TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BYUDJET HISOBI VA G`AZNACHILIK”
FAKULTETI
ILXKM-80 GURUHI TALABASI MUXTAROV MADINABONUNING
“FUQAROLARNING O`ZINI O`ZI BOSHQARISH ORGANLARIDA
ISH YURITISHNI TASHKIL ETISH” FANIDAN BAJARGAN
TOPSHIRIG`I
KEYS TOPSHIRIQLARI:
Siz “Mahalliy o`zini o`zi boshqarishi” savollari bo`yicha ekspertsiz.
Sizning vazifangiz – uni mazmuni va mohiyatini boshqalarga tusuntirish.
1.Keys tuzish va muammoni bartaraf etish.
2.”Mahalla” so`ziga sinkveyn tuzing.
3.Umumlashtiruvchi xulosa chiqaring.
JAVOBLAR
1.Keys.
Mahallamizda ko`pgina tarbiya jihatdan o`rnak bo`la
oladigan
oilalar mavjud.Ular orasida Baxodir aka ismli ziyoli bir inson ham o`z
oilasi bilan istiqomat qiladi.Baxodir aka ko`p yillardan beri institut
o`qituvchisi, turmush o`rtog`i Jamila opa esa uy bekasi.Xullas tarbiyali
har jihatdan o`rnak bo`la oladigan mahallamizning oldi insonlaridan
edilar. Mahallamiz raisi ham B. aka bilan yaqindan do`st edilar.Bir kuni
“mahalla posponlari” deyarli yarim kecha bo`lib qolgan paytda Doniyor
ismli bola bir guruh bolalar bilan tamaki
hamda spirtli ichimliklar
iste`mol qilayotganligi ustida qo`lga olishgan va bunday hol yuzasidan
mahalla raisiga murojaatnoma yuborishgan.Bu xabarni olgan mahalla
raisi ya`ni oqsoqol bolalar orasida do`sti B. akaning o`g`li ham borligiga
guvoh bo`ladi.Lekin bitta muammo bor edi do`sti B. yaqindagina insultni
boshidan o`tkazganligi va o`zini doim parvarish qilib yurishi kerakligi
haqida bilar edi. Shu tufayli oqsoqol o`g`li haqida to`g`ridan to`g`ri
shikoyatnomani ayta olmasdi.Ammo
bola tarbiyasi bilan vaqtida
shug`ullanilmasa, bu yanada salbiy oqibatlarga hottoki narkotik
moddalar bilan ham shug`ullanishga olib kelishi mumkin edi.Mahalla
raisi bu haqida bolaning onasi Jamila opa bilan gaplashdi.Jamila opani
aytishicha bulardan xabardor, ammo o`g`liga
hech gap uqtira
olmayotganligi va o`ta jizzaki bo`lib borayotganligini aytdi.Shuni ham
qo`shimcha qildilarki, bola otasidan juda ham qo`rqadi.
Savol:
Bolani hamma uchun xavfsiz holda qanday qilib tarbiyaga
chaqirish, uni noto`g`ri yo`llardan qaytarib olishning qanday eng
samarali yo`li bor?
Javob:
O`smir yoshidagi bolalar tez fikr o`zgartiruvchi,qarorlarni o`zi
bilganicha tushunishi tabiiy hol.Ammo
ularga ayni vaqtda kattalar
tomonidan to`g`ri yo`l ko`rsatilishi juda ham lozim bo`lgan
paytdir.Doniyorga ham xuddi shunday yordam kerak.Agarda otasining
sog`lig`i Doniyorning qilmishlarini ko`tara olmasa, oqsoqol hamda
bolaning onasi ehtiyotkoralik bilan chora ko`rishlari lozim.Ko`cha
bolalariga qo`shilish, ularning aytganlarini o`zi ham bajarishi ,albatta,
fikrlash dunyosi tor bolalarga xos.Bola o`z
fikriga ega inson
bo`lgandagina yomon oqimlardan oson chekinadi.Shunday ekan bolaga
diniy ta`limotdan ham darslar kerak.Onasi va oqsoqol bolani din
ulamolari bilan uchrashtirib, din bilan ,Alloh bilan tanishtirib, bola bilan
o`zaro suhbatlar uyushtirishi hamda bolaning fikrlarini so`rashi,to`g`ri
yo`l sifatida qanday yo`llarni ko`ra olishini so`rashlari lozim.Shundagina
bola halol va haromni ajrata bilishi,dunoviy
kayf-u safolik oqibati
nimalarga olib kelishi anglab yetadi. Va bolaning fikrini o`zgartirish
uchun har qanday narsani yomon tomonlari bilan emas, yaxshi
tomonlari bilan tushuntirilsa, ko`proq yaxshilikka yondoshilsa bolaning
ruhi yaxshilikka intiluvchan va har narsadan yaxshilik izlovchi bo`lib
o`zgaradi. Dindan ta`limoti bor
inson esa hech qachon yomon
yo`llardan o`zi uchun yaxshilik qidirishga harakat qilmaydi.