Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   156
Bog'liq
bank ishi

3.Tijorat banklarini ochish uchun ustav fondining minimal miqdori va uning 
ahamiyati. Ustav fondini shakllantirish manbalari. 
 
Bankning 
ustav 
kapitali 
bank 
muassislari 
va 
aksiyadorlarining 
pul 
mablag‘larihisobidan tashkil topadi. 
 Kreditga  va  garovga  olingan  hamda  boshqa  jalb  etilgan  mablag‘lardan  bank  ustav 
kapitalini  shakllantirishda  hamda  bank  aksiyalarini  sotib  olishda  foydalanish  taqiqlanadi. 
Mazkur  talabga  zid  holda  ustav  kapitaliga  kiritilgan  mablag‘lar  egalariga  qaytarilishi  va 
shu vaqtning o‘zidayoq aksiyalar kelgusida sotish uchun bankka topshirilishi lozim. 
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish 
uchun byudjet mablag‘laridan foydalanilishi mumkin. 
Tashkil  etilayotgan  bank  kapitalining  etarlilik  darajasini  belgilashda  quyidagilar 
asosiy omil hisoblanadi: 
Markaziy bank tomonidan belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdori bo‘yicha 
talablarga muvofiqligi
bank kapitali, shu jumladan ustav kapitali miqdorini doimiy ko‘paytirib borishning 
rejalashtirilganligi; 
ko‘zda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari; 
muassislarning zarur hollarda qo‘shimcha kapital kirita olish qobiliyati. 
Bank  ro‘yxatga  olingunga  qadar  ustav  kapitalini  shakllantirish  uchun  muassislar 
tomonidan  Markaziy  bankda  yoki  rezident  banklarning  birida  vaqtinchalik  jamg‘arma 
hisobvarag‘i ochiladi. 
Bank  ustav  kapitalining  belgilangan  eng  kam  miqdori  mazkur  vaqtinchalik 
jamg‘arma  hisobvaraqda  muassislar  tomonidan  bankni  ro‘yxatga  olingunga  qadar  to‘liq 
shakllantirilgan bo‘lishi kerak. 
Ustav kapitalining eng kam miqdori quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 
banklar uchun – 10 mln. evro ekvivalentida; 
xususiy tijorat banklari uchun – 5 mln. evro ekvivalentida. 
YAngi tashkil etilayotgan banklar uchun ustav kapitali eng kam miqdorining hisob-
kitobi  Markaziy  bank  tomonidan  valyuta  operatsiyalari  bo‘yicha  buxgalteriya  hisobi, 
statistika  va  boshqa  hisobotlarni  yuritish  uchun  e’lon  qilingan  evro  kursining  muassislar 
tomonidan bank tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan (ta’sis yig‘ilishi o‘tkazilgan) 
kundagi kursidan kelib chiqqan holda milliy valyutada amalga oshiriladi. 
Bank  ro‘yxatga  olingandan  keyin  uning  ustav  kapitali  miqdorida  egasi  yozilgan 
aksiyalar chiqariladi va ular muassislar o‘rtasida joylashtiriladi. 
Har  qanday  yuridik  shaxs  singari  banklar  ustaviga  ega  bo‘lishlari  va  o‘z  ustavlari 
asosida faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Bank ustavida quyidagi moddalar o‘z aksini topgan 
bo‘lishi kerak: 
-bankning (to‘la va qisqartirilgan) nomi va joylashgan (pochta) manzili; 
-bank ko‘rsatadigan operatsiyalari ro‘yxati; 
-ustav  kapitalining  miqdori,  muassislar  ro‘yxati  va  ularning  ustav  kapitalidagi 
ulushlarining taqsimlanishi; 


68 
 
-bankning boshqaruv organlari, ularni tashkil etish tartibi, ularning vakolatlari hamda 
vazifalari haqidagi ma’lumotlar; 
-bank  auditi  tartibi,  shuningdek,  buxgalteriya  hisobi  xalqaro  standartlariga  muvofiq 
belgilangan hisobotlar va auditorlik dasturlarining maqsadlari ko‘rsatmalari. 
Bulardan  tashqari  bank  ustavida  boshqa  qonun  xujjatlarida  nazarda  tutilgan 
ma’lumotlar ham bo‘lishi kerak. 
Qonunda ko‘rsatilishicha, kreditga va garovga olingan mablag‘lardan va soliqqa jalb 
etilgan  mablag‘lardan  bankning  ustav  kapitalini  shakllantirish  mumkin  emas.  Ammo 
alohida  olingan  xollarda,  qonunlarda  ko‘rsatilgan  bo‘lsa,  byudjet  mablag‘laridan 
foydalanishga ruxsat berish mumkin. 
Bank  kapitalining  eng  kam  miqdori  bankni  ro‘yxatga  olgunga  qadar  uning 
muassislari  tomonidan  to‘lanishi  kerak.  Bu  to‘lanishi  kerak  bo‘lgan  mablag‘lar 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki boshqa banklarda ochiladigan jamg‘arma 
hisob  varag‘iga  o‘tkaziladi.  Bank  ustav  kapitalining  eng  kam  miqdori  Markaziy  bank 
tomonidan  Tijorat  banklari  kapitalining  etarliligiga  qo‘yiladigan  talablar  to‘g‘risidagi 
nizomda (№949-sonli, 2000 yil 25 iyul) ko‘rsatib berilgan. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish