Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


-rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

19-rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimi 
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda hisob ma’lumotlari nafaqat ichki, balki 
yuqori boshqaruv uchun zarurligini hisobga olish bilan birga, tashqi foydalanuvchilar 
ehtiyoji ham e’tiborga olinishi kerak. 
Hujjatlarni saqlash 
nomenklaturasi va tartibini ishlab 
chiqish 
“Buxgalteriya apparati xodimlarining 
lavozim yo‘riqnomasi”ni ishlab 
chiqish 
Buxgalteriya hisobini 
 tashkil etish tizimi
“Buxgalteriya xizmati to‘g‘risida 
Nizom”ni ishlab chiqish 
Hisob axborotlariga ishlov berish 
texnologiyasini tuzish 
Hujjatlar aylanish grafigini tuzish 
Hujjatlarni qiymati va saqlash 
muddati bo‘yicha ekspertiza qilish 


147 
Buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni ikkiga ajratish 
mumkin: 

ichki foydalanuvchilar; 

tashqi foydalanuvchilar. 
Hisob ma’lumotlaridan ichki foydalanuvchilarga korxona, boshqaruv apparati 
xodimlari kiradi. 
Korxona boshqaruv apparati xodimlari korxona faoliyati boshqaruviga va 
korxona oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishiga, belgilangan maqsadlarga 
erishilishiga to‘liq javobgardirlar. 
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan foydalangan holda ichki boshqaruv apparati 
korxona moliyaviy rejasini, tuzadi, korxona xo‘jalik faoliyatini kengaytirish, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) yuzasidan bozor talabini o‘rgangan holda, 
baho belgilash, moliyaviy qo‘yilmalarni yuritish chora-tadbirlarini, bank va bankdan 
tashqari korxonalardan kredit va qarzlar olish va boshqalar haqida qarorlar qabul 
qiladi. 
Qarorlarni to‘g‘ri qabul qilinishi moliyaviy hisob ma’lumotlarini o‘z vaqtida 
va to‘g‘ri tuzilganligiga bog‘liq bo‘ladi. 
O‘z vaqtida olinmagan yoki noto‘g‘ri yuritilgan buxgalteriya hisob 
ma’lumotlari, noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishigacha, natijada korxonani zarar 
ko‘rishiga, ba’zi xollarda esa bankrotlik holatiga kelishiga ham sabab bo‘lishi 
mumkin. 
Moliyaviy hisob ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilarni ham o‘z navbatida 
ikki guruhga ajratish mumkin: 
A) korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlar; 
B) bilvosita manfaatdorlar. 
Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlarga quyidagilarni misol tariqasida 
keltirish mumkin: 

aktsiyadorlar; 

kreditorlar; 

mol yetkazib beruvchilar va xaridorlar; 

soliq nazorati inspektsiyasi; 

mehnat birjalari va boshqalar. 
Moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni korxona faoliyatidan 
bilvosita manfaatdorlarga quyidagilar kiradi: 

auditorlik firmalari; 

moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar; 

qimmatbaho qog‘oz birjalari; 

qonunchilik organlari; 

huquqshunoslar (xo‘jalik sudi vakillari); 

matbuot va axborot agentliklari; 

savdo, ishlab chiqarish assotsiatsiyalari; 

ijtimoiy sug‘urta organlari; 

kasaba uyushmalari. 


148 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni yillik moliyaviy hisobotlari undan 
foydalanuvchilar uchun tushunarli va oddiy holda yetkazilishi kerak. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, 
buxgalteriya xodimlari sonini, ular o‘rtasida hisob ishlari taqsimotini, qo‘llaniladigan 
hisob shaklini, hisob ishlarida hisoblash texnikalaridan foydalanishini belgilab olish 
kerak bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligini «Buxgalteriya hisobi va auditi 
uslubiyati» boshqarmasi hisobning barcha turlari bo‘yicha rahbarlikni olib boradi. 
Moliya vazirligining ushbu boshqarmasi hisob ishlarini mexanizatsiyalash, 
hisob mutaxassislarini tayyorlash, ular malakasini oshirish, shuningdek, hisob ishlari 
bilan bog‘liq yo‘riqnomalar, nizomlar, ko‘rsatmalar ishlab chiqib, nashr qildiradi. 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Makroiqtisodiyot statistika 
vazirliklari birgalikda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va 
moliyaviy hisobotni shakllarini ishlab chiqadi, ularni qo‘llashga doir yuriqnomalar 
ham shu vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi. 
Hozirgi vaqtda Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi, usuliyati 
boshqarmasi tomonidan buxgalteriya hisobining milliy standarti ishlab chiqilib 
ularning 24 tasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tdi. 
Mamlakatimiz siyosiy mustaqilligidan so‘nggi, erishilayotgan iqtisodiy 
mustaqilliklar zamirida Jahon bozoriga chiqish, chet el davlatlari bilan o‘zaro 
munosabatlarda bo‘lish etadi. 
Demak, tabiiyki, «iqtisodchilar tili» hisoblanuvchi buxgalteriya hisobini jahon 
standartiga moslashtirish zamon talabi bilan yuzaga keldi. 
Turli halqaro tashkilotlar barcha davlatlarda buxgalteriya hisobi umumiy 
tizimini ta’minlashga xarakat qilmoqda. Ulardan ba’zi birlari quyidagilardir: 
Buxgalteriya hisobi xalqaro standarti bo‘yicha qo‘mita (BXXSK). Ushbu 
qo‘mita 1973 yilda 9 davlat Professional buxgalterlari tuzilmasi asosida tashkil 
topgan edi. 9 davlat esa, quyidagilar edi: Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, 
Kanada, Meksika, Niderlandiya, SShA, Frantsiya va Yaponiya. 
Buxgalterlar Xalqaro Federatsiyasi (BXF) 1997 yilda tashkil topib, 
buxgalteriya hisobi xalqaro standarti bo‘yicha qo‘mita (BXXSK) bilan o‘zaro 
hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. 
BXF xalqaro andozalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanmaydi, balki 
buxgalteriya ishlarini xalqaro umumlashuvi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, BXF buxgalteriya ishlarini xalqaro 
umumlashuviga umumiy yondoshuvlar va yo‘nalishlarin aniqlaydi, shuningdek, 
buxgalteriya hisobi bo‘yicha Evropa mutaxassislari federatsiyasi kabi xududiy 
maxsus buxgalteriya organlari ishlariga yordam beradi. 
Shunga ahamiyat bermoq kerakki, hozirgi davrga kelib, milliy, xududiy 
manfaatdorliklar, hamda jug‘rofiy va iqtisodiy xosliklardan kelib chiqib, buxgalteriya 
hisobini va hisobotini xalqaro umumlashuviga yagona yondoshuv topilmadi. Bozor 
kuchi yordamida buxgalteriya hisobi umumlashuviga erishish tezlashadi degan 
umumiy fikrga ega bo‘lindiki, buni quyidagicha izohlash mumkin. 
Davlatlar, ayniqsa, rivojlanayotgan davlatlar chet el investitsiyalarini jalb etish 
maqsadida buxgalteriya hisobi va hisobotini jahon standartiga moslashtirishga 


149 
xarakat qiladi va shu yo‘l bilan iqtisodiyotni rivojlanishga zamin tayyorlaydi. 
Bizning respublikamizda buxgalteriya hisobining tartibga solish huquqiga ega 
manbaalar quyidagilardir: 

qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan me’yoriy va qonuniy 
dalolatnomalar; 

Moliya vazirligini Davlat statistika qo‘mitasi bilan birga, hamda vazirliklar 
va tarmoqlar malakali mutaxassislari, professional jamoat tashkilotlari ishtirokida 
qabul kilgan me’yoriy dalolatnomalari va ko‘rsatmalari. 
Professional jamoat tashkilotlariga Buxgalterlar va auditor assotsiatsiyasi, 
Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatalari misol bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi tizimini asosiy huquqiy zamini 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunda belgilangan. Ushbu qonunda 
buxgalteriya xodimlarini burch va huquqlari, buxgalteriya hisobi miqyosida korxona 
rahbarlari va buxgalteriya hisobi tizimidagi asosiy maqsadlar, vazifalar, hamda 
printsip ko‘rsatib o‘tilgan. 
Xalqaro amaliyotda buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solishni to‘rt 
darajali tizimi ko‘zda tutilgan. 
Birinchi daraja – qonuniy dalolatnomalar, masalan, «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi qonun. 
Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yigindisi, ya’ni buxgalteriya standartlari. 
Uchinchi daraja – mamlakat va turli tarmoqlar bo‘yicha buxgalteriya hisobini 
yuritish yuzasidan takliflar, metodik qo‘llanmalar. 
To‘rtinchi daraja – hisob siyosatini aniqlash va hujjat aylanishini tashkil etish 
yuzasidagi korxonada ishlab chiqilgan hujjatlarni keltirish mumkin. 
Xalqaro amalayotda buxgalteriya hisobini tartibga solish to‘rt darajali me’yoriy 
tizimini, bizning davlatimizda ko‘rib o‘tamiz. 
Birinchi 
darajaga, 
O‘zbekiston Respublikasini «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi qonuni keltirish mumkin. 
Ikkinchi darajaga, hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan 24 ta standartni misol qilish 
mumkin. 
Uchinchi darajadagi me’yoriy tartibga solish tizimiga Moliya vazirligi 
tasdiqlangan buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bog‘liq Nizomlarni, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasining 1999, 2003 
yillardagi qarorlari bilan tuzatishlar kiritilgan «Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga 
kiritiladigan mahsulot (ish, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar 
tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida Nizom» misol bo‘la oladi. 
To‘rtinchi darajaga esa, korxonalarda qabul qilinadigan, buxgalteriya hisobini 
tartibga solish bilan bog‘liq hujjatlarni keltirish mumkin. 
Buxgalteriya va huquq o‘rtasidagi munosabat unchalik ham katta emas. 
Buxgalteriya sistemasi berilgan sotsial – politik normalar asosida xarakterlangan 
iqtisodiy tizim va ochiq oydin ko‘rsatib berilgan hududiy qonunlar o‘rtasida ishlaydi. 
Qonun insonning tashqi hatti – harakatlarini nazorat qiladi, uning boshqa insonlar 
bilan qonuniy munosabatlarini hamda uning huquq va majburiyatlarini aytib turadi. 
Yanada aniq qilib aytadigan bo‘lsak, qonunning bajaradigan vazifalari bepoyonki, 
jamiyatimiz va ijtimoiy hayotimizning har bir jabhasida tarqalgan. Insoniyat bilan 


150 
bog‘liq iqtisodiy qiziqishlarga ko‘ra, qonunning nihoyasi yo‘q va boshqa davlatlar 
iqtisodiyotida, to‘g‘ri va noto‘g‘ri buxgalteriyaga olib borish zarur.
Buxgalteriyaning bir necha muhim bo‘limlari
21

Ixtisoslashishning bu davrida ko‘pgina ilmiy bo‘limlar o‘zaning maqsadlari 
bilan ajratilgan aniq intizomga ega bo‘lgan. Shunga mos holda buxgalteriyada ham. 
Intilishlar bosqichining maqsadiga ko‘ra, shu tariqa, Buxgalteriyaning asosiy 
bo‘limlari quyidagilarga sinflashtiriladi: 
Moliyaviy buxgalteriya: Buxgalteriya va Moliyaviy buxgalteriya terminlari 
ko‘pincha ajratilib ishlatiladi. Bu, shu bilan birga buxgalteriyaning boshqa maxsus 
bo‘limlaridagi bog‘liqliklarda oldindan mulohaza qilinganidek tafovutlar aniq 
bo‘ladi. Moliyaviy Buxgalteriya, buxgalteriyaning boshqa bo‘limlaridan eng qadimiy 
va etakchilaridandir. Bu shu bilan birga boshqa bo‘limlar uchun xom – ashyo 
materiallarni ta’minlovchi hamdir.
Narx buxgalteriyasi: Garchi moliyaviy buxgalteriya narx buxgalteriyasining 
etkchisi bo‘lsada, narx buxgalteriyasi va moliyaviy buxgalteriyaning raqobatli
rivojlanishi XX asrning boshida o‘z qadamini qo‘ya boshlagan. Venetsiya 
savdogarlarining XIX asrning oxirgi yarmidan buyon buxgalteriya nazorati vositalari 
sifatida baho buxgalteriyasidan foydalangani haqida dalillar mavjud. Shunday qilib, 
Sanoat inqilobida qaysiki fabrikaviy tizim yaratilganda tizimli baho buxglteriyasi 
Angliyaga etib keldi. Baho buxgalteriyasining asosiy urg‘usi narxni aniqlashtirish, 
baho analizi, baho nazorati va o‘zaro zid holda moliyaviy buxgalteriya va bu samarali 
qarashdir. Baho buxgalteriyasi bir necha turdagi baholash analiz va sintezini 
gavdalantiradi misol uchun: mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarishning umumiy 
bahosini aniqlash. 
Boshqaruv 
buxgalteriyasi. 
Boshqaruv 
buxgalteriyasining 
maxsus 
ixtisoslashtirilgan buxgalteriya bo‘limi sifatida rivojlanishi ancha yangi bosqichga 
ega. Buning muhimi shunday otadiki, ichki boshqarma ya’ni kundalik qarorlarni 
aniqlab beradigan ham sifat ham miqdor ma’lumotlari bilan ta’minlaydi. Bugungi 
murakkab biznes tashkilotlarida boshqaruv buxgalteriyasining muhimliga tayanib 
boshqaruv buxgalteriyasi buxgalteriyaning ko‘zi deya tasvirlanadi. Bunday 
nomlanishiga bo‘lgan asosiy sabab boshqaruv menejmenti korxonaning ichki 
funksiyalarining namoyon bo‘lish yo‘llarini ta’minlab beradi. AQShning NAA 
tashkiloti boshqaruv buxgalteriyasini identifikatsiya jarayoni, o‘lchov, jamg‘arish, 
analiz, tayyorgarlik, izohlash va moliyaviy ma’lumotlar kommunikatsiyasini 
tashkilotda rejalashtirish, baholash va nazorat qilish, resurslar uchun javobgarlik va 
muqobil foydalanishni kafolatlaydigan bo‘lim sifatida ta’riflaydi. Boshqaruv 
buxgalteriyasi yaqinda kelib chiqishiga qaramasdan, ulkan qadamlarni bosib o‘tti. 
Ammo shuni ham alohida ta’kidlab o‘tishimiz joizki moliyaviy buxgalteriyaga 
qiyoslaganda, 
asosiy 
nazariyalar 
va 
umumtasdiqlangan 
printsplarini 
hali 
rivojlanishini davom ettirish kerak.
Sotsial buxgalteriya: Buxgalteriya uzoq vaqt davomida sotsial funktsiya 
sifatida tanishtirilgan. Ammo sotsial buxgalteriya texnikalarining rivojlanishi bu 
21
Accounting theory. M. Com. (Final) Directorate of Distance EducationMaharshi Dayanand University 2004. ROHT 
AK – 124 001 (429-434 betlar) 


151 
hozirgi davrdan 40 yildan ko‘p bo‘lmagan ta’rixiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan eng 
yangi buxgalteriya innovatsiyalaridir. Sotsial buxgalteriya atamasi quyidagicha 
ta’riflanadi: «Buxgalterlar tomonidan arizalar va o‘zgarishlar, malaka, texnika, 
kelishilgan odob ahloq qoidalari analizi va sotsial muammolarni hal qilish 
yechimidir». Bu g‘oyalar ko‘rsatib turibtiki, sotsial buxgalteriya asosan prinsplar, 
amaliyot, kelishilgan qoidalarning samarasini oshirishga qaratiladi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish