxda
sotishga majbur bo’ladi.
4-§. Narxlar shakllanishining bozor mexanizmi
Mukammal raqobat sharoitida narxning tashkil topishi. Ma’lumki, iqtisodiyotdagi
bosh muammo bu alohida iste’mol va ishlab chiqarishdan boshlab, to makroiqtisodiyot
darajasigacha muvozanatga erishishdir.
Bozor iqtisodiyoti muvozanatga erishishda uch narsaga tayanadi: narx, talab va taklif,
raqobat. Bunda talab va taklif nisbati, raqobat ham oxir-oqibat narx orqali ifodalanadi.
Bozor uning aniq shaklidan qat’i nazar tovarlar —xizmatlar bozorimi, moliya bozori yoki
mehnat bozorimi narx orqali talab va taklifni muvozanatga keltiradi.
1. Narxlarni o’zgarishi ishlab chiqaruvchilar uchun ishlab chiqarish hajmini o’zgartirishni
mo’ljalga olishga xizmat qiladi. Narx texnika-texnologiyani o’zgartirishga ta’sir qiladi. Oxir-
oqibat mavjud shakllangan daromadlar darajasida mahsulotning kim tomonidan iste’mol
qilinishini ham belgilaydi.
2. Talab va taklif. Ularning nisbatini o’zgarishi. Narxni tebranishi, o’zgarishi tufayli oxir-
oqibat shunday narx belgilanadiki, uning natijasida talab va taklif muvozanatga keladi, o’z
navbatida ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasida ham muvozanat o’rnatiladi.
3. Raqobat. Xar bir ishlab chiqaruvchining maqsadi maksimal darajada foyda olish,
demak o’z faoliyatini kengaytirish. Bu so’zsiz raqobatga olib keladi. Agarda u yoki bu turdagi
tovarning taklifi ko’p bo’lsa, sotuvchilar o’rtasida raqobat kurashi kuchayadi. Xar biri o’z
tovarini sotish uchun narxini tushirishga majbur bo’ladi. Bu ishlab chiqarishni qisqartirishga olib
keladi. Agarda talab taklifga qaraganda ko’p bo’lsa, xaridorlar o’rtasida raqobat kurashi
kuchayadi. Xar biri taqchil bo’lgan tovarni qo’lga kiritish uchun balandroq (narx) haq to’lashga
rozi bo’ladi. Bu shunday turdagi tovar chiqarishni rag’batlantiradi.
Raqobat bozor mexanizmining zarur elementi. Lekin raqobat xarakteri turlicha, u bozor
muvozanatiga erishishga katta ta’sir ko’rsatadi. Narx tashkil topishining xarajatlar mexanizmiga
klassik siyosiy iqtisod nazariyasi asos bo’lgan bo’lsa, bozor mexanizmiga neoklassik iqtisod
nazariyasi asos bo’ladi.
Erkin raqobat kurashiga asoslangan sharoitda narxning qanday tashkil topishini Marshall
shunday tushuntiradi.
Marshallning fikricha, oldi-sotdi qilgunga qadar tovarning go’yoki ikki narxi mavjud
bo’ladi. Sotuvchi narxi va xaridor narxi. Bir tomondan, har bir sotuvchi o’z tovarini qimmatga
sotishni o’ylaydi, lekin bu narx xaridorni qanoatlantirmasa sotuvchi o’z tovarini sota olmay
qolish xavfi bor. Ikkinchi tomondan, xaridor iloji boricha tovarni arzonroqqa sotib olishga
harakat qiladi, lekin sotuvchini bu narx qanoatlantirmasa, u tovarsiz qolishi mumkin.
Sotuvchining narxini eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlarni
qoplashi kerak. Xaridor bergan narxning yuqori darajasi esa me’yoriy nafliligiga teng bo’li-shi
kerak. Ular o’rtasidagi savdo to xaridor bilan sotuvchi narxi mos kelguncha davom etadi. Xamda
ana shu muvofiq kelgan narx bozor narxi hisoblanadi. Shunday qilib, sotuvchining narxi klassik
qoida bo’yicha shakllanadi. Xaridorning narxi esa marjinal qoida bo’yicha shakllanadi. Real narx
esa ana shu har ikkisini nisbati asosida shakllangan o’rtacha daraja bo’ladi. Ko’rinib turibdiki,
neoklassik nazariyada o’ziga xos ikki yondashuvni sintezi yuz berib, yangicha nuqtai nazar
vujudga keldi. Bu yangilik narx bozorda talab bilan taklif o’rtasidagi nisbat asosida o’rnatilishida
ifodalanadi.
Bunda narx qancha yuqori bo’lsa taklif shuncha ko’payadi. Talab kamayadi yoki
aksincha. Bozorda narx talab va taklifning muvoza-natga kelishi tomon o’zgaradi. Narx talab
bilan taklif muvozanatini tiklaydi. Shunday qilib, bozor mexanizmi, boshqacha aytganimizda
narx davlat aralashmay talab va taklifni tartibga soladi. Marshallning fikricha, bu nozik
mexanizmga davlat aralashuvi kerak emas. Xar qanday aralashuv, hattoki yaxshi niyatda
qilingan bo’lsa ham kuchlar balansini buzadi. Oxir-oqibat cheklangan kamyob resurslardan
samarasiz foydalanishga olib keladi. Marshall talab va taklif asosida narxning shakllanishini
tushuntirar ekan, ularga ta’sir etuvchi omillarga ham e’tibor beradi. Undan tashqari, talab va
taklif elastikligi tushunchasiga asos soladi.
Narx tashkil topishining bozor mexanizmi deb, bu bozordagi vaziyatga ko’ra narxning
shakllanishiga aytiladi. Ma’lumki, bozor turlari nihoyatda ko’p, agar shu nuqtai nazardan
qarasak, narxni tashkil topishini bozor mexanizmi deganda juda ko’p mexanizmlarni
tushunamiz. Bozor mexanizmi yana shunday xususiyatga egaki, bu mexanizmni «prujina,
vintlar» harakatini ko’ra olmaymiz. Shuning uchun ham Adam Smit «ko’zga ko’rinmas qo’l»
iborasini ishlatgan. Xatto auktsionda o’zaro savdolashishda shundoqqina hammasini sotuvchini
ham, xaridorni ham his qilib bilib turgandaysiz, lekin aynan nima ularni u yoki bu qarorga
kelishga majbur qildi («Xudo biladi») bilolmaymiz. Faqat taxmin qilishimiz mumkin. Aynan ana
shu jarayon, kuch narxni tashkil topish mexanizmi bo’ladi. Narx to’g’risida turli nazariyotchilar
o’z fikrlarini asoslashga qanchalik urinmasinlar, bir narsa aniq, ya’ni tovarning haqiqiy qimmati
bozorda yuzaga chiqadi. Erkin bozor buyuk va genial baholovchi. Boshqa hech nima uni
o’rnini bosa olmaydi. Bozor yo’qmi, demak ob’ektiv narx ham yo’q. Lekin bu qoida erkin
raqobat kurashi cheklanmagan bozorga tegishli. Mukammal erkin raqobat kurashi sharoitida
bozorda qanday muvozanat o’rnatiladi va narx belgilanadi? (Bu masala VII bobda ko’rib
chiqilgan.)
Raqobat kurashining cheklanishi, ya’ni nomukammal raqobat kurashi sharoitida narxning
shakllanishi mukammal raqobat kurashidagidan farqlanadi.
Ishlab chiqaruvchini maqsadi yuqori darajada foyda olish ekan, bu maqsad nomukammal
raqobat sharoitida qanday yuz berishini tahlil qilamiz.
Buning uchun ikki firmani olaylik. Biri mukammal raqobat kurashi sharoitida, ikkinchisi
nomukammal raqobat kurashi sharoitida ish olib borsin.
Birinchi firma xohlagancha tovar sotishi mumkin, lekin u narx-ga ta’sir ko’rsata olmaydi.
Chunki xuddi shunday tovar ishlab chiqaruvchi boshqa firmalar ko’p. Buni chizmada
quyidagicha ko’rish mumkin (a rasm).
Undan shunday muhim xulosa chiqishi mumkin.
Firma bozorga qancha ko’proq tovar chiqarmasin, u narxga
ta’sir ko’rsata olmaydi. Foydani ko’paytirishning asosiy yo’li
xarajatlarni pasaytirish.
Nomukammal raqobat sharoitida talab kamayib
boruvchi egri chiziq tarzida bo’ladi. Firma qancha ko’p (Q)
tovar chiqarsa shuncha narxini tushirish mumkin. Chunki
shunday tovar ishlab chiqaruvchilarning soni cheklangan.
Monopolist firma bozorga katta hajmda tovar chiqarsa, uning
narxi kamayadi.
Agar firma sof to’la monopolist bo’lmasa narx R ni
arzonlashuvi DD egri chiziqni chapga D1D1 ga ko’chishiga
olib keladi. Raqobatdosh firma tufayli narx tushgan taqdirda
ham kamroq miqdorda tovar sotiladi.
Bu chizmadan quyidagi muhim xulosani
chiqarish mumkin: talab egri chizig’iga qarab firma
mukammal yoki nomukammal raqobat kurashi sharoitida
ekanligini aniqlay olamiz. Nomukammal raqobat sharoitida
qanday qilib maksimal foyda olish mumkin? Buni ikki usul
bilan tahlil qilish mumkin:
1. Yalpi daromad va yalpi xarajatlarni taqqoslash.
2. Me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatlarni
taqqoslash orqali. Buni quyidagi jadval yordamida tahlil
qilamiz.
(Jadval
A. Pezentining «Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma» kitobidan olingan.)
Xar bir qo’shimcha miqdordagi tovarni sotish uchun narxini pasaytirish kerakligini
nazarda tutib tovar miqdori ko’paytiriladi.
Ishlab chiqarilgan tovar miqdori (1- ustun) ko’payishi bilan umumiy xarajatlar Ts (3-
ustun) ortib boradi. O’rtacha xarajatlar AS (2- ustun) esa ma’lum miqdorgacha, misolimizda 9-
mahsulotgacha kamayib, so’ngra ko’payib boradi. Sababi me’yoriy xarajatlar MS (4- ustun)
ma’lum chegaragacha pasayib, so’ngra ortishni boshlaydi (VIII bob).
1 2 3 4
5
6 7
Ishlab
chikarilga
n
tovarlar
mikdori
Urtacha
xarajatlar
Umumiy
xarajatlar
Me’eriy
xarajatlar
NAR
X
Yalpi
daromad
Me’eriy
daromad
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
24
21,75
19,75
18
16,5
15,25
14,25
13,5
13
12,75
12,75
13
13,5
14,25
15,25
16,25
18
24
43,5
59,25
72
82,5
91,5
99,75
108
117
127,5
140,25
156
175,5
199,5
228,25
264
306
24
19,5
15,75
12,75
10,5
9
8,25
8,25
9
10,5
12,75
16,25
19,5
24
29,25
36,75
42
41
39
37
35
33
31
29
27
25
23
21
19
17
15
13
11
9
41
78
111
140
165
186
203
216
225
230
231
228
221
210
195
176
153
41
37
33
29
25
21
17
13
9
5
1
-3
-7
-11
-15
-19
-23
Q AC TC MC
P
TR
MR
Taklif ko’paygan sari narx R (5- ustun) tushib boradi. Yalpi daromad yoki tushum TR (6-
ustun) ham ma’lum chegaragacha o’sib, so’ngra pasayishni boshlaydi. Chunki ma’lum
chegaragacha, misolimizda 11- mahsulotgacha narxni pasayishi ishlab chiqarib sotilgan tovar
miqdorini ko’payishi bilan miqdor effekti ustunligi tufayli yalpi daromadni o’sishiga olib keladi.
12- mahsulotdan boshlab esa narxning pasayishi evaziga sotish miqdorini ko’paytirish orqali
kompensatsiya qilish mumkin bo’lmay qoladi, yalpi daromad qisqara boshlaydi. Natijada har bir
keyingi mahsulot 11- siga qadar avvalgisiga nisbatan me’yoriy daromad MR (7- ustun) olib
kelgan bo’lsa, 12- mahsulotdan boshlab zarar keltiradi.
Firmaning yalpi daromad chizmasi nomukammal raqobat sharoitida tepalik shaklida
bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, yalpi daromad bilan yalpi xarajat o’rtasidagi farq 9-
mahsulotda maksimum darajada bo’lyapti.
Maksimum darajadagi yalpi daromad 11- mahsulotda, lekin ko’p foyda 9- mahsulotga
to’g’ri kelyapti.
Foydani aniqlashning yuqori ko’rsatilganidek ikkinchi yo’li me’yoriy daromad bilan
me’yoriy xarajatlarni taqqoslash.
Me’yoriy daromad — bu qo’shimcha sotilgan tovardan olinadigan daromad. U TRn dan
TRn—1 ni ayirib, ya’ni keyingi tovarni sotib, olingan daromaddan avvalgisini ayirib topamiz.
Erkin raqobat kurashida firma narxga hech qanday ta’sir ko’rsata olmas edi. U holda
firma 1 dona tovarni 41 birlikka sotsa, 2 donasini 82 birlikka sotadi, me’yoriy daromad 41 ga
teng, 3 donasi 3Ѕ41=123 ga teng, me’yoriy daromad yana 123–82=41 ga teng. Demak, erkin
raqobat sharoitida me’yoriy daromad uning narxiga MR=R teng. Nomukammal raqobat
sharoitida qanday bo’lishini ko’rib chiqaylik.
Nomukammal raqobat sharoitida avvalgisiga nisbatan ko’proq sotish uchun tovar narxi
pasaytiriladi. Bu tadbirkorga bir tomondan yutuq. Ko’proq yalpi daromad olish imkoniyatini
bersa, ikkinchi tomondan ma’lum yo’qotish. Sababi narxni tushirish har bir navbatdagi tovarni
sotib olinadigan daromad, ya’ni me’yoriy daromadni kamayishiga olib keladi.
Masalan, 3 ta tovarni 37 birlikdan sotilsa, bu bilan 41 ga yoki 39 ga sotib olishi mumkin
bo’lganlarga ham 37 dan sotiladi. Zarar 2+2=4. Bu zararni 37 dan ayirilsa 37–4=33 me’yoriy
daromad bo’ladi. Lekin ishlab chiqaruvchini, sotuvchini faqatgina olinadigan daromad emas,
olinadigan foyda qiziqtiradi. Buning uchun olingan daromadni qilingan xarajatlar bilan
taqqoslash kerak.
Ma’lumki, o’rtacha xarajatlar yoy shaklida bo’lib, ma’lum miqdor tovar ishlab
chiqarguncha pasayib, so’ngra o’sishni boshlar edi. Misolimizga qaytib, abstrakt raqamlar
asosida uni ko’rsatishga harakat qilamiz.
Yodga solaylik Ts=QЅAS, ya’ni umumiy xarajatlar o’rtacha xarajatlarni tovar miqdoriga
ko’paytmasiga teng: 21,75Ѕ2=43,50; MS=Tsn–Tsn–1, ya’ni me’yoriy xarajatlar n miqdor tovar
ishlab chiqarish uchun sarflangan umumiy xarajatlardan n–1 tovar uchun sarflangan umumiy
xarajatlarning farqiga teng: 43,5–24=19,5; TR=QЅP, ya’ni yalpi daromad ishlab chiqarilgan
tovar va uning narxini ko’paytmasiga teng: 39Ѕ2=78.
MR=TRn–TRn–1, ya’ni me’yoriy daromad n ta tovar sotishdan olingan yalpi daromad
bilan n–1 ta tovarni sotishdan olingan yalpi daromad farqi 78–41=37.
2, 3, 4 ustunlardagi raqamlar, firma monopolistni ishlab chiqarish xarajatlarini ko’rsatsa,
5, 6, 7 ustunlar sotish sharoitini ko’rsatadi.
Mukammal raqobatda muvozanat MS=R, ya’ni narx me’yoriy daromad bilan teng
bo’lardi. Demak, MS=MR=P.
Firmaning to’la muvozanatga erishuvi Joan Robinson ta’kidlaganidek ikki sharoitni
bajarishni talab etadi:
1. Me’yoriy daromad xarajatlarga teng bo’lishi kerak.
2. Narx o’rtacha xarajatlarga teng bo’lishi kerak (o’rtacha xarajatlar normal foydani ham
o’z ichiga oladi):
MS=MR=P=AC.
Monopolist firmaning bozorda o’zini tutishi ham ana shu me’yoriy daromad va me’yoriy
xarajatlarga bog’liq. Sababi, har bir qo’shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot ma’lum miqdorda
yalpi daromad, qo’shimcha daromad olib keladi, shu bilan birga umumiy xarajatlarni ham
ko’paytiradi. Firma doimo ana shu ikki ko’rsatkich: me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajatni
taqqoslashi kerak. Me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajat o’rtasidagi farq musbat bo’lsa,
firma ishlab chiqarishni kengaytiradi. Me’yoriy xarajat bilan me’yoriy daromad teng bo’lganda
muvozanatga erishiladi. Lekin unda narx darajasi qanday bo’ladi, MS=MR=P=AC formulasi
saqlanadimi?
Jadval raqamlariga murojaat qilamiz. Monopolist yuqori narx belgilashga harakat qiladi.
Lekin u 41 belgilasa bitta tovar sotadi, yalpi daromad 41 bo’lib, foydasi (41–24)=17 ni tashkil
etadi.
Foyda — bu yalpi daromad bilan umumiy xarajatlar farqiga teng. Agar monopolist narxni
tushirib 35 ga keltirsa, u holda u 4 ta tovar sotadi, umumiy daromadi 140(34Ѕ4), foydasi 68(140–
72) bo’ladi. Ana shunday tarzda narxni tushirish tufayli umumiy foyda olishni ko’paytirish
mumkin. Lekin uni qaysi chegaraga tushirish mumkin. Bu me’yoriy daromad bilan me’yoriy
xarajatlar tenglashguncha davom etadi, jadvaldagi raqamlarga qarasak bu 9- tovarni sotishimizda
yuz berar ekan.
Aynan ana shu hajmda tovar ishlab chiqarishimiz eng ko’p foyda keltirar ekan. Ya’ni
225–117=108. Agar narxni 25 dan pastga tushirsak misolimizda 23 ga, 10 ta tovar sotilar ekan.
Lekin
me’-
yoriy xarajatlar 10,5 ga, avvalgisidan 10,5–9=1,5 ga ko’tarilar ekan. Bu umumiy foydani (230–
127,5)=102,5, 108–102,5=5,5 ga kamayishiga olib keladi.
Nomukammal raqobat sharoitida firma muvozanatiga, ya’ni me’yoriy xarajatlar bilan
me’yoriy daromadlar MS=MR muvozanatiga o’rtacha xarajatlarning minimal darajasiga etmay
erishiladi. Bunda narx o’rtacha xarajatlardan yuqori bo’ladi.
Mukammal raqobatda MS=MR=R=AS.
Nomukammal raqobatda esa (MS=MR) Shunday qilib, maksimum foydani va yalpi daromad bilan umumiy xarajatlarni mahsulot
ishlab chiqarishning turli hajmlarida taqqoslab yoki me’yoriy daromad bilan me’yoriy
xarajatlarni taqqoslab topish mumkin. Maksimum darajada foyda yalpi daromad bilan umumiy
xarajatlarni farqi maksimal bo’lganda yoki me’yoriy daromad bilan me’yoriy xarajat teng
(MS=MR) bo’lganda olinar ekan. Xar ikki usul ham bir xil natija beradi. Bunda narx
misolimizda 25 ga teng. Buni 340 va 341- betdagi rasmlarda ko’rish mumkin.
Jamiyat uchun ko’proq mahsulotni kamroq xarajatlar bilan ishlab chiqargan afzal, lekin
bu monopolist firmani tabiatiga to’g’ri kelmaydi. U narxni tushirib foydani kamaytirishni
istamaydi. Foydani maksimallashtirish uchun ma’lum darajada sun’iy taqchillik yaratadi, ya’ni
nisbatan cheklangan miqdorda tovar taklif qiladi. Buning natijasida misolimizda aytaylik, eng
kam o’rtacha xarajatlar 12,75, eng yuqori yalpi daromad 231 bo’lganda, narx 21 bo’lardi. Narxni
25 darajasida ushlab turish uchun 11 ta emas, 9 ta taklif qiladi. Bu qachongacha davom etishi
mumkin? Bu hol shu tarmoqqa yangi firmalar kirib kelishiga bog’liq. Agarda boshqalarni shu
tarmoqqa kirib kelishi uchun to’siqlar nisbatan yuqori bo’lsa, monopol foyda olish barqaror
xarakterga ega bo’ladi.
Iqtisodiy nazariyada monopol hukmronligi darajasini o’lchash uchun Lerner indeksi
qo’llaniladi. (A. Lerner ingliz iqtisodchisi bo’lib, bu ko’rsatkichni XX asrning 30- yillarida taklif
qilgan.)
L=R–MS. Bunda R bilan MS, ya’ni narx bilan me’yoriy xarajatlar o’rtacha farq qancha
katta bo’lsa, monopoliyalar hukmronligi shuncha yuqoriligini ko’rsatadi. L kattaligi 0 bilan 1
orasida bo’lib, mukammal raqobat sharoitida Lerner indeksi tabiiy nolga teng bo’ladi.
Mukammal raqobat ishlab chiqarish omillarini bir tarmoqdan ikkinchisiga erkin oqib
o’tishini ta’minlaydi. Shuning uchun mukammal raqobatda neoklassik maktab vakillari
ta’kidlaganidek foydaning nolga tomon yaqinlashuvi, intilish tendentsiyasi aniq namoyon bo’ladi
(nolga intilish deganda — normal foydaga tenglashuvi tushuniladi).
Agarda resurslarni erkin oqib o’tishida to’siqlar paydo bo’lsa, bu monopol foydani hosil
bo’lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |