Poliiqtisodiyot
mazmunan aralash iqtisodiyotdir. U har qanday monopoliyani rad etadi.
U turli xil iqtisodiy, bozor va nobozor aloqa, munosabatlarining qorishmasidan iborat.
Demak, aralash iqtisodiyot mulk munosabatlari nuqtai nazaridan mulkchilikning turli-
tumanligi va ularning tengligiga asoslanadi.
Sotsial-iqtisodiy tizimlarni iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish, tartibga solish uslubi
asosida uch guruhga ajratish mumkin:
1. An’anaviy udumlar asosida boshqarish.
2. Ierarxik tartib asosida boshqarish.
3. O’z-o’zini boshqarish.
4. Aralash tartibda boshqarish.
An’anaviy boshqarish kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichida shakllangan
bo’lib, unda iqtisodiy aloqalar an’anaviy urf-odatlar, udumlar, cheklashlar, an’analar kabilarga
asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |