tusiga kirib qolgan andozalarning ma’naviy eskirishini ham izchillik bilan engish zarurligiga
ahamiyat qaratilmoqda.
Inson kapitali ma’naviy eskirishining ikki shchakli bo’lib, birinchisi, mavjud bilimlar
doirasida inson kapitali ko’rsatkichlarining yomonlashuvi Bilan bog’liq. Bilimlar to’liq
bo’lmagani tufayli eskirishga uchraydi. Natijada inson kapitalining jamg’arilish jarayoni to’xtab
qoladi. Ma’naviy eskirishning ikkinchi turi mutlaqo yangi bilim paydo bo’lishi uni egallamay
turib, inson kapitalidan foydalanish imkoni bo’lmasligi bilan bog’liq.
Inson kapitaliga solinadigan investitsiyalar ilmiy g’oyalar, texnika-texnologiya
yangiliklarini qabul qilish qobiliyati oshishiga, shu bilan birga iqtisodiy tizimning moslashish
imkoniyati, uning doimiy o’zgarishlarga moslashib rivojlanish imkoniyatlari oshishiga
yordamberishi kerak. Aks holda jamg’arilgan inson kapitalini ishga solib bo’lmaydi, hamda
jamiyatning tegishli sifatdagi va miqdordagi inson kapitaliga bo’lgan talabini qondirib
bo’lmaydi. Inson kapitalini takror ishlab chiqarishlagi bunday tarkibiy buzilishlarning
chuqurlashuvi amalda investitsiyalangan mablag’lardan mahrum bo’lishga olib keladi.
Jamiyat taraqqiy qilishi bilan yuksak malakali mutaxassislarga talab o’sishini hisobga
olgan holda respublikamizda «Kadr-lar tayyorlashning Milliy dasturi» ishlab chiqilib, amalga
oshirilmoqda.
Insoniy kapitalga investitsiya davlat, korxona (firma) aholi-ning o’zi tomonidan
qo’yiladi. Aholi uchun o’z mablag’i etmagan taqdirda Prezident farmoni bilan imtiyozli kredit
bilan ta’minlanishi respublikamizda zamona talablariga muvofiq ravishda mutaxassis kadrlar
tayyorlashni yanada yangi bosqichga ko’taradi.
Xulosa
*Inson yashashi uchun turli ne’matlarni ishlab chiqarishi kerak. Ishlab chiqarish asosida
mehnat yotadi. Mehnat bu mehnat omilining egasi bo’lgan ish kuchining o’z qbiliyatini ishga
solishi, ishlatishidir. Ish hai mehnat omilining YaIM, milliy daromaddagi ulushi bo’lib, u ish
haqi deb ataladi.
*Ish haqi ish kuchiga bo’lgan talab va taklifning muvozanat bahosidir. Mehnatga talab
ish haqi miqdoriga teskari, mehnat taklifi esa to’g’ri proportsional bog’lanishda. Mehnat taklifiga
o’rin bosish va daromad effekti ta’sir ko’rsatadi. Buni natijasida mehnat taklifi o’sishi yoki
pasayishi mumkin.
*Ish haqini tashkil etishning ikki shakli vaqtbay va ishbay shakli, muvofiq ravishda qator
ish haqi tizimlari mavjud. Qanlay ish haqi qo’llash unga ta’sir etadigan omillarga bog’liq bo’lib,
u ishga yollovchi bilan yollanuvchi o’rtasilagi tuzilgan mehnat shartnomalarida o’z aksini topadi.
*Fan texnika taraqqiyoti borgan sari yuqori malakali ish kuchiga talabni kuchaytirishi
iqtisodiy nazariyada insoniy kapital nazariyasini (Teory of human capital) ishlab chiqishga olib
keldi. Unga muvofiq ish haqidagi farq insoniy kapitalga qilingan investitsiyadagi farqning
oqibati. Kam ish haqi to’lanadigan ishchilarning daromadlari esa investitsiyalarning hajmini
ortishi natijasida o’sadi. Shuning uchun borgan sari insoniy kapitalga investitsiya sarflash o’sib
boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: