Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


-mavzu. BIZNES JARAYONLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

5-mavzu. BIZNES JARAYONLARI VA ULARNI HISOBGA OLISH 
Reja: 
5.1. Biznes jarayonlarining ahamiyati.
5.2. Qiymat o‘lchovining mohiyati va ahamiyati 
5.3. Ta’minot jarayonining hisobi 
5.4. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi 
5.5. Sotish jarayonining hisobi 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
 baholash, baho, boshlang‘ich (haqiqiy) qiymat, joriy 
qiymat, qoldiq qiymat, kalkulyatsiya, realizatsiya qilish, kalkulyatsiya obyekti, real 
(haqiqiy) qiymat, tiklanish qiymati, tugatish qiymati, ishlab chiqarish, ishlab 
chiqarish vositalari, konsalting, taklif, talab va taklif qonuni, ta’minot haqiqiy 
hajmini aniqlash, haqiqiy tannarxini hisoblash. 
5.1. Biznes jarayonlari ahamiyati 
Turli mulkchilik shakllarida faoliyat yurituvchi korxonalarning vazifasi, o‘z 
faoliyati jarayonida mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Bu vazifani bajarish uchun 
birinchi navbatda ta’minot jarayonini bosib o‘tishi, ishlab chiqarish va undan keyin 
esa uni sotish jarayoniga kelishi kerak. Bu uchta bosqich har doim bir -birlarining 
o‘rnini egallaydi va shu bilan korxonada mablag‘larning uzluksiz aylanishini hosil 
qiladi. 
Biznes korxonalarining shakllari.
16
Biznes tashkilotlarining uchta turi
mavjud. Yakka tadbirkor, hamkor korxona va kompaniya. Korxona xususiy yoki
mas`uliyati cheklangan jamiyat ko‘rinishida bo‘ladi. 
Yakka tadbirkor. Yakka tadbirkor biznesi yagona jismoniy shaxs tomonidan
yuritiladi. Biznesning bu turi oson tugatiladigan, bitta jismoniy shaxs
tomonidan boshqariladiganligi bois va hukumat ko‘p qonun-qoidalari halaqit 
qilmaydi. Kapital kichik miqdorda bo‘lishi kerak va moliyaviy manbalar
cheklangan. Biznes foyda keltira boshlaganda, boshliq foydani boshqalar bilan
bo‘lishmaydi. Solig‘i maqsadlarida, faqat qat’iy belgilangan soliq to‘laydi va firma 
foyda solig‘i to‘lamaydi.
Boshliq barcha amalga oshiriladian faoliyatdan xabardor bo‘ladi va
buxgalteriya maqsadlarida ko‘p ma`lumotlar talab qilinmaydi. Buxgalteriya
ma’lumotlarini Inland Daromad boshqarmasi tomonidan soliq solish talablari 
amalga oshirilishini buxgalter tayyorlaydi. Boshliq bankdan kredit olmoqchi
bo‘lsa, korxona moliyaviy hisoboti taqdim etiladi. Boshqa daromadni 
ko‘paytirishga qiziqadigan tashlikotlar moliyaviy hisobotlarni moliyaviy ahvolni 
yaxshilash va biznesni amalga oshirishni yaxshilaydi. 
Mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich moddiy boyliklarni yaratish jarayoni 
sodir bo‘ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu yerda ishlab chiqarilgan buyumlar 
nafaqat tashqi ko‘rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining hajmi bilan farq 
qiladigan yangi mahsulot tayyorlanadi. Yangidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan 
16
Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil. Fundamentals of business accounting. Oxford university Press, 
2014. 8 b. 


68 
ishlab chiqarish vositalarining xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va 
qo‘shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi qiymatlardan iborat bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga 
qilingan xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari 
pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o‘lchov 
birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig‘ma 
ko‘rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari 
buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o‘lchovlarda ham 
ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar 
hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va 
ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini 
anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi. 
Ta’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o‘ziga zarur bo‘lgan 
moddiy boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida 
yaratilgan mahsulotning iste’molchilarga sotish sodir bo‘ladi. Bu bosqichning 
yakunida korxona zaxiralari yana pul shakliga kiradi. 
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi 
quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni 
ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan xarajatlar; 
ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo‘ljallangan va sotish 
jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun 
korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar 
summasidan korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko‘p bo‘ladi. 
Shunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish 
sohasida yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu yerda buxgalteriya 
hisobi davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, korxona tomonidan olingan 
summasi, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i aniqlanadi va qayd 
qilinadi. 
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak 
bo‘lgan summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish