Bu erda Q – yaratilgan insoniy kapital hajmi; t – ma’lum bir vaqt oralig’i; B
0
– insoniy
kapitalni ko’paytirish qobiliyati koeffitsienti;
S
t
– mavjud
insoniy kapital zahirasidan, shu
kapitalni yaratishga qo’shilgan qismi; K
t
– insoniy kapitalni umumiy zahirasi; B1,
B2 -
B1+B2<1, 1 dan kichik koeffitsientlar; D – qoplanadigan qo’yilmalar.
Shularga o’xshash, ulardan farq qiladigan modellar ham bor. Lekin real hayotda keng
ravishda insoniy kapitalga qo’yilgan investitsiya miqdori bilan keyingi olinadigan daromad bilan
taqqoslash usullari keng qo’llaniladi.
Insoniy kapitalga qo’yilgan investitsiya samarasi undan
foydalanishdan oldingi samara,
ya’ni yalpi daromad bilan aniqlanadi. Kelajakdagi daromadning diskontlangan miqdoriga teng
bo’ladi. Hozirgi kundagi har qanday summa miqdori bilan kelajakda olinishi mumkin bo’lgan
miqdorni hisoblab chiqish
diskontlash
deyi-ladi. Umumiy tarzda diskontlash quyidagi formula
bilan hisoblanadi.
Bu erda
D
i
–
daromadning
kelajakdan miqdori
D
0
D
i
=--------;
D
0
–
daromadning bugungi miqdori
(|+i)
t
i -
foizning joriy stavkasi;
t –
yil (vaqt).
Bu ma’lum miqdordagi i protsent normasi bo’yicha t vaqtga qo’yilgan pul bo’lib, u shu
vaqt ichida, olingan protsent bilan Di —miqdorigacha o’sadi.
Insoniy
kapital nazariyasida maorif, bilim olishning iqtisodiy aspektiga katta ahamiyat
beriladi. Chunki FTT va iqtisodiy o’sishning bosh omili inson bo’lib, ta’lim-tarbiyaga sarflangan
kapitalga qarab shakllanadi.
Kapital sarfi har bir kishining daromadini ko’payishiga qanday ta’sir qilishini
quyidagicha aniqlash mumkin. Ma’lum ta’lim darajasi bo’yicha olinadigan ish
haqi ikki qismdan
iborat. Birinchi qism hech qanday bilim olmay olish mumkin bo’lgan ish haqi, ikkinchi qismi
insoniy kapitalga qo’yilma natijasida o’sgan kapital, ya’ni insoniy kapitalga investitsiya tufayli
olinayotgan daromad.
U
n
= X
0
+R·C
n
Bu erda Vn — W yil ma’lumoti bo’lgan kishining ish haqi (daromadi).
X0 — hech qanday ma’lumoti bo’lmagan kishining ish haqi (daromadi).
R — ma’lumot olish uchun sarflangan mablag’ning joriy kapital qaytimi normasi.
Cn — Wn yil davomida o’qish, ma’lumot olish uchun sarflangan investitsiya.
Insoniy kapital nazariyasi doirasida ish haqi tarkibiga qavat-qavat tarzda qaraladi.
Har bir
qatlamga o’ziga xos ma’lumot darajasi hamda pul daromadi to’g’ri keladi. Masalan, oliy
ma’lumot samarasi oliy maktabni tugatganlar bilan o’rta ma’lumotlilar o’rtasidagi umr bo’yi
oladigan daromadlarini farqi tarzida yuzaga chiqadi. Ma’lumot darajasi qancha yuqori bo’lsa,
uning samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi. Yuqori ma’lumot olish uchun sarflangan mablag’
yuqori darajada ish haqi olishni ta’minlashi real hayotda amaliyotda tasdiqlanib turibdi.
Ko’pgina mamlakatlarda oliy ma’lumotli diplomga ega bo’lganlar o’rta ma’lumotlilarga
qaraganda o’rtacha 1,5—2 baravar, o’qiyotgan lekin hali o’rta maxsus ta’lim olgani haqida
diplom olmaganlarnikidan 3—4 marta yuqori ish haqi oladilar.
Shunday qonuniyat amal qiladi: ma’lumoti va ishga qarab ish haqi o’sishi odatda
pensiyaga (55—60 yosh) chiqqaniga qadar, ma’lum chegaragacha
davom etadi, so’ngra esa
pasayish tendentsiyasi amal qiladi.
Insoniy kapitalni pulda ifodalash uning absolyut miqdorini aniqlash imkonini beradi.
Insoniy kapitalning absolyut miqdori (ta’lim olish fondi) qator ko’rsatkichlarni hisoblash
imkonini beradi. Shunday ko’rsatkichlardan biri ishlab chiqarishning intellektuallik sig’imidir.
Bu ko’rsatkich fond sig’imiga o’xshash ko’rsatkich.
Ishlab chiqarishning intellektuallik sig’imi ma’lumot, ta’lim berish fondi YaMM (yalpi
milliy mahsulot)ga nisbati tarzida hisoblanadi. U har bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ta’lim-
tarbiya ishlariga qancha pul sarflanganligini ko’rsatadi.
I
k =
MOF
YaMM
Bu erda: MOF — ta’lim-tarbiya ishlariga (maorif va oliy ta’limga) ajratilgan fondning
mablag’lari (pul miqdorida).
YaMM — yalpi milliy mahsulotning pul miqdori.
Olingan ma’lumotni iqtisodiy samarasini aniqlash uchun ichki qaytim normasi
ko’rsatkichidan foydalaniladi. U quyidagicha hisoblanadi:
n B
t
n
C
t
Σ
-------- =
Σ
--------
t=0 (| + r)
t
t=0 (| + r)
t
Vt—t — vaqtda ma’lumotiga qarab olgan daromadi.
Ct—t — vaqtda ma’lumot olish uchun xarajatlar.
n — vaqt davrlari soni (yil).
r — ichki qaytim normasi.
r — qancha yuqori bo’lsa, ta’lim olish uchun quyilgan investitsiya shuncha ko’p
foyda
keltiradi.
Odatda, turli darajadagi ma’lumot olish uchun qilingan xarajatlar qaytimini, xarajat
qilgunga qadar topilgan daromad bilan taqqoslashdan ko’proq foydalaniladi. U quyidagicha
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: