Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


Dt Materiallar Kt Dt Asosiy ishlab chiqarish Kt



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

Dt Materiallar Kt Dt Asosiy ishlab chiqarish Kt 
1000 000 600 000 600 000 
540 000 540 000 
Aksincha, yozilishi kerak bo‘lgan summadan kam summa yozilgani aniqlansa, 
«qo‘shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi. 
Masalan, xodimlarga hisoblangan ish haqidan 170 000 so‘m daromad solig‘i 
ushlab qolindi. Xo‘jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida quyidagi buxgalteriya 
provodkasi asosida aks ettiriladi: 
Debet «Xodimlar bilan mehnat haqi « yuzasidan hisob-kitob. 
Kredit «Byudjet bilan hisob-kitob» 
Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan buxgalteriya hisob 
registriga 170 000 soni o‘rniga 120 000 soni yozilgani aniqlandi. 
170 000 – 120 000 = 50 000 
Xato yozuv to‘g‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks ettirilishi kerak. 
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra tegishli 
schyotlarga «qo‘shimcha yozuv» yoki «qizil yozuv» usuli orqali aks ettiriladi. 
 
7.4. Buxgalteriya hisobining shakllari: memorial-order, Bosh jurnal, 
jurnal-order, informatsion texnologiyalarga asoslangan va soddalashtirilgan 
shakl 
Buxgalteriya hisobining shakli deb hisob registrlaridan foydalanishning ketma-
ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum tizimga aytiladi. 
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining o‘zaro 
xronologik va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish texnikasi 
buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir. 
Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob 
shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash 
quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 
-
korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga; 
-
korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo. 
Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston 
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi 
shart. Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi: 

memorial order shakli 

bosh daftar shakli

jurnal order shakli 

elektron-avtomatlashtirilgan shakl 
Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq 
qiladi: 
1. 
Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra. 


108 
2. 
Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra. 
3. 
Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra. 
4. 
Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra. 
5. 
Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra. 
Memorial - order shakl 
Amaliyotda memorial-orderlar bir turdagi bir oylik xo‘jalik muomalalari jami 
bo‘yicha tuziladi. Ushbu muomalalarni rasmiylashtiradigan memorial-orderlarga 
oldindan raqam berilgan bo‘ladi. Masalan, «Kassa» schyotining debeti va u bilan 
korrespondentsiyalanadigan schyotlarning krediti bo‘yicha muomalalarni yozish 
uchun №1 memorial-order, «Kassa» schyotining krediti bo‘yicha esa №2 memorial-
order tuziladi. Bunday tajriba oy davomida analitik schyotlar bo‘yicha ularni oy 
oxirida sintetik schyotga birlashtiruvchi yozuvlar bo‘yicha rasmiylashtiradigan 
memorial-order raqami ko‘rsatilgan holda yozib borish imkonini beradi.
Memorial-orderni tuzish uchun asos bo‘luvchi barcha hujjatlar unga ilova 
qilinib (biriktirilib), ustiga shtamp bosish yo‘li bilan so‘ndiriladi. Ro‘yxatga olish 
daftarining jami oylik summasi sintetik schyotlar bo‘yicha oborot vedomosti 
oborotlarining jami bilan taqqoslash uchun foydalaniladi. Shu bilan sintetik hisob 
tomonidan xo‘jalik muomalalarining to‘liq qamrab olinishini tekshirishga erishiladi. 
Memorial-orderlar tuzilib, ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinganidan so‘ng yozuvlar 
Bosh daftardagi sintetik schyotlarga o‘tkaziladi. Memorial-order shaklining Bosh 
daftari ikki tomonlama yoyiq shaklga ega bo‘lib, har bir sintetik schyot uchun alohida 
yoyiq ikki bet ajratiladi. Ushbu daftarda memorial-orderlarning yozuvlari har bir 
schyot bo‘yicha korrespondentsiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatilgan holda yozilib, u 
yoki bu davr uchun ko‘rsatkichlarni umumlashtirish imkonini beradi.
Bosh daftar bir yilga ochilib, har bir oy uchun bir qator ajratiladi. Bunday 
shakldagi Bosh daftar nazorat-shaxmat vedomosti deb ham ataladi. Bosh daftar 
schyotlarida faqat hisobot davri uchun joriy oborotlar hisobga olinadi.
Bosh daftar schyotlarining shakli har bir korrespondentsiyalanuvchi schyot 
bo‘yicha debet va kreditga bo‘lingan holda tuziladi va quyidagi shaklga ega:

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish