Svop operatsiyasi
– bu bir vaqtning o‗zida chet el valyutasini har xil sanaga
turli hisob-kitoblar shartida teng summaga sotib olish va sotishdir. YA‘ni svop – bu
valyutani kelajakda sotib yuborish garovi bilan qandaydir vaqtga sotib olishdir. Bunda
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
bir vaqtning o‗zida valyuta almashuvi bo‗yicha 2ta alohida bitim tuziladi. Bu bitimlar
qarama-qarshi yo‗nalishga va turli hisob-kitob sanasiga ega bo‗ladi.
Svop opretsiyalari ko‗pgina banklar tomonidan o‗zlarining chet el valyutasidagi
majburiyatlarini qoplash maqsadida foydalanadi. Svop operatsiyasi ikki bank
tomonidan amalga oshirilganda bir bank ikkinchi bankga bir valyutani, ikkinchisi
ikkinchi balyutani almashadi va qandaydir vaqt o‗tishi bilan valyutalar qaytarib
olinadi.
Asosiysi shundaki, svop bitimlari ochiq valyuta pozitsiyasini keltirib
chiqarmaydi va vaqtincha kurs o‗zgarishi bilan bog‗liq riskdan holi bo‗lgan valyuta
bilan ta‘minlaydi. Svop bitimlari odatda 1 kundan 6 oygacha muddatga tuziladi,
muddati 5 yilgacha bo‗lgan svop bitimlari esa juda kam uchraydi.
Svop operatsiyalari tijorat banklari o‗rtasida, tijorat bank va markaziy bank
o‗rtasida, hamda mamlakatlar markaziy banklariaro amalga oshirilishi mumkin.
Umumiy qilib aytganda, kassa va forvard operatsiyalarini muvofiqlashtiruvchi
valyuta shartnomasini svop shartnomasi hisoblanadi.
Valyuta atribtaji
– bu valyutani sotish yoki sotib olish bo‗lib, keyinchalik
teskari bitim tuzib, valyuta kurslari farqi yordamida foyda olish maqsadida o‗tkazishni
ifodalaydi. Arbitraj operatsiyalarini o‗tkazishning asosiy shartlaridan biri bozorning
turli sigmentlariaro kapital oqimi erkin bo‗lishi, ya‘ni valyutalarning erkin
konvertirlanishi, valyuta cheklovlarining yo‗qligi va boshqalar hisoblanadi.
Arbitraj ikki xil – joylashuvga ko‗ra va vaqtli bo‗ladi. Ularning har biri ham o‗z
navbatida oddiy va murakkabga bo‗linadi. Operatsiya ikki valyuta ishtirokida amalga
oshirilsa oddiy, uch va undan ortiq valyutalar bilan amalga oshirilsa murakkab bo‗ladi.
Joylashuvga ko‗ra arbitraj banklarning turli valyuta bozorlaridagi kurs farqi
orqali foyda olishini bildiradi.U valyuta risk bilan bog‗liq emas, chunki valyuta
savdosi bir vaqtning o‗zida amalga oshiriladi. Masalan,bank vakili Singapurda
valyutani sotib oladi (sotadi) va shu vaqtning o‗zida u o‗zining Londondagi
korrespondenti orqali shu valyutani sotadi( sotib oladi).
Vaqtli arbitraj vaqt o‗tishi bilan valyuta kursi orasidagi farq orqali foyda
olishdir. Valyuta arbitraji spot va forvard sharoitida amalga oshirilishi mumkin va bu
turdagi operatsiyalarda valyuta risklari mavjud bo‗ladi.
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
Arbitraj operatsiyalari tijorat banklari dillerlari ishining asosiylaridan
hisoblanadi. Ko‗pincha arbitraj bitimlarini o‗tkazish imkoniyatlari sanoqli
daqiqalardagina to‗g‗ri kelishi mumkin, shuning uchun dillerning arbitraj
operatsiyasini tezda baholash va hisoblashi qobiliyatidan ko‗p narsa kelib chiqadi.
Arbitraj operatsiyasini muvaffaqiyatli o‗tkazish uchun bozorni yaxshi o‗rganish,
kelajakni ko‗ra bilish kabilar dillerlar uchun zaruriy shartlardan biridir.
Hozirgi kunda vakolatli banklar valyuta amaliyotlarini amalga oshirish doirasini
jaxon amaliyotiga muvofiq, kengaytirishga yordam beradigan O‗zbekiston valyuta
bozorini erkinlashtirish bo‗yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni hisobga olgan
holda, manfaatdor idoralarga xalqaro valyuta bozori faoliyat yuritish uslublarini diqqat
bilan o‗rganish hamda mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta‘sirlarga yo‗l qo‗ymaslik
maqsadida valyuta risklarini tartibga solish instrumentlarini qo‗llash uchun shart-
sharoitlar yaratish choralarini ko‗rishlari lozim.
Hozirgi vaqtda tijorat banklarining valyuta bozoridagi faoliyatining Markaziy
bank tomonidan tartibga solinishi bank tizimidagi eng muhim va dolzarb masalalardan
biri bo‗lib turibdi. «O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‗g‗risida»gi
qonunning 40-moddasiga muvofiq, Markaziy bank valyutani tartibga solish va
valyutani nazorat qilish davlat organi bo‗lib hisoblanadi.
Bu masalaning dolzarbligi asosan, ko‗pgina yirik vakolatli banklar aktivlarining
asosiy qismini valyuta sohasiga yo‗naltirilganligi, ya‘ni xorijiy valyutadagi aktivlardan
iboratligi bilan izohlanadi. O‗zbekiston Republikasi hududida valyuta operatsiyalarini
amalga oshirish prinsiplari va valyuta qimmatliklari bilan ishlash tartibi O‗zbekiston
Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‗g‗risida»gi qonuni bilan aniqlanadi.
Ushbu qonun talablariga muvofiq O‗zbekiston hududida xorijiy valyuta bilan bog‗liq
barcha hisob-kitoblar faqat vakolatli banklar orqali, ya‘ni O‗zbekiston Respublikasi
Markaziy Bankining valyuta operatsiyalarini o‗tkazishga ruxsat beruvchi
litsenziyasiga ega bo‗lgan tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday
litsenziyaga ega bo‗lgan tijorat banklari vakolatli bank hisoblanadi.
Tijorat banklarining valyuta faoliyatlarini tartibga solishda ochiq valyuta
pozitsiyasini yuritilishi haqidagi hisobot muhim o‗rin tutadi. Bu hisobotni tahlil
qilishning zarurati Markaziya Bank tomonidan vakolatli banklarga chet el valyutasi
«Bank ishi» fani. «Bank ishi» kafedrasi. TMI-2015. Tel:+(998)71 234-43-42, email:
kbni@tfi.uz
bilan bog‗liq operatsiyalarga limit o‗rnatilishidadir. Bu tartib bo‗yicha bankning o‗z
mablag‗lariga nisbatan 20%gacha valyuta sotib olishi va sotishiga ruxsat bor, ya‘ni bir
valyuta turi bo‗yicha bu ko‗rsatkich 5% qilib belgilangan. Limit o‗rnatishning asosiy
sababi, vakolatli banklar barcha aktivlarini chet el valyutalariga qo‗ysa va bu
valyutalarning kursi jahon valyuta bozorida tushib ketsa, bank aktivlari kamayishi va
hatto bank bankrot bo‗lishi mumkin va bu o‗z navbatida mamlakat iqtisodiyotiga
salbiy ta‘sir qiladi. SHuning oldini olish maqsadida, bu limit barcha vakolatli banklar
uchun joriy qilingan. Ana shu erda shuni ta‘kidlash lozimki, respublikamizda 15
oktyabr 2003 yildan joriy operatsiyalar bo‗yicha to‗liq konvertatsiya joriy qilinishi bu
limitni o‗zgartirishni zarur qilishi mumkin.
O‗zbekiston Respublikasida xozirgi vaqtda amalda Markaziy Bank
boshqaruvida 1998 yilning 28 martida 392-son bilan qabul qilingan «Ochiq valyuta
pozitsiyasini yuritilishi qoidalar» amal qiladi.
Fikrimizcha, yuqorida qayd etilgan tartibda bir qator o‗z echimini kutuvchi
masalalar uchraydi. Xususan, qoidaning 2-bandi bo‗yicha: ochiq valyuta
pozitsiyasining limit miqdori juda kam o‗rnatilgan, ya‘ni barcha xorijiy valyuta
pozitsiyasi bo‗yicha 20%, aniq bir valyuta turi bo‗yicha esa 5%. Fikrimizcha, ushbu
foizlar miqdorini qayta ko‗rib chiqish kerak. CHunki, bizning respublika vakolatli
banklari asosan ikki valyuta(EVRO, AQSH dollari) bilan ishlaydi.
Joriy operatsiyalar bo‗yicha konvertatsiya masalasining hal qilinishi, banklar,
jumladan, ularning mijozlari hisoblanmish korxona va tashkilotlar xalqaro jahon
bozoriga, ya‘ni integratsiya jarayoniga jadal kirishib ketadilar. Demakki, umumiy
pozitsiyaning miqdori kimligi bu jarayonga xalaqit berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |