Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
Buxgalteriya hisoboti 
hisobot davri uchun korxona faoliyatining 
natijalari, tegishli tarzda tasdiqlangan 
shakllarda taqdim etiladigan, o‘zaro bog‘liq 
ko‘rsatkichlar to‘plami 


121 
ichiga oladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar 
va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) 
davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar etarli emas. 
Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yo‘li bilan 
erishiladi. 
Moliyaviy hisobotga qo‘yiladigan talablardan biri – uni rasmiylashtirish 
hisoblanadi. Bu moliyaviy hisobotni tuzish ham mulklar, majburiyatlar va xo‘jalik 
muomalalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish kabi, o‘zbek tilida va milliy valyuta 
– so‘mda amalga oshirilishini bildiradi. Moliyaviy hisobot korxonaning rahbari va 
bosh buxgalteri tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlanadi.
Birinchi navbatda, shuni aytish joizki, korxonalar (xorijiy investitsiyali 
korxonalardan tashqari) majburiy tartibda quyidagi foydalanuvchilarga chorak va 
yillik hisobotini topshiradi: 

ta’sis hujjatlariga binoan mulkdorlar (mulkni boshqarish bo‘yicha vakolatli 
organlar, ta’sischilar); 

davlat soliq inspektsiyasiga (bir nusxa); 

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan korxona faoliyatini ayrim 
tomonlarini tekshirish va tegishli hisobotni olish vazifalari yuksaltirilgan boshqa 
davlat organlariga. 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 
binoan: - barcha korxona va muassasalar uchun hisobot yili 1 yanvardan 31-
dekabrgacha bo‘lgan davr hisoblanadi. 
- yangi tashkil etigan korxona va muassasalar uchun birinchi hisobot yili 
bo‘lib, ular yuridik huquqqa ega bo‘lgan sanadan shu yilning 31 dekabrigacha 
bo‘lgan davr hisoblanadi. 1-oktyabrdan keyin tashkil etilgan (tugatilgan, qaytadan 
tashkil etilgan) korxonalar va ularning strukturaviy bo‘linmalari asosida tashkil 
etilganlardan tashqari korxonlara uchun ularning yuridik huquqqa ega bo‘lgan 
sanadan keyin yilning 31-dekabrigacha bo‘lgan davrni birinchi hisobot yili davri 
hisoblashga ruxsat beriladi. 
- korxonalar choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini O‘zbekiston 
Respubilkasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan muddatlarda topshiradilar. 
Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, korxonaning xo‘jalik faoliyati natijalari, 
mulkiy va moliyaviy holati to‘g‘risidagi yillik buxgalteriya hisoboti foydalanuvchilar 
(birja, xaridor, mol yurituvchi va boshqalar) uchun ochiq bo‘lib nashr etilishi 
mumkin. Nashr etilgan hisobotning to‘g‘riligi mustaqil auditorlik tashkiloti 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi tizimining yakuniy natijasi sifatida 
moliyaviy hisobot subyektining moliyaviy holatini va uning moliyaviy ahvolidagi 
o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Bunday axborotlardan ko‘plab iste’molchilar quyidagi 
maqsadlardla foydalanadi: 
a) kreditlar berish bo‘yicha qarorlar qabul qilish va investitsion qarorlar qabul 
qilish uchun; 
b) subyektning kelgusidagi pul oqimlarini baholash; 
c) subyektning resurslari, majburiyatlari va ulardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida 


122 
tasavvurga ega bo‘lish. 
Buxgalteriya hisobotlarining tarkibi va shakllari hamda ularni to‘lg‘azish 
tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 
tomonidan belgilanadi. 
Yillik moliyaviy hisobot shakllarini tuzishdan oldin katta tayyorgarlik ishlari 
amalga oshiriladi. Uning mazmuni hisob ma’lumotlarining mulklar va ular 
manbalarining haqiqiy mavjud qoldiqlariga mosligini tasdiqlash bilan belgilanadi.
Shuning uchun yillik balansni tuzishga yil davomida tuziladigan balanslarga 
qaraganda juda yuqori ishonchlilikni ta’minlash talabi qo‘yiladi.
Bunda tayyorgarlik ishlarining negizi barcha turdagi xo‘jalik mablag‘lari va 
mablag‘lar manbalarini to‘liq inventarizatsiya qilishdan iborat.
Buxgalteriya balansini tuzish texnikasi uning isbotlovchi hujjatlar bilan 
tasdiqlangan hisob yozuvlari asosida to‘ldirilishini nazarda tutadi. Balansni tuzishdan 
oldin analitik hisob schyotlari bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bosh daftardagi 
schyotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlar bilan solishtirilib, tekshirilishi lozim. Bunda 
ularning tengligiga ishonch hosil qilish zarur.
Hisobotning ayrim shakllarini tuzish jarayonida ularga ma’lum talablar 
qo‘yiladi. Masalan, balansni tuzishda uning ayrim moddalarini baholash qoidalariga 
rioya qilish kerak.
Yillik buxgalteriya (moliyaviy) hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 1 
mayidan kechikmasdan e’lon qilinishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot e’lon 
qilinishidan oldin auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilib, ijobiy auditorlik xulosasi 
olingan va xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqaruv organi (aktsiyadorlarning 
umumiy majlisi, ta’sischilar majlisi va h.k.) tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. 
Yillik moliyaviy hisobot shakllaridan buxgalteriya balansi (1-shakl) va moliyaviy 
natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl) e’lon qilinishi lozim. Bunday tajriba xalqaro 
amaliyotdan kelib chiqqan bo‘lib, tashqi axborotdan foydalanuvchilarga mazkur 
korxonaga kapital qo‘yish va boshqa masalalar bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilishga 
imkon beradi. Buxgalteriya balansi qisqartirilgan shaklda e’lon qilinishi mumkin va 
uning mazmuni korxona tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 
qoidalarida ko‘zda tutilgan talablar doirasida bo‘lishi lozim. Yillik moliyaviy hisobot 
bilan birga auditorlik xulosasi ham e’lon qilinishi mumkin. Uning mazmuni mustaqil 
auditorlik tashkiloti tomonidan moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risidagi fikr 
(baho) dan iborat.
Ichki buxgalteriya hisobotlari korxonaning tijorat sirlari oshkor qilinmasligi 
uchun e’lon qilinmaydi. Tijorat siri hisoblangan ma’lumotlarni noqonuniy olish va 
oshkor etish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish