Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


Hujjatlarni tekshirish turlari



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

Hujjatlarni tekshirish turlari 
Mohiyatiga ko‘ra 
tekshirish 
Shaklan
tekshirish 
Arifmetik
tekshirish 
Qarama-qarshi 
tekshirish


88 
qilingan hujjatlar buxgalteriyada ishlanadi. Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash 
quyidagi bosqichlardan iborat:
 
17-rasm. Hujjatlarni buxgalteriyada ishlash
Hujjatlarni guruhlash - bu ularni mazmuniga ko‘ra bir xil guruhlarga 
to‘plashdir. U bir xil hujjatlar bo‘yicha umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi. Bu 
esa guruhlangan ma’lumotlarni ishlatishni ancha osonlashtiradi. 
Guruhlashning maqsadi har xil mablag‘lar yoki manbalar bo‘yicha ma’lum 
davr uchun yig‘ma (umumlashgan) ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iborat. Shu bilan 
birga dastlabki hisobni yuritish ham soddalashadi. Masalan, materiallar harakatiga 
doir hujjatlar har bir nomenklatura raqamining kirimi va chiqimi bo‘yicha; kassa 
hujjatlari pul mablachlarining maqsadli tushumi va sarflanishi bo‘yicha va h.k. 
guruhlanishi mumkin. Hujjatlarni guruhlash maxsus jamlovchi yoki guruhlovchi 
vedomostlarda amalga oshiriladi.
Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib tushishiga 
qarab to‘ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli ko‘rsatkichlar bo‘yicha jami 
hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotilgan mahsulotlarni xaridorlar bo‘yicha jo‘natish 
jamlama vedomosti. 
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan xo‘jalik 
muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir tizimga keltirish uchun tuziladi. Ular 
ma’lum belgilari bo‘yicha tanlangan hujjatlardan ma’lumotlarni o‘tkazish bilan bir 
vaqtda to‘ldiriladi. Masalan, butun korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va 
ushlanmalar turlari bo‘yicha guruhlash vedomosti.
Hujjatlarni taksirovka qilish ularda ko‘rsatilgan natural va mehnat o‘lchovlarini 
umumlashtiruvchi pul o‘lchoviga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o‘lchovlarda (metr, kg, dona va h.k.) 
ifodalangan bo‘lsa, ularning miqdori bir birligining bahosiga ko‘paytiriladi. Masalan, 
limit-zabor vedomostlarini taksirovka qilish.
Agar hujjatlarda mehnat o‘lovlari (soat, ish kuni) ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda 
vaqt birligining qiymatiga ko‘paytiriladi. Masalan, ish vaqtini hisobga olish 
tabelidagi ishlangan vaqt bo‘yicha ish haqi hisoblash. Hujjatlar taksirovka 
qilingandan so‘ng aloqa qiluvchi schyotlar va xarajat moddalari bo‘yicha kontirovka 
qilinishi kerak. Kontirovka qilish usullari buxgalteriya hisobining korxonada 
qo‘llaniladigan shakliga bog‘liq. 
Kontirovka – bu dastlabki va yig‘ma hujjatlarda xo‘jalik muomalasining 
summasi debeti va krediti bo‘yicha aks ettirilishi lozim bo‘lgan schyotlarning 
ko‘rsatilishi. Ushbu maqsadda ko‘pchilik dastlabki hujjatlarda maxsus joy ajratiladi 
(avans hisobotida, kirim va chiqim kassa orderlarida, kassa daftarida va b.). 
Agar jamla hujjat bo‘lsa, ko‘rsatilgan yozuv uning oxirida keltiriladi.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish