Asosiy investitsion agentlar ikki guruhga bo‘linadi: 1. Xususiy investitsion fondlar
2. Biznes farishtalari
Xususiy investitsiya fondlari o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda daromad keltiradigan istiqbolli loyihalarga depozitlardan jalb qilingan aktivlarni investitsiyalashga ixtisoslashgan tashkilotlardir. Venchur fondlar rivojlanuvchi innovatsion startaplarni qo‘llab-quvvvatlashga qaratilgan.
Biznes farishtalari xususiy investorlar sanaladi. Ular uchun startaplarni moliyalashtirish – investitsiya fondlari bilan bir xil – kelgusida foyda olish uchun o‘z aktivlarini daromadli ravishda joylashtirish imkoniyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va innovatsiya sohasida loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi 2019-yil 24-noyabrdagi PF-5583-sonli Farmoniga muvofiq venchur moliyalashtirishni rivojlantirish maqsadida “Investitsion va boshqaruv kompaniyalar toʻgʻrisida”gi Nizom loyihasi ishlab chiqildi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 414-sonli Qarori bilan tasdiqlandi.
Bugungi kunda “UzVC milliy venchur fondi” MCHJ tomonidan ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha tanlov eʼlon qilingan. Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan qoʻshma venchur fondini tashkil etish yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
Semurg VC SEMURG VC - bu MDH va Venture Builder bozorida texnologik startaplarni yaratish va kengaytirishga qaratilgan, oʻzida venchur fondini mujassamlashtiruvchi xususiy investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.
Fond Oʻzbekistonda faoliyat koʻosatayotgan startaplarga kelgusi 2 yil ichida $ 5 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni maqsad qilgan.
Shuningdek, joriy yilning 28-may kuni “UzVC” milliy venchur fondi hamda UZVCA Oʻzbekiston venchur moliyalashtirish assotsiatsiyasi hamkorlikda mintaqada va xalqaro bozorda kelgusida venchur moliyalashtirish va startap ekotizimni rivojlantirish mavzusida Oʻzbekistonda birinchi bor Markaziy-Osiyo venchur forumi oʻtkazildi.
Forum doirasida UzVC” milliy venchur fondi va Qozogʻistonning “QazTech Ventures”AJ oʻrtasida qoʻshma venchur fondi tashkil etish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
“UzVC” milliy venchur fondining faoliyatini yoʻlga qoʻyish, xorijiy venchur fondlarining tajribasini yaqindan oʻrganish maqsadida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (keyingi oʻrinlarda USAID) tashkilotining FGI (Future Growth Initiative) dasturi doirasida xalqaro konsultant jalb etildi.
Venchur moliyalashtirish sohasida xorij tajribasini oʻrganish va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish maqsadida“UzVC” milliy venchur fondi tomonidan Islom taraqqiyot banki va USAID tomonidan tashkil etilgan grant dasturlariga tegishli xujjatlar yuborildi.