Xozirgi zamon iqtisodiyotida an’anaga tayanish norasmiy munosabatlar tarzida ma’lum
o’rin tutadi.
An’anaviy iqtisodiyot baƒrida mayda tovar xo’jaligining tashkil topishi uni emirilishiga,
oxir-oqibat bozor tizimini yuzaga kelishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uzoq va murakkab jarayon bo’lib, tabiiy transformatsiya
natijasida vujudga kelgan. Uning tarixan rivojlanish bosqichlarini shartli ravishda uch bosqichga
bo’lish mumkin:
1.
Oddiy yoki mayda tovar xo’jaligi;
2.
Klassik bozor iqtisodiyoti;
3.
Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti yoki aralash iqtisod(8-bob).
Oddiy tovar xo’jaligi ko’p jihatdan an’anaviy iqtisodiyotga xos mulk tipi va tartibga
solish tizimi bilan xarakterlansa, bozor iqtisodiyoti yakka xususiy mulk va tartibga solishning
bozor mexanizmi bilan ajralib turadi. Resurslar va daromad bozor talabiga muvofiq
taqsimlanadi.
Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti yoki aradash iqtisod esa mulkchilikning turli-
tumanligi va tengligi, tartibga solishni bozor mexanizmi bilan davlat mexanizmi birgalikda amal
qilishi bilan xarakterlanadi. Resurslar va daromad asosan bozor mexanizmi, qisman davlat
regulyatorlari yordamida taqsimlanadi.
O’ziga xos tizim sifatida yuzaga kelgan, markazdan reja asosida boshqariladigan
deformatsiyalashgan tizim davlat mulk monopoliyasi va ierarxik tartibda boshqarilishi bilan
ajralib turadi. Resurslar va daromad qat’iy reja asosida taqsimlanadi.
Xozirgi kishilik jamiyati taraqqiyoti erishgan yutuq bu tsivilizatsiyalashgan yoki aralash
iqtisodiyot bo’lib, barcha mamlakatlar inson ehtiyojlarini qondirishning eng optimal tizimi
sifatida uni tanlashmoqda.
Aralash iqtisodiyotning muhim belgilari bor.
1.U mukammal texnika va yuksak texnologiyaga asoslanadi.
2.Mayda va o’rta biznes keng rivojlanadi.
3.Mulkchilikning turli-tumanligi raqobat kurashi va tanlash imkonini kengaytiradi.
4.Daromad ishlab chiqarishning o’zida uning ishtirokchilari, omil egalarining hissasiga
ko’ra o’zlashtiriladi, daromadlarda ish haqi hissasi ortib boradi.
5.Monoiqtisodiyotda manfaatlar to’qnashuvi sodir bo’lsa, aralash iqtisodiyotda
manfaatlar muvozanatlashuviga imkon yaratiladi.
6.Xalq iste’molini qondiruvchi sohalar ustuvor rivojlanadi.
7.Milliy boylik tarkibida aholi mol-mulkining hissasi ortib boradi.
8.Unda bozorga xos munosabatlar bilan bir qatorda bozorga xos bo’lmagan munosabatlar
ham mavjud bo’ladi, rivojlanadi.
9.Aralash iqtisodiyot iqtisodchilarning e’tiroficha, insoniyat iqtisodiy tsivilizatsiyasining
eng katta yutuƒi hisoblanadi.
Aralash iqtisodiyotni bir guruh iqtisodchilar bozor iqtisodiyoti sifatida talqin etsalar,
boshqalar bozor iqtisodiyotining yuqori bosqichi sifatida ta’riflashadi.
Xar ikki qarashni ham hisobga olgan holda bizda ko’proq
Do'stlaringiz bilan baham: