Ish haqi — bu mehnat bozoridagi ish
kuchiga talab va taklifning muvozanat
bahosidir.
Mehnat bozoridagi raqobat tabiiy ish haqini tenglashtirishga ta’sir qiladi. Milliy
miqyosda malaka, bilim jihatidan teng bo’lgan ma’lum kasbga deyarli bir xil mehnat haqi
belgilanadi. Oddiy qilib aytganda, mehnat bozorida unga xos bo’lgan
raqobat kurashi
tufayli
teng mehnatga teng ish haqi
printsipi amalga oshadi.
Mehnat bozorida monopoliya ham o’z kuchini ko’rsatadi. Mehnatga monopoliya ishga
yollovchilarni ishchilarga o’z shartlarini, ayniqsa mehnatga haq to’lash bo’yicha o’z amrini
o’tkazishga urinishda namoyon bo’ladi. Ular ishsizlikdan manfaatdor. Ishchilar o’z navbatida
turli yo’llar bilan ish haqini ko’paytirishga, eng avvalo kasaba uyushmalari yordamida harakat
qiladilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ana shu manfaatlar to’qnashuvi ish haqi darajasini o’zgarib
turishiga olib keladi. Shunday qilib, ish haqi birinchidan, ish kuchini takror ishlab chiqarish
uchun zarur bo’lgan ne’matlar miqdori va narxiga, ikkinchidan, mehnat bozoridagi vaziyatga
bog’liq.
Real
ish
haqi
Taklif
Talab
Ish kuchi miqdori
Do'stlaringiz bilan baham: |