asr kapitalistik tovar xo’jaligi
dan tubdan farq qiladi.
Oddiy tovar xo’jaligida ishlab chiqaruvchining o’zi ishlab chiqarish vositalarining egasi
bo’lgan. Asosiy maqsad oila ehtiyojini qondirish edi. Bu davrda ishlab chiqarish tarqoq, mayda
tovar ishlab chiqaruvchilardan iborat anarxik xarakterga ega bo’lib, erkin raqobatga asoslangan.
Oddiy tovar xo’jaligi
tabaqalanishining kuchayishi oqibatida
kapitalistik tovar ishlab
chiqarish
vujudga keladi. Bunda individual xususiy mulk asosiy o’ringa chiqadi.
Kapitalistik
tovar xo’jaligida
mulk egasi bilan bevosita ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqarish vositalari egalari
va ulardan mahrum bo’lgan yollanma ishchilarga ajraladi. Ishlab chiqarishdan asosiy maqsad
foyda olish bo’lib, ishlab chiqarish nihoyat yiriklashadi. Bunda qo’l mehnatining mashinalar
zimmasiga yuklanishi (fan-texnika inqilobi oqibatida) muhim rol o’ynaydi.
XIX asr oxiri — XX asr boshlaridan individual, yakka kapitalistik xususiy mulk
mavqeini yo’qotib, borgan sari korporativ xususiy mulk va mulkchilikning boshqa shakllari keng
tarqalishi bilan xo’jalik yuritish shakllari, daromad taqsimoti ham o’zgarib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |