Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


Oddiy vaqtbay usuli  ishchining bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq. 34 Soatbay



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs


Oddiy vaqtbay usuli 
ishchining bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog‘liq.
34
Soatbay
 
va
 
kunbay
 
mehnat 
haqi shakillarini vaqtbay tizimning turli hil ko‘rinishi sifatida farqlashadi. Ish haqi 
miqdori 
soatbay(kunbay) 
mehnat 
haqi 
stavkasini 
haqiqatda 
ishlagan 
soatlarga(kunlarga) ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Mehnatga haq to‘lashning 
vaqtbay –mukofot
shaklida tarif stavkaga asosan 
beriladigan ish haqidan tashqari, korxona ishlab chiqilgan mukofotlash to‘g‘risidagi 
nizomga, jamoat shartnomasiga yoki korxona rahbari buyruqiga asosan miqdor va 
sifat ko‘rsatkichlarini bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot berish ko‘zda 
tutiladi. 
Asosiy ish haqi
, bu ishchining ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va 
sifatiga asosan hisoblangan ish haqidir: ishbay ishlagani uchun hisoblagan ish haqi, 
tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga 
hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan xolda turib 
qolishlarga hisoblangan ish haqi.
 
Qo‘shimcha ish haqi
, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining 
ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir. 
Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, yosh bolali 
onalarni bolalarini boqish uchun berilgan vaqt uchun hisoblangan ish haqi, voyaga 
etmaganlar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi 
munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar.
 
12.4. Mehnat haqi hisoblashni hujjatlashtirish 
Ishchilarni ishga qabul qilish mehnat shartnomasi (yoki kontrakti) va u 
imzolanganidan keyin korxona rahbarining ishchini ishga qabul qilish to‘g‘risida 
imzolagan buyrug‘i chiqarilishi bilan rasmiylashtiriladi. 
Korxona bo‘yicha xodimlar jadvali ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, u barcha 
xodimlarning ro‘yxati bo‘lib, ular maoshining miqdori ko‘rsatiladi. 
Xodimlar bo‘limida har bir xodimga shaxsiy varaqa (kartochka) to‘ldiriladi, 
rahbar xodimlar va mutaxassislarga, bundan tashqari, shaxsiy varaqa yuritiladi. Har 
bir xodimga ishga qabul qilish paytida tabel raqami beriladi, keyinchalik ish hajmi va 
ish haqini hisobga olishga doir barcha hujjatlarga ushbu raqam qo‘yiladi. 
Korxonaning buxgalteriya xizmati tomonidan har bir xodimga shaxsiy schyota
 
ochiladi, unda xodimning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar oyma-oy jamlanib 
boriladi. 
Korxona va tashkilotlarda mehnat haqi hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun, 
eng avvalo, shaxsiy tarkib hisobini to‘g‘ri yuritish lozim. 
Xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, boshqa ishga o‘tkazish, 
ularga ta’til berilgani, tunda, ish vaqtidan tashqari vaqtda, bayram kunlarida 
34
Financial and managerial accounting, 12e, Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac, 89 page, 2014 


200 
ishlaganligi haqida ishonchli ma’lumot bo‘lgandagina korxona xodimlari bilan o‘z 
vaqtida hisob-kitob qilishi mumkin. Ana shu maqsadda korxona kadrlar bo‘limi 
shaxsiy tarkib hisobini xamda boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish vaqtidan 
foydalanish hisobini olib boradi. 
Shaxsiy tarkibni hisobga olish uchun quyidagi xujjatlardan foydalaniladi: 
T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq 
T-2 shakli. Shaxsiy varaqa. 
T-3 shakli. Shtat jadvali. 
T-5 shakli. Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq. 
T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd. 
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq. 
T-13 shakli. Tabel. 
T-49 shakli. Hisob-kitob to‘lov vedomosti. 
T-51 shakli. Hisob-kitob vedomosti. 
T-53 shakli. To‘lov vedomosti. 
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi. 
Tabel - bo‘lim, brigada, tsex xodimlarining noma-nom ro‘yxati bo‘lib, undan ish 
vaqtini hisobga olish uchun foydalaniladi. 
Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat, ish haqi bo‘yicha 
ramiylashtiriladigan barcha xujjatlarda ko‘rsatilib boradi. 
Hisobot davri boshlanishidan avval o‘tgan oydagi tabeldan xodimning ism-
sharifi ko‘chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtini sarflashi shartli belgilar 
yordamida hisobga olib boriladi. Masalan, mehnat ta’tilidagilar "T", kasallik varaqasi 
bo‘yicha ishga chiqmayotganlar "K" xarfi va xokazolar bilan belgilanadi. 
Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki xil usulda amalga 
oshiriladi. Birinchi usulda barcha ishga chiqqan, kechikkan va ishga chiqmagan 
xodimlar to‘liq ruyxat qilib boriladi. Ikkinchi usulda esa tabelda faqat kechikkanlar, 
ishga chikmaganlar, ya’ni ma’lum me’yordan chetga chiqqan xodimlar ro‘yxat qilib 
boriladi. 
Har bir xodimning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va 
oy oxiriga, ya’ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel tsex boshlig‘i tomonidan 
imzolanadi va buxgalteriyaga ish xaqi hisoblash uchun topshiriladi. 
Mehnatga haq to‘lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel 
ma’lumotlari etarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi xujjatlardan foydala-
niladi: 
-
ishbay ishlash uchun naryadlar; 
-
raportlar; 
-
marshrut varaqalari; 
-
qaydnomalar; 
-
bichish kartalari va hokazo. 
Mahsulotni hisobga olish bo‘yicha birlamchi xujjatning eng keng tarkalgan turi 
naryaddir. Ko‘pchilik korxonalarda naryad ayrim ishchi yoki brigada tomonidan 
bajariladigan xar bir ishlab chiqarish topshirig‘iga aloxida yoziladi. Topshiriqlar 
tsexning reja-dispetcher byurosi tomonidan tsexning ishlab chiqarish rejasiga 
muvofiq texnologik karta asosida to‘ldiriladi. Ishchi tomonidan topshiriq 


201 
bajarilgandan keyin ishlab chiqarilgan mahsulot soni yoki bajarilgan ish xajmi 
bajarish uchun sarflanishi lozim bo‘lgan material me’yori va xaqiqatda berilgan 
materialning soni topshiriqda ko‘rsatiladi. Bu, o‘z navbatida, ish haqini topshiriq 
asosida hisoblashdagina emas, balki materiallar sarfining belgilangan me’yoriga rioya 
qilinishi ustidan nazorat olib borish imkonini ham beradi. 
Ba’zi korxonalarda ishlab chiqarish hisobi marshrut varaqalari tizimida 
yuritiladi. Odatda, marshrut varaqalari tsexning reja-dispetcher xodimlari tomonidan 
yozilib, unda qayta ishlanishi lozim bo‘lgan ayrim detallar partiyasi ishlab chiqarish 
topshirish sifatida qayd qilinadi, bajarilgan ish natijalari qayta ishlash jarayonlarining 
birinchi operatsiyasidan to oxirgi operatsiyasigacha nazorat qilinadi. Shu bilan 
birgalikda marshrut varaqalari yordamida texnologik jarayonning borishi nazorat 
qilinadi. 
Ishchilarga ish haqi hisoblashda yo‘nalish varaqasi faqat bir smenada ishlab 
tamomlangan detallar bo‘yichagina asos bo‘la oladi. Agar shu smenada ayrim 
detallarning ishlovi tugallanmasa, unda ishchilarga ish haqi hisoblash uchun raport 
ochiladi. Raport ish smena boshlanmasdan oldin yoziladi va zarur detallarni tsexga 
jo‘natish uchun ombor xodimiga topshiriladi. Ombor xodimi detallarni jo‘natib, bu 
xaqda raportga tegishli belgi qo‘yganidan keyin u texnika nazorati bo‘limiga beriladi. 
Smena oxirida kayta ishlangan detallar soni raportda qayd qilinadi. 
Mehnat va ish haqini hisoblash bo‘yicha rasmiylashtiriladigan boshlang‘ich 
xujjatlar belgilangan muddatda buxgalteriyaning ish xaqini hisoblash bo‘limiga 
topshiriladi. Buxgalteriyada boshlangich xujjatlar tekshiriladi va qayta ishlash uchun 
hisoblash markaziga beriladi. Kayta ishlangan xujjatlar, ishchilarning tabel rakamlari 
buxgalteriyada tsexlar bo‘yicha guruxlanadi va ishchilarning ish haqi shaxsiy 
varaqalariga yozib boriladi. Ushbu boshlang‘ich xujjatlar asosida hisoblash 
vedomosti, ish haqi bo‘yicha me’yordan chetga chiqish vedomosti va boshqa xujjatlar 
tuziladi. 
Korxona va tashkilotlarda tuzilgan ish haqini hisoblash qaydnomasida ishchi 
va xizmatchilarga ish xaqi xamda undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. 
Ish haqini hisoblash vedomosti xar bir tsex xodimlarining toifalari bo‘yicha alohida 
tuziladi. 
Ish haqini hisoblash kaydnomasi ish haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-
kitobni rasmiylashtirish uchun asosiy xujjatdir. Bu xujjatda har bir tabel raqami, 
xodimlarning toifasi hamda to‘lov va ushlab qolish turlari bo‘yicha tuziladi.
Ish haqini hisoblash vedomostining oxirgi ko‘rsatkichi to‘lov vedomostini 
to‘ldirish uchun xamda xodimga ish haqi berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish