Eukariot organizmlar haqida umumiy tushunchalar



Download 345,07 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi345,07 Kb.
#589613
Bog'liq
4.EUKARIOT ORGANIZMLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR


EUKARIOT ORGANIZMLAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

Eukariot hujayralarning umumiy koʻrinishi va ular prokariot hujayralardan (yadro, organellalar va ipsimon xromosomalar) qanday farq qilishi bilan umumiy tanishish.
Bitta xonachadan iborat uyda yashash qanday boʻladi? Xoʻsh, barcha jihozlar ixcham boʻlishi kerak, siz bir xonada ovqatlanishingiz, uxlashingiz, ishlashingiz shart boʻladi. Toʻgʻri, bunday uy biroz tor boʻlib tuyulishi mumkin, lekin uni tozalash ortiqcha muammo tugʻdirmaydi.
Prokariot hujayralar – bakteriyaga oʻxshash bir hujayrali oddiy organizmlar baʼzan 1 xonali kulbachalarga qiyoslanadi: bunday hujayralarda ichki membranalar yoʻqligi uchun devorlari taqsimlanmagan bir xonachali kulbaga oʻxshaydi^11start superscript, 1, end superscript. Agar biz bu oʻxshatishni eukariot hujayralarga nisbatan qoʻllaydigan boʻlsak, oʻsimlik, zamburugʻ va hayvon organizmlaridagi murakkab hujayralarni eng yuqori darajadagi koʻchmas mulkka oʻxshatish mumkin.
Koʻp xonali uyda xonalar maʼlum bir maqsad uchun (yotoqxona, mehmonxona, oshxona, yuvinish xonasi kabilar) ajratilgani kabi, eukariot hujayralar ham muayyan vazifaga ega, bir-biridan membrana qavatlari orqali ajratilgan turli xil qismlardan tashkil topgan. Bunday strukturaviy tuzilish har bir qismga oʻz vazifasini bajarishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoitni saqlab turishga yordam beradi.
Misol uchun, qayta ishlash markazi boʻlgan hujayra tarkibiy qismlaridan biri – lizosomalar hujayra chiqindilarini parchalash uchun kislotali pH muhitini saqlab turishi kerak. Shu kabi, hujayrada peroksizomalar deb ataluvchi strukturalar oksidlanish reaksiyalarini amalga oshirib, hujayraga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan vodorod peroksidini hosil qiladi va uni hujayraga ziyon yetkazmasdan neytrallaydi.
Birgina hujayra ichida turli muhitni taʼminlay olish orqali eukariot hujayralar prokariot hujayralarda kechmaydigan murakkab metabolik reaksiyalarni ham amalga oshira oladi. Haqiqatan ham, eukariot hujayralarning prokariot hujayralarga nisbatan bir necha barobar katta boʻlib oʻsishining asosiy sababi shu.
Prokariot va eukariot hujayralarni solishtiramiz
Eukariot hujayralarning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Prokariot hujayralardan farqli oʻlaroq, eukariot hujayralar quyidagi qismlardan tarkib topgan:

  1. Membrana bilan oʻralgan, hujayraning genetik axborotini oʻzida saqlovchi yadro.

  2. Sitozolda suzib yuruvchi, muayyan vazifalarni amalga oshirishga muvofiqlashtirilgan, membrana bilan qoplangan bir nechta organellalar. (Organella soʻzi “kichik organ” maʼnosini anglatadi, yaʼni bizning tanamizdagi organlar kabi organellalar ham aniq bir vazifani bajaradi.)

  3. Prokariot hujayradagi bitta halqasimon xromosomadan farq qiluvchi koʻp sonli chiziqli xromosomalar.

Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga qaraganda ancha murakkab tuzilgan. Ular energiya muvozanatida, metabolizmda va genlarni ifoda etishda muhim rol oʻynaydigan hujayra qismlaridan tashkil topgan.
Keyingi maqola va videolarda biz eukariot oʻsimlik va hayvon hujayralari boʻylab sayohat qilamiz, ularda mavjud boʻlgan noyob tuzilmalarni va hujayra hayotida ular qanchalik muhim oʻrin tutishini oʻrganamiz.
Hujayraning qaysi qismi haqida bilib olmoqchisiz? Oʻzingiz qiziqqan qismni quyidagi roʻyxatdan topib, oʻsha qismga oʻtishingiz mumkin:

  • Plazma membranasi va sitoplazma

  • Yadro va ribosomalar

  • Ichki membrana tizimi

  • Mitoxondriya va xloroplastlar

  • Sitoskelet

  • Hujayraning tashqi muhiti va hujayra devori

  • Hujayraning bir-biri bilan birikishi

Hayvon hujayrasining tuzilishi:

Tarkibiy qismlari nomlari bilan koʻrsatilgan hayvon hujayrasi rasmi:
Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.
Oddiy oʻsimlik hujayrasining tuzilishi:

Tarkibiy qismlari nomlari bilan koʻrsatilgan oʻsimlik hujayrasi rasmi:
Grafik material OpenStax CNX Biologyʼdan oʻzgartirib olindi.
Download 345,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish