Iqtisodiyot nazariyasi
jamiyat rivojlanishi jarayonida iqtisodiy faoliyat natijasida kelib
chiqqan muammolarni nazariy jihatdan izohlab javob topishga qaratilgan bo’lib, kelajakda
qanday o’zgarishlar bo’lishi mumkinligini oldindan prognoz qiladi, yo’nalishlarini ko’rsatadi.
Iqtisodiy siyosat
— bu davlatning ishlab chiqarish, taqsimot, iste’mol sohasidagi aniq
maqsadga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi. Odatda, iqtisodiy siyosat umumiy bo’lib, u qator
yo’nalishlar asosida olib boriladi. Masalan, pul-kredit siyosati, amortizatsiya siyosati, moliya
siyosati, sotsial siyosat va hokazo. U jamiyatning barcha sotsial guruhlari manfaatini hisobga
olib, milliy iqtisodiyotni mustahkamlashga qaratilgan bo’ladi.
Qanday iqtisodiy siyosat yuritish eng avvalo, jamiyat qanday g’oya, mafkurani
tanlaganiga bog’liq. «Chunki mafkura — jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini,
ularning intilishlarini o’zida mujassamlashtiradi, ... toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar,
davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o’z taraqqiyot yo’lini, ertangi kun ufqlarini
o’zining milliy g’oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi.»
5
Iqtisodiy siyosat iqtisodiy muammolarning echimini topish va uni amalda qo’llash bilan
shug’ullanadi. Bunda iqtisodiyot nazariya-si chiqargan xulosalarga tayaniladi (1- chizma).
Amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat muvaffaqiyatli bo’lishi uchun hal qilinayotgan
muammolarni har tomonlama (huquqiy, siyosiy, madaniy, sotsial va hokazo) hisobga olish
kerak.
Yuritilayotgan iqtisodiy siyosat jamiyatning rivojlanishiga, iqtisodiy tizimning
o’zgarishiga, takomillashuviga olib kelishi mumkin. U o’z navbatida iqtisodiyot nazariyasini
boyitadi, kelgusi rivojlanishida o’z aksini topadi.
Iqtisodiy siyosat olib borishiga qarab, davlat:
a) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ob’ektiv, mantiqiy tarzda to’g’ri ifodalasa, iqtisodiy
taraqqiyotni jadallashtirishi mumkin;
b) aksincha, qo’llayotgan chora-tadbirlari yarim-yorti bo’lib, nazariy jihatdan berilgan
xulosalar, tavsiyalar izchillik bilan amalga oshirilmasa, iqtisodiy taraqqiyot sur’atlari
sekinlashishi mumkin;
v) siyosat iqtisodiy taraqqiyotga ziddiyatli ta’sir ko’rsatishi, ya’ni uning bir yo’nalishdagi
harakatini tezlashtirib, ikkinchisini sekinlashtirishi mumkin.
Bu erda yana shuni ta’kidlash kerakki, ayrim paytlarda nazariy jihatdan chiqarilgan
xulosalar to’g’ri bo’lib, uni qo’llashdan ijobiy natijalar kutish, lekin amalda ana shu kutilgan
natija bo’lmasligi mumkin. Sababi — uni amalda qo’llash jamiyatdagi turli tabaqalar manfaatiga
borib taqaladiki, buning natijasida iqtisodiy sub’ekt o’zini qanday tutishini avvaldan aniqlash
qiyin.
Nazariya iqtisodiyotni sof holda emas, balki sotsial-siyosiy, ruhiy-axloqiy, milliy-
demografik omillar ta’sirini ham inobatga olib o’rganadi. Iqtisodiyot ijtimoiy hayotning bir
qismi, shuning uchun ijtimoiy hayotning iqtisodiyotdan boshqa jabhalari albatta unga ta’sir
qilmay qolmaydi. Iqtisodiy jihat (aspekt)
ni yagona hal qiluvchi deb qarash noto’g’ri. Iqtisodiyot birlamchi bo’la turib, o’z navbatida
boshqa turdagi munosabatlar ta’sirida bo’ladi.
Ayniqsa, siyosiy vaziyat, o’zgarishlar iqtisodiyotga katta ta’sir etadi. Masalan, eng oddiy
misol, siyosiy vaziyat o’zgarishi bilan fond birjalarida qimmatbaho qog’ozlar kursi, tovar
birjalarida tovarlar narxi o’zgaradi: oshadi yoki pasayadi. Buning natijasida kapital oqimi
o’zgaradi va ishlab chiqarishga ta’sir qiladi.
5
Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., «O’zbekiston», 2000, 6-
bet
1-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |