Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   156
Bog'liq
bank ishi

1-rasm. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit mexanizmi.
67
 
                                                           
67
 S. Norqobilov, H. Ortiqov “Kredit mexanizmi va uning elementlari ““ Farg’ona “ nashriyoti  2012y. 24-bet. 


275 
 
Bozor  iqtisodiyotining  o’ziga  xos  kredit  mexanizmiga  to’xtaladigan  bo’lsak,  uning 
akkumulatsiya  mexanizmi  sifatida  bank  resurslarining  jalb  qilinishi  tushuniladi.  Bozor 
iqtisodi sharoitida akkumulatsiya mexanizmi ikki elementdan tashkil topadi: 
1.  Tijorat banklarining o’z mablag’lari; 
2.  Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lari; 
     a) depozit mablag’lar; 
     b) nodepozit mablag’lar; 
 Bank  resurslarining  asosiy  manbasini  jalb  qilingan  mablag’lar  egallab,  ular  bank 
resurslarining  80-90  foizini  tashkil  etadi.  Jalb  qilingan  mablag’lar  aktiv  operasiyalarni, 
avvalo  kredit  operasiyalarini  amalga  oshirish  uchun  pul  resurslariga  bo’lgan  ehtiyojni 
qoplaydi. Yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik bo’sh mablag’laridan foydalanish 
orqali, tijorat banklari ular yordamida xalq xo’jaligining va aholining qo’shimcha aylanma 
mablag’larga  bo’lgan  ehtiyojini  qondiradi,  pullarni  kapitalga  aylanishiga  yordam  beradi. 
Banklar mablag’larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo’lib, barcha mamlakatlarda 
bu  jarayon  Markaziy  bank  tomonidan  tartibga  solinib  turadi.  Jalb  qilingan  mablag’lar 
tijorat  banklari  kredit  resurslarining  asosiy  qismini  tashkil  qiladi.  O’zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  banki  bank  kapitali  bilan  jalb  qilingan  mablag’lar  orasidagi 
nisbatni  bir qator  zaruriy  me'yorlar  yordamida  tartibga  soladi. Bu quyindagi  normativlar: 
kapital  etarliligi,  bir  kredit  oluvchiga  to’g’ri  keladigan  maksimal  risk  miqdori,  aholidan 
jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar.  
     Depozit  siyosatiga  ta’sir  qiluvchi  asosiy  omillardan  biri  tijorat  banklari 
tomonidan  muddatli  va  jamg’arma  depozitga  to’lanadigan  foiz  stavkalarining 
shakllantirish  hisoblanadi.  Bu  albatta  bankning  kredit  siyosati  bilan  birgalikda  ishlab 
chiqiladi.  Tijorat  banklari  depozit  siyosatiga  ta’sir  qiluvchi  ikkinchi  omil  Markaziy 
bankning  majburiy  zahira  siyosati    hisoblanadi.  Majburiy  zahira  stavkasining  o’zgarishi 
bank resurslari likvidligiga ham ta’sir o’tkazadi. Hozirgi kunda bu stavkalar respublikamiz 
bank amaliyotida muddatlarga qarab takomillashtirilgan: 
  1 yilgacha muddatda – 15% 
  1 yildan 3 yilgacha muddatda – 12% 
  3 yildan uzoq muddatga – 10,5% 
Bu siyosatni  ishlab chiqilishi ustidan bevosita Markaziy bank o’z nazoratini amalga 
oshiradi. 
Jalb  qilingan  mablag’larni  asosiy  qismini  depozitlar  tashkil  qiladi.  Banklarda 
maksadlarni  amalga  oshirish  uchun  pul  mablag’larini  qo’yilmalarga  jalb  qilish 
operasiyalari  depozit  operasiyalari  deyiladi.  Depozitlar  faqatgina  omonatchiga  emas,  shu 
bilan  birga  bankka  ham  manfaatlidir.  Ko’pgina  depozitlar  orqali  bankning  ssuda  kapitali 
shakllanadi,  keyinchalik  esa  bank  turli  xo’jalik  sohalarini  qulay  shartlar  asosida 
kreditlaydi. Depozit va kredit foizlari orasidagi farq bo’sh pul mablag’larini jalb qilish va 
ssuda  kapitalini  joylashtirish  borasidagi  bank  marjasi  (mukofoti)  bo’lib  hisoblanadi. 
Bankning  “Oltin  qoidasi”ga  ko’ra,  bank  moliyaviy  talablarining  hajmi  va  muddati  bank 
majburiyatlari  miqdori  va  muddatiga  mos  kelishi  kerak.  Bu  qoidaga  rioya  qilib,  banklar 
joriy hisobraqamlar bo’yicha qoldiqlarni kredit resursi sifatida ishlata olmaydilar, chunki 
mijozlar ularni hohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin. Va’holanki, mijozlar, odatda, 


276 
 
o’z mablag’larining hammasini birdaniga olishmaydi, shuning uchun, bankning naqd pul 
zahirasi omonatlarga nisbatan shakllanadi. 
     Bankning  o’z  mablag’lari  deganda,  ustav  fondidan  tashqari  moliyaviy 
barqarorlikni, xo’jalik faoliyatini ta’minlash maqsadida tashkil qilingan turli jamg’armalar, 
joriy va o’tgan yildagi faoliyat natijasidan olingan sof foydani tushunish kerak. 
   Bank  kapitalining  shakllanishi  va  uning  har  yili  oshirib  borilishi  nafaqat 
akkumulatsiya  mexanizmi,  balki  bankning  boshqa  operatsiyalari  shuningdek  nufuzi, 
banlararo  raqobatbardoshligi,  mijozlarning  ishonchini  qozonishi  va  inqirozlarga  chidamli 
bo’lishi uchun xizmat qiladi. “Kapitalning yetraliligi” termini bankning ishonchliligini va 
riskni bajarish darajasini aniqlaydi. Bu yerda yetarlilik tamoyili kelib chiqadi: o’z kapitali 
hajmi risk bo’yicha hisoblangan aktivlar hajmiga mos kelishi kerak.  
Bunda kapitalning riskka tortilgan aktivlar miqdoriga nisbatan bank kapitali sifatida 
olinadi.  O’zbekiston  respublikasi  tijorat  banklariga  qo’yilgan  kapital  yetalilik  darajasi 
Bazel  qo’mitasi  talablaridan  biroz  farq  qilib,  respublikamiz  tijorat  banklarining  o’ziga 
xosligidan  kelib  chiqqan  holda  belgilangan.  Markaziy  bankning  2000-yil  26-apreldagi 
422-sonli nizomiga muvofiq bank umumiy kapitali yetarlilik darajasi minimal miqdori 10 
foiz,  asosiy  kapital  yetarlilik  darajasi  minimal  miqdori  5  foizni  tashkil  qiladi.  Bankning 
ustav kapitalidan tashqari qo’shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda kabi o’z mablag’lari 
jalb qilingan mablag’lar miqdorining va sifatining oshishiga bevosita ta’sir qiladi.  
     O’zbekistonda  banklarning  moliyaviy  barqarorligini  oshirish  va  mustahkamlash 
borasida  ko’rilgan  chora  tadbirlar  natijasida  tijorat  banklarining  umumiy  kapitali  2010-
yilda 4 trillion 100 milliard so’mga yetgan. Shu yili banklar kapitalining yetarlilik darajasi 
23,4  foizni  tashkil  etgan  va  Bazel  qo’mitasining  banklar  kapitalining  yetarlilik  darajasi 
minimal miqdoridan qariyb uch barobar ko’pdir.
68
 Tijorat banklari tomonidan jismoniy va 
yuridik  shaxslarning  pul  mablag’larini  bankka  jalb  qilish  bilan  bog’liq  operatsiyalar 
depozit operatsiyalari deyiladi. Bu operatsiyalar yordamida tijorat banklari passivlarining 
qariyb  90  foizini  tashkil  qilib  oladilar.  Ularning  asosiy  qismini  talab  qilib  olinguncha 
depozitalar  tashkil  qiladi.  Qolgan  qismi  esa  muddatli  va  jamg’arma  depozitlariga 
tegishlidir.  
   Tijorat banklari resurs bazasi ya’ni o’z va jalb qilib olingan mablag’lari birgalikda 
bozor  iqtisodiyoti  sharoitidagi  o’ziga  xos  shakllangan  kredit  mexanizmining 
akkumulatsiya  mexanizmi  asosiy  elementlari  bo’lib  hisoblanadi.  Bu  elementlarning  har 
birining  rivojlanishi  va  ko’payishi  kelajakda  rejalashtirilgan  kreditning  manbasi  bo’lib 
xizmat qiladi. Tijorat banklari resurslar bazasini yanada to’liqroq aniqlashtirish maqsadida 
yuqorida  rasmda  keltirilgan.      “Kreditlash  mexanizmi”  tushunchasining  o’ziga  alohida 
ta’rif beradigan bo’lsak, kreditlash shart-sharoitlarini belgilovchi elementlarning yig’indisi 
tushuniladi.  U  o’z  mazmun  jihatdan  “Kredit  mexanizmi”  tushunchasiga  qaraganda  bir 
muncha “tor” ma’noni anglatadi. Shu bilan birga, kredit mexanizmining tarkibiga kiradi va 
bu  fikr  ko’pchilik  iqtisodchilar  tomonidan  ham  tan  olingan.“Kredit  mexanizmi”  va 
“Kreditlash mexanizmi” tushunchalarining chegarasi R. G. Olxovada fikrlarida ko’rinadi. 
Uning  fikricha  kreditlash  mexanizmi  kredit  mexanizmining  bir  elementi  bo’lib,  o’zida 
                                                           
68
 F. Mullajonov. Pul-kredit sohasidagi mavjud vaziyat va monetary siyosatning 2011-yilga mo’ljallangan asosiy yo’nalishlari. 
“Bozor, pul, kredit ” jurnali. 2011-yil 1-son. 


277 
 
quyidagi  bo’g’inlarni  birlashtirgan  bo’lishi  zarur:  o’z  va  qarz  aylanma  mablag’larini 
chegaralash  tamoyillari,  kreditlash  uslublari,  ssuda  schoti  turlari,  kreditlash  obyektlari, 
kreditni  rejali  boshqarish  uslublari,  kreditdan  foydalanish  ustidan  nazoratni  tashkil  etish 
metodlari  va  turlari.      Kredit  mexanizmining  mazmunini  o’rganishda  uning  tarkibiy 
elementlari  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  elementlar  adabiyotlarda  ayrim  hollarda 
umumlashtirib,  ba’zan  esa  alohida  holda  beriladi.  Professor  O.  K.  Iminovning  kredit 
mexanizmining  tarkibiy  qismlari  to’g’risidagi  fikri  alohida  e’tiborga  molikdir.  Uning 
fikricha, kredit mexanizmi kredit mablag’laridan unumli foydalanish, boshqarish shakli va 
usullari tizimidan iboratdir. Kredit munosabatlari, kredit muassasalari va kredit mexanizmi 
birgalikda  kredit  tizimi  ni  tashkil  qiladi.    Kredit  mexanizmi  tarkibi  har  xil  mulkchilikka 
asoslangan  davrlarda  turli  ko’rinishda  aks  etsada  tub  mohiyati  o’zgarmagan.      Quyida 
rejali iqtisodiyot davrida mavjud bo’lgan kredit mexanizmi chizma ko’rinishida berilgan.                                                                                
 
3-rasm. Rejali iqtisodiyot davrida kredit mexanizmi.
69
 
Rasmdan ko’rinib turibdiki, kredit mexanizmi uch qismdan iborat: kredit resurslarni jalb 
qiluvchi  akkumulatsiya  mexanizmi,  kredit  berish  jarayonini  o’z  ichiga  oluvchi 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish