Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash
Guruhlash
Taksirovka
Kontirovka
So‘ndirish


89 
Hujjatlarni so‘ndirish – hujjatlarda ularning ishlatilganligi to‘g‘risida «olindi», 
«to‘landi» yoki «so‘ndirildi» degan shtamplarni bosish yo‘li bilan belgi qo‘yish.
Barcha pul hujjatlari ularni qayta ishlatishning oldini olish maqsadida tezkor 
tarzda so‘ndiriladi. Boshqa barcha hujjatlar ular schyotlarga yozilganidan so‘ng 
adashib qayta yozish yoki qandaydir suiste’mollarning oldini olish uchun joriy 
tartibda so‘ndirilishi lozim.
Agar korxonada hisobning avtomatlashtirilgan shakli qo‘llanilsa, hujjatlarni 
buxgalteriyada ishlash hisob nomenklaturalarini (buxgalteriyada) tegishli xos raqam 
(kod) bilan belgilash va hujjatlarni pachkalarga komplektlashdan iborat bo‘ladi. 
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim. Bu bilan 
hujjatni yana qayta ishlash oldi olinadi. Agar hujjat qo‘lda qayta ishlansa, hisob 
registriga yozilgan muddati, agar qayta ishlash hisoblash qurilmasi orqali amalga 
oshirilsa, ularni qayta ishlashga javobgar nazoratchi shtamp orqali belgi qo‘yadi. 
Kassa jarayonlariga asos bo‘luvchi kassa kirim va chiqim orderlariga, to‘lov 
vedomotslariga jarayon amalga oshirilgan zahoti qo‘lda yoki shtampda “olindi” yoki 
“to‘landi” degan so‘zlar muddatni (kun, oy, yil) ko‘rsatilib aks ettirilish shart. 
Buxgalteriya hisobida hujjatlar xarakati, ya’ni tashkil etish yoki boshqa 
korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan hisobga, qayta ishlashga, arxivga uzatish 
uchun olinishi ro‘yxat bilan tartibga solinadi. 
Hujjat aylanishi ro‘yxatini tuzish ishlarini bosh buxgalter tashkil etadi va hujjat 
aylanishi ro‘yxati korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 
Ro‘yxatni tuzishdan maqsad, hisob ishlarini osonlashtirish, hujjat aylanishini 
oqilona tashkil etishdan iborat. hujjat aylanishi ro‘yxati sxema ko‘rinishida 
rasmiylashtirilishi mumkin. Yoki jadval ko‘rinishida bo‘lib, quyidagi rekvizitlarga 
ega bo‘ladi: hujjat nomi, hujjatni tuzish (nusxa soni, rasmiylashtiruvchi ma’sul, 
bajarilishga ma’sul, bajarilish muddati) hujjatni tekshirish (tekshirishga ma’sul, kim 
keltirishi, keltirish tartibi, keltirish muddati), hujjatni qayta ishlash (kim bajarishi, 
qayta ishlash muddati) arxivga berish (kim beradi, berish muddati), hamda ro‘yxatni 
tasdiqlash buyrig‘i tartib raqami va muddati, korxona muhri, korxona bosh buxgalteri 
va rahbari imzosi . 
Korxona xodimlari hujjat aylanishi ro‘yxatiga asosan, ular faoliyatiga taalluqli 
hujjatlarni tuzadi va takdim etadi. hujjatni o‘z vaqtida to‘g‘ri to‘ldirilishi, 
belgilangan, muddatda takdim etilishi , ulardagi ma’lumotlar ishonchliligiga 
javobgarlik shu hujjatni tuzgan va imzo chekkan shaxsga yuklatiladi. 
Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida 
bajarilishini bosh buxgalter nazorat etib boradi. 
Dastlabki hujjatlar, hisob vedomostlari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari 
arxivga topshirilishi majburiydir. 
Hujjatlar arxivga topshirilgunga kadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki 
korxona rahbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs ma’sulligida bekitiladigan 
shkaflarda saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa , ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda, 
metall shkaflarda, maxsus binolarda saklanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga taalluqli, 
joriy oyda qayta ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib arxivga 
ma’lumotnoma bilan uzatiladi. 


90 
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular ilovalari bilan 
birga xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. Ba’zi bir hujjatlar taxtlanmasligi 
mumkin, ammo ular yo‘qotilishi yoki suyiste’mollikni oldini olish maqsadida tikib 
qo‘yiladi. 
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash 
tartibi O‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saklash 
ko‘rsatmasiga kura, o‘rnatiladi. 
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xoimlariga berilishi 
korxona bosh buxgaletriya ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud 
tashkilotlari tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan xollardagi qarorlariga 
asosan olinishi mumkin. hujjat olinishi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni bir 
nusxasi korxona tegishli ma’sul xodimiga imzo bilan beriladi. hujjat olgan tashkilot 
ruxsati va vakili ishtirokida, tegishli ma’sul xodim olingan hujjatdan nusxa olishi 
mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan muddati ko‘rsatilishi kerak. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish