Toshkent moliya instituti "buxgalteriya hisobi" kafedrasi


№____ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida)



Download 4,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/309
Sana26.02.2022
Hajmi4,86 Mb.
#469960
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   309
Bog'liq
1. BH UMK 2021 2-kurs

 
№____ schyot bo‘yicha Bosh kitob (buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklida) 
«Bosh kitob» Jurnali _________oy 20___ yil 
M/O bo‘yicha summa 
№ 
schyot № schyot № schyot № schyot № Oborot jami 
Dt 
Kt 
Dt 
Kt 
Dt 
Kt 
Dt 
Kt 
Dt 
Kt 
__kun __oy 20_ y 
boshiga qoldiq 


115 


Oborot Jami 
__kun __oy 20_y 
ga qoldiq 
Buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan shakli 
Buxgalteriya hisobining ushbu shakli elektron hisoblash mashinalarini 
qo‘llashga asoslangan. 
Hisoblash texnikalarining rivojlanishi, ularni iqtisodiyotning hamma sohalarda 
keng qo‘llanilishi iqtisodiy samaradorlikga erishishning asosiy omillaridan biridir. 
Buxgalteriya hisob ishlarini takomillashuviga erishish, ular samaradorligini 
oshirish maqsadida ishlarini mexanizatsiyalashtirish natijasida Buxgalteriya 
hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli vujudga keldi. 
Hisob ishlarida EHM laridan foydalanish yordamchi quyidagi imkoniyatlarni 
yaratiladi: 
1.
Hisob ishlari bilan band bo‘lgan xodimlar soni qisqaradi. 
2.
Hisob xodimlari mehnat unumdorligi oshishiga erishiladi. 
3.
Hisob ma’lumotlari qayta ishlanishi tezlashadi. 
4.
Hisob ma’lumotlaridan foydalanishni operativligini ta’minlanadi. 
5.
Moddiy javobgarlik ustidan nazoratni kuchaytirilishiga erishiladi. 
6.
Korxonalar mulkchilik saqlanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi. 
7.
Hisob ishlari bilan bog‘liq xarajatlar kamayishiga erishiladi. 
Buxgalteriya hisobining jadval-avtomatlashtirilgan shakli asosida buxgalteriya 
hisobi usuli asosiy elementidan hujjatlashtirish yotadi. Ammo, shunga ahamiyat 
berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish hisoblash 
mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. 
Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob 
ma’lumotlari 
hisob 
registrlarida 
yoki 
hisoblash 
mashinalarini 
ma’lumot 
tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni masalan, disketlarda. 
Buxgalter ish joylarini kompyuter bilan ta’minlanishi avtomatlashtirilgan ish 
joylarini yaratilishiga asos bo‘ladi. 
EHMlardan hisob ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga 
korxonalarda boshqarishning avtomatik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi. 
Boshqarishning avtomatik tizimi korxonalar xo‘jalik faoliyatini boshqarishdagi 
vazifalar kompyuterlarni qo‘llash yordamida bajariladi. 
Boshqarishning avtomatik tizimi (BAT) korxona xo‘jalik faoliyati davomida 
yuzaga keladigan muammolar, vazifalarni operativ ham etishni tegishli chora-
tadbirlar belgilanishini, qarorlar qabul qilinishini ta’minlaydi. Shuningdek, chora-
tadbirlarni amalga oshirilishi, qarorlar bajarilishi ustidan nazoratni operativligi ham 
BAT tizimi yordamida ta’minlanadi. 
Buxgalteriya hisobida hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish, natijasida 
vujudga kelgan, buxgalteriya hisobining jadval – avtomatlashtirilgan shakli 
kompyuter dasturlari dan foydalanishga asoslangan. 
Kompyuterlarni hisob ishlariga mo‘ljallangan dasturlari hisob registrlarini 
avtomatlashtirilgan tarzda tuzishga imkoniyat yaratadi. 


116 
Buxgalteriya hisobining takomillashgan avtomatlashtirilgan shaklida asosiy 
boskich buxgalteriya ma’lumotlarini qayta ishlashdir. 
Ma’lumotlar qayta ishlash uchun kompyuterga kiritilishidan oldin, ma’lumotlar 
qayta ishlashga moslashtirilishi lozim. 
Avtomatlashtirilgan hisob shaklida xujjatlar aylanishi ham shu shaklga 
moslashgan holda tuzilishi lozim. Ma’lumotlarni qayta ishlashag mo‘ljallangan 
dasturlarni tayyorlash, ularni qo‘llashga doir texnologik va qo‘llash ko‘rsatmalari 
ham ushbu shakldagi boskichlardan hisoblanadi. 
Ishlab chiqilgan dasturga ko‘ra, ma’lumotlar hisoblash markazi (HM) yoki 
avtomatlashtirilgan ish joyida buxgalteriya xodimi turli mazmundagi hisob 
registrlarini oladi. Dasturda ishlab chiqilganiga ko‘ra, bu hisob registrlari jurnal-
orderlar, vedomostlar, kitoblar, kartochkalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobi qaysi shaklidan 
foydalanishni mustaqil ravishda belgilaydilar va bunda ular hisob-kitob ishlarini 
hajmi, hisob xodimlarini soni, malakasi va boshqa omillarni e’tiborga oladilar. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar xo‘jalik faoliyatlari hisobini yuritishda 
buxgalteriya hisobining qaysi shakllaridan foydalanishlaridan qat’iy nazar, 
O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga va 
boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga va ko‘rsatmalariga rioya etishlari shart. 
Soddalashtirilgan shakl 
Qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlik 
subyektlari quyidagi mezonlar bo‘yicha ajratiladi: 
Ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 
20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador 
bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish 
sohasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalar. 
Quyidagi tarmoqlarda band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni: 
a) engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, 
yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoatida - 100 
kishidan; 
b) mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-
ishlab chiqarish sohalarida - 50 kishidan; 
c) fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi 
(sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa, 
ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan sohalarda - 25 kishidan oshmagan kichik 
korxonalar.
Kichik korxonalar va mikrofirmalar korxonaning hisob siyosatini o‘zlarining 
xo‘jalik faoliyatlari talablaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda tanlaydilar. 
Buxgalteriya hisobi va hisobotlar kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 
qonunchilik asosida belgilangan yagona uslubiyat asoslariga muvofiq yuritiladi. 
Hisobning soddalashtirilgan shaklda tashkil qilinishi uchun kichik korxonalar 
va mikrofirmalar korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobining 
namunaviy chetlar rejasi asosida mablag‘lar va ularning manbalari hisobini asosiy 
chetlarda yuritish imkonini beruvchi va bu orqali umuman buxgalteriya hisobi 


117 
ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta’minlash imkonini beruvchi 
xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi chetlarining qisqartirilgan ishchi 
Rejasini tuzish huquqiga egadirlar. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi 
registrlarini quyidagi talablarga rioya qilgan holda o‘z ishlari mohiyatiga mustaqil 
ravishda moslashtirib olishlari mumkin: 
- yagona uslubiyat asosi (ikkiyoqlama yozuv tamoyili)ga; 
- tahliliy va jamlama hisob ma’lumotlarining o‘zaro bog‘liqligiga; 
- barcha xo‘jalik operatsiyalarining registrlarda yalpi aks ettirilishiga; 
- hisobga olishning boshlang‘ich hujjatlari asosida hisobga olishga; xo‘jalik 
faoliyatini boshqarish va nazorat qilish uchun, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni 
tuzish uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha boshlang‘ich hujjatlar 
ma’lumotlarini to‘plash va tizimlashtirishga. 
Buxgalteriya hisobining boshlang‘ich bosqichi bo‘lib barcha xo‘jalik 
operatsiyalarini boshlang‘ich hisob axboroti ma’lum bir moddiy tashuvchilarining 
to‘liq hujjatlashtirilishi hisoblanadi. 
Hisobga olishning kelgusi bosqichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
- buxgalteriya hisobi registrlarida qo‘llaniladigan boshlang‘ich hisob 
hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarini qayd etish; 
- moliyaviy hisobotlarni tuzish; 
- buxgalteriya registrlari ma’lumotlaridan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyekt 
uchun zarur bo‘lgan axborotni olish uchun foydalanish. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladigan 
boshlang‘ich hujjatlar shakllari mazkur subyekt mohiyatini aks ettiruvchi timsollar 
qo‘shilgan holdagi tegishli namunaviy shakllarida ko‘zda tutilgan majburiy 
rekvizitlarni o‘z ichiga olishi kerak. 
Shu tariqa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli chog‘ida 
registrlarning ikkita turidan foydalanilishi mumkin: 
- xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari; 
- Tegishli hisobga olish obyektlarining hisobga olish qaydnomalari (C-1-dan 
C-11-songacha ilovalarga binoan). 
Subyektlar o‘z faoliyati mohiyatining talablarini hisobga olgan holda 
boshlang‘ich hujjatlarning taklif etilayotgan shakllariga qo‘shimcha ustunlar va 
satrlarni kiritish huquqiga egadirlar. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari mablag‘larning mavjudligi va 
ularning ma’lum bir sanaga bo‘lgan manbalari va moliyaviy hisobot tuzishni aniqlash 
mumkin bo‘lgan tahliliy va jamlama hisob registri bo‘lib hisoblanadi. 


118 
 
Qaydnomalar tahliliy hisob registrlari bo‘lib hisoblanadi. Bundan shuni xulosa 
qilish mumkinki, Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini yo boshlang‘ich 
hujjatlar ma’lumotlari asosida, yoki bo‘lmasa qaydnomalarning yakuniy ma’lumotlari 
asosida to‘ldirish mumkin. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftarini qaydnomalar ko‘rinishida, uni 
operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladigan oyga yoki daftar 
shaklida ochilgan holda, yuritish mumkin. Bunda Daftar birma-bir tiqilishi va 
raqamlangan bo‘lishi kerak. Uning so‘nggi varag‘ida, rahbar va bosh 
buxgalterlarning imzolari bilan, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning muhr izi 
bilan tasdiqlanuvchi, keltirilgan varaqlar soni yozib qo‘yiladi. 
Xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish daftari har bir mablag‘lar va ular 
mavjud bo‘lgan manbalar turi bo‘yicha hisobot davri boshiga bo‘lgan qoldiqlar 
summalari yozuvlari bilan ochiladi. Undan so‘ng «Operatsiyalar mazmuni» ustunida 
har bir boshlang‘ich hujjat asosida ushbu oyning barcha xo‘jalik operatsiyalari 
xronologik ketma-ketlilik asosida pozitsion usulda yozib boriladi. Bunda, Daftarda 
«Nazorat summasi» ustunida qayd etilgan har bir operatsiyaga oid summalar 
ikkiyoqlama yozuv usulida mablag‘lar va ularning manbalari muvofiq turlarini 
hisobga olish chetlarining «Debet» va «Kredit» ustunlari bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 
aks ettiriladi. 
Barcha chetlar debitorlik oborotlarining umumiy yakuni kredit oborotlari 
umumiy yakuni va «Nazorat summasi» yakuniga teng bo‘lishi kerak. 
Xo‘jalik operatsiyalari daftarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun barcha 
zarur chetlar keltirilishi mumkin. 
Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat Buxgalteriya balansi 1-son shakl, 
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot 2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy 
hisobotni taqdim etadilar.

Download 4,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish