3-§. Sotsial-iqtisodiy tizimlarning o’zgarishi va uning sabablari
Iqtisodiy faoliyat yuritishni amalga oshirar ekanlar, odamlar iqtisodiy tizim yaratadilar. U
o’z navbatida individual tanlov stimullariga ta’sir ko’rsatadi. Xar bir kishi biron-bir tanlovni
lozim topar ekan, boshqalar uchun stimul o’zgaradi. Xar safar qonun yoki tartib o’zgarganda
muqobil variantlar cheklanadi yoki stimullar o’zgaradi. Iktisodiy hayotni o’zgarishi
asosida
kishilarni manfaatlari yotadi.
Sotsial-iqtisodiy tizimlarni o’zgarishi, birini o’rniga ikkinchisini kelishi kurashlar orqali
sodir bo’ladi. U mulkchilikni o’zgarishi, mulkchilikda yangi qonun, huquqiy hujjatlar qabul
qilinishi, institutsional tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilishi, kishilarni
iqtisodiy jihatdan
munosabatlari, hatti-harakatlari, faoliyatlarini standartlarini ham o’zgarishiga olib keladi. Uni
doirasida iqtisodiy rivojlanish uchun shchart-sharoit yaratiladi. Bu yangi iqtisodiy tizimni
shakllantirish uchun etarli sharoit bo’ladi.
Tizim o’zgarishlarga qarab moslasha oladimi? U muvofiq ravishda iste’mol talabiga,
resurslar taklifi va texnologik o’zgarishlarga reaktsiya qila oladimi? Bir tizimning ikkinchisi
bilan almashinishi ko’p jihatdan har bir tizimni ana shu savollarga
qay darajada javob bera
olishiga boƒliq.
Ma’lumki har qanday taraqqiyot asosida qarama-qarshiliklar yotadi.
Iqtisodiyotni tizim sifatida rivojlanishida ham bir-biriga qarama-qarshi ikki tendentsiya
amal qiladi:
1.
Tizim tarkibiy qismlari muvozanatiga, ular o’rtasidagi aloqalarni saqlashga intilish;
2.
O’zgarishlar, ya’ni texnik va sotsial jihatdan yangi tarkibiy unsurlar vujudga kelishi,
turli omillar ta’siri tufayli muvozanatni buzilib turishi.
Natijada mavjud tizim o’rniga avvalgisiga nisbatan insoniyat
nuqtai nazaridan
mukammalroq tizim o’rnatiladi. Oqibatda iqtisodiy tizimlar tarixan dinamik tarzda, kengayib
boruvchi spiralsimon tarzda rivojlanadi.
Sotsial iqtisodiy tizimlarning o’zgarishi sabablarini klassik maktab vakillari ishlab
chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi ziddiyat tufayli yuz berali deb
ko’rsatadilar. Ishlab chiqarish kuchlari doimo ishlab chiqarish munosabatlariga
nisbatan tez
rivojlanadi va ishlab chiqarish munosabatlari orqada qoladi. Ular mavjud ishlab chiqarish
munosabatlari doirasiga siƒmay qoladi. Muvozanat buziladi. Jamiyatda yangi ishlab chiqarish
kuchlarining taraqqiy darajasiga mos munosabatlar o’rnatiladi. Muvofiq ravishda yangi ishlab
chiqarish usuli, unga mos ustqurma o’rnatiladi( betdagi chizmaga qarang). Muvozanat tiklanadi.
Sotsial-iqtisodiy tizim o’zgaradi.
Boshqa guruh iqtisodchilar fikriga ko’ra iqtisodiy tizimlar rivojlanib, birini o’rniga
ikkinchisini o’rnatilishi turli-tuman iqtisodiy rivojlanish omillari va ular o’rtasidagi ta’sir
va aks
ta’sir sabab bo’ladi. Iqtisodiy hayotning har bir tomoni texnik, hududiy-geografik, sotsial, sifat
va miqdor, ichki va tashqi omillar ta’sirida o’zgaradi. Ana shu omillarning tutgan o’rni.
ahamiyatiga ko’ra iqtisodiy rivojlanish yuz berar ekan, muvofiq ravishda
iqtisodiy aloqalarni
tartibga solishni o’zgarishini ham taqozo qiladi. Bu omillarni o’zgarishi, ta’siri natijasida tartibga
solish va uning institutsional, huquqiy jihatdan ham o’zgarishlarga ham olib keladi.
Xozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida jamiyat rivojlanishining bosh manbai, tizimlar
o’zgarishining sababi sifatida
ehtiyojlar bilan resurslar, texnik va sotsial strukturalar o’rtasidagi
qarama-qarshiliklar ko’rsatiladi. Bu quyidagi qonuniyatlarda ham o’z ifodasini topadi:
1.Ehtiyojlar yuksalib boradi. Inson cheklangan resurslar sharoitida ularni qondirish uchun
yo’l qidiradi.
2. Ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologik jihatidan o’zgarishlar yuz beradi. Inson
resurslar cheklanganligini engib o’tish yo’llarini topadi. Bu texnik, texnologik ixtirolar bo’lib,
iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytiradi. Bu o’zgarishlarni vaqti kelib iqtisodiy tizim hisobga
olishga majbur bo’ladi. Ya’ni iqtisodiy tizim tarixiy dinamik bo’lib qoladi.
Kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlarida uzoq vaqt
ehtiyojlarni rivojlanmaganligi,
ularni nisbatan uzoq vaqt o’zgarmaganligi sababli texnik taraqqiyot juda sekin yuz bergan.
Texnik taraqqiyotni dastlab shakllangan urf-odatlar hamda ular asosida shakllangan sotsial-
iqtisodiy struktura ham cheklagan. Dastlabki insonga hamma tabiatdagi ne’matlar birday qarashli
bo’lgan paytda, bor ne’matlarni iste’mol qilishi oqibatida ochlikka mahkum bo’lishdan
dehqonchilikni o’rganish, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: