Busiz mulkchilik bo’lmaydi. Qonunlar orqali
mulkiy aloqalar boshqariladi, tartibga solinadi.
Respublikamizda ham mulkchilik munosabatlari eng avvalo asosiy
qonun Konstitutsiya hamda
qator qabul qilingan mulkchilikka taalluqli boshqa qonunlar orqali tartibga solinadi.
Mulkchilik iqtisodiy hukmronlik bilan chambarchas bog’langan.
Ishlab chiqarishni
boshqarish mulkchilikning funktsiyasi. Ma’lumki, ishlab chiqarishni mulk egasi boshqaradi.
Mulkchilik iqtisodiy hukmronlikning asosiy (yagona bo’lmasa-da) manbaidir.
Mulkchilikning mazmunini o’zlashtirish ifodalaydi. O’zlashtirishning o’zi
egalik qilish,
foydalanish va tasarruf etish yaxlitligidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: