3.Moliyaviy institutlar
— bozorning, korxonalarning normal faoliyat yuritishini
ta’minlash uchun pul massasi, moliyaviy resurslar harakatini tartibga soluvchi moliya, kredit
tashkiloti hisoblanadi.
4.Davlat,
aniqrog’i, davlatning barcha idora, mahkama, tashkilotlari. Ular umumiy
maqsadga erishish uchun huquqiy va siyosiy hokimiyat orqali xo’jalik sub’ektlari va bozorni
zarur darajada nazorat qiladi. Shu bilan birga ishlab chiqarish va iste’mol bilan ham
shug’ullanadi.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari o’zaro aloqaga kirishadilar. Ish kuchi, er, kapital va boshqa
vosita egalari ularni korxona, firmalarga sotadilar. Ular o’z navbatida ishlab chiqarish omillarini
ishlatib, tovar yaratadilar, xizmat ko’rsatadilar.
Ularning o’zaro ta’siri quyidagicha:
Umuman olganda, butun jamiyat a’zolari bir tomondan, ishlab chiqaruvchi (xizmat
ko’rsatuvchi), ikkinchi tomondan, iste’molchi. Bozorda esa sotuvchi hamda xaridor sifatida
namoyon bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |