Egalik qilish
— mulkdorlik huquqining mulk egasi qo’lida saqlanib turishidir. Mulkni
ishlatish mulk egasining o’z qo’lida yoki o’zga qo’lida bo’lishiga qarab boylik to’la yoki qisman
o’zlashtiriladi. Masalan, bino, er kabilar ijaraga, pul qarzga berilganda egalik qilish mulkdorning
qo’lida qoladi. Bu mulkdan kelgan daromadning bir qismi ijara haqi, foiz shaklida o’zlashtiriladi.
Boshqa qismini esa ijarachi o’zlashtiradi. Bu mulk egasi xohishi bilan yuz beradi. Mulk egasi
mulkni tasarruf etishni ma’lum bir chegarada undan foydalanayotganga topshirishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |