Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

pul

narx

tannarx

foyda

savdo

kredit

moliyalarni qo‘llash
katta ahamiyatga egadir.
Buxgalteriya hisobining obyektlarini pulda o‘lchash ishlab chiqarishning 
rivojlanishi haqida umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni olish, korxonalarning mahsulot 
ishlab chiqarish harajatlarini uni sotishdan olingan tushum bilan solishtirish, tijorat 
hisob - kitobi printsplariga rioya qilishi ustidan nazorat etish imkonini beradi. Faqat 
qiymat o‘lchovdan foydalangan holdagina ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi 
– muayyan korxonada yangitdan yaratilgan qiymat miqdori haqida umumiy ma’lumot 
olish mumkin. 
Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida kechadigan 
bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va birligining 
asosiy tamoyillari ularni baholashning to‘g‘riligini belgilaydi.
Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash mamlakat 
hududida amal qilayotgan milliy valyuta, ya’ni so‘mda amalga oshiriladi. Agar ular 
xorijiy valyutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni xo‘jalik muomalasi sodir bo‘lgan 
sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘rnatgan rasmiy kurs bo‘yicha 


70 
so‘mga aylantiriladi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob-kitob va to‘lov 
hujjatlarida xorijiy va milliy valyutada aks ettiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktiv va majburiyatlarini baholash tartibi, 
usullari tegishli buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BHMS) bilan belgilanadi. 
Aktivlar va majburiyatlarni baholashda ularni sotib olingan narxi yoki ishlab 
chiqarish xarajatlarini baholash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
4-son BHMSga asosan tovar - moddiy qiymatliklar tannarx bahosida yoki 
sof sotish bahosida, shu baholarning qaysi biri kam bo‘lsa, shu qiymatda baholanadi. 
Sotib olingan tovar – moddiy qiymatliklarning tannarxi sotib olish xarajatlarini, 
transport – tayyorlov xarajatlarini va saqlash joylariga olib kelish xarajatlarini o‘z 
ichiga oladi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar tannarxi, to‘g‘ri ishlab 
chiqarish xarajatlari (material, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratma) va 
egri ishlab chiqarish sarflaridan tashkil topadi. 
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarning bajargan ish va xizmatlarini 
tannarxi xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun bevosita sarflanadigan 
xodimlarning ish haqlari, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ustama 
xarajatlardan, shuningdek bevosita xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadigan material 
xarajatlardan tashkil topadi. 
Basharti, tovar - moddiy qiymatliklar shikastlangan yoki narxi pastga tushgan 
bo‘lsa, ularni qiymatini tiklab bo‘lmaydi. Bunday hollarda tovar - moddiy 
qiymatliklar sotish bahosida baholanadi. 
Amalda, bunday tovar - moddiy qiymatliklar xo‘jalikda ko‘proq yig‘ilib qolgan 
va aylanishi sekinlashgan hollardagina moliyaviy hisobotda aktivlar sotilishidan 
kutilayotgan summani ko‘p ko‘rsatmaslik uchun ularning qiymati pasaytiriladi. 
To‘liq yoki qisman eskirgan, narxi pastga tushgan material, xom- ashyolardan 
tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar bozor (joriy) baholarda 
sotiladigan bo‘lsa, bunday tovar - moddiy qiymatliklarning qiymati sof bozor 
bahosigacha pasaytirilmaydi. Shu bilan buxgalteriya hisobini yuritishda muhimlilik 
tomoyillari ta’minlanadi. 
Asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarishda 
dastlabki qiymati

(Boshlang‘ich qiymat) bilan birga 


qoldiq
va 
tiklash qiymati
bo‘yicha hisobga olinadi. 
Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni dastlabki qiymatidan 
eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun qo‘llaniladi. Tiklash 
qiymati hozirgi haqiqiy xarajatlarni, ularning haqiqiy tannarxini tavsiflaydi. Asosiy 
vositalarning dastlabki qiymatini tiklash qiymatiga o‘tkazish qayta baholash orqali 
amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini baholash usullari 5-son“Asosiy vositalar” nomli 
BHMSda belgilangan (O‘zR MVning 114-sonli buyrug‘i 9.10.2003 y., O‘zR AVda 
20.01.2004 y. 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan).
 
Boshlang‘ich qiymat - to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), 
shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga 
keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, 
ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni 
tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan 


71 
xarajatlarning qiymati. 
Asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga dastlabki qiymati bo‘yicha, ya’ni ularni 
sotib olish, qurish va tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha qabul 
qilinadi:
a) korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan qo‘shilgan ulushlar – 
tomonlarning kelishuvi bo‘yicha; 
b) korxonaning o‘zida tayyorlangan hamda boshqa korxonalar va shaxslardan 
sotib olinganda – barpo etish (qurish, qo‘shimcha qurish va h.k.) yoki ushbu 
obyektlarni sotib olish bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda, 
to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hamda tashib 
keltirish, montajlash, o‘rnatish, ishga tushirish va aktivni ishchi holatiga keltirish 
bilan bog‘liq istalgan boshqa xarajatlarni ham qo‘shgan holda; 
c) boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga hamda davlat organlarining 
subsidiyasi sifatida olinganda – kirim qilish sanasidagi bozor bahosi yoki qabul qilish 
– topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha baholanadi. 
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha 
aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, 
mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki 
majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa. 
Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda 
asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati. 
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan 
xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy 
vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. 
Tiklash qiymati – bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni (hozirgi baholarda, 
zamonaviy texnikalar va h.k.) qayta barpo etish qiymati. Bu qiymati asosiy 
vositalarning qayta baholash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o‘zgartirish qo‘shimcha qurish, 
qo‘shimcha jihozlash, rekonstruktsiyalash va qisman tugatish hamda qayta baholash 
hollarida ruxsat etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
31.12.2001 y. 490-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil uchun asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Qaroriga 
muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar har yili 1 
yanvar 
holatiga 
asosiy 
vositalarni 
ularning 
qiymatini 
joriy 
baholarga 
muvofiqlashtirish uchun qayta baholaydilar. Qayta baholash natijasida asosiy 
vositalarning oshgan (pasaygan) summasi 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi 
schyotlar” (0110-0190) debeti(krediti) bo‘yicha 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni 
qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bilan korrespondentsiyalanadi. 
Xarid qilish chog‘ida qiymati chet el valyutasida aniqlangan asosiy vositalarni 
baholash chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining, korxona 
tomonidan asosiy vosita obyektini sotib olish paytida amalda bo‘lgan kursi bo‘yicha 
qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan 
(baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning boshlang‘ich 
(tiklash) qiymati summasi. 


72 
Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) shikastlanganda, qisman yoki butunlay 
eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv 
narxi pasaygan xolatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o‘z tannarxidan past bahoda 
realizatsiya qiymatida baholanishi mumkin. 
Sof realizatsiya qiymati
 

tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni 
sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir. 
Tovar-moddiy zaxiralar (xom ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor 
mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob baholari bo‘yicha: normativ yoki 
reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash 
sharti bilan hisobga olinadi.
4-son “Tovar-moddiy zaxiralar” BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar 
hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha baholanadi (yangi 
tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006 y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 
raqam bilan 17.07.2006 y. ro‘yxatga olingan): 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish