Toshkent moliya instituti "bank ishi" fakulteti


Dividend siyosatini shakllantirishning ba'zi jihatlari



Download 35,73 Kb.
bet4/5
Sana01.01.2022
Hajmi35,73 Kb.
#290865
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tijorat banklarida divident siyaosati va uning bank faoliyatidagi

Dividend siyosatini shakllantirishning ba'zi jihatlari.

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tijorat tashkilotining asosiy vazifasi sifatida yuqori foyda olish va mulkdorlar manfaatlarini qanoatlantirishmaqsadida moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish belgilanadi. Erkin bozormunosabatlarida bozorning har qanday subyekti sotuvchi va xaridor sifatidaqatnashishi mumkin. Bu jarayonda bozor munosabatlarini rivojlantirish moliyaviy boshqaruvning jamiyatdagi rolini kuchaytirishni talab qiladi.Shu o’rinda, ushbu moliyaviy boshqaruv jarayonida moliyaviy oqimlar har qanday korporativ tuzilmalarda boshqaruv obyekti hisoblanadi, shu sababli har bir moliyaviy qaror pul oqimlari harakati bilan o’zaro bog’liq. Shuning uchun ham aksariyat boshqaruvchilar o’z funksional vazifalarini amalga oshirish jarayonida moliya xizmati bilan o’zaro bog’liqlikda faoliyatni tashkil etadi.Bu mutanosiblik har bir boshqaruvchidan moliyaviy boshqaruv haqida yuqori dunyoqarashga va bilimga ega bo’lishini,tashkilot oldida turgan muammolarni to’g’ri baholay bilishini va o‘z faoliyatini yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tashkil etishi taqozo etadi.Ma’lumki, moliya bu – turli darajadagi pul fondlarini tashkil etish, taqsimlash (qayta taqsimlash) va foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yoki boshqacha aytganda, pul munosabatlari ustidagi amallar majmuidir.Pul moliyaviy munosabatlarning moddiy asosi sifatida bozor iqtisodiyotida tomonlarning manfaatlarini ifodalashda va o'zaro muvofiqlashtirishda, shuningdek, umumiy qiymat ekvivalenti sifatida muhim rol o’ynaydi hamda moliyaviy resurslar tashkil etishning tayanch asosi hisoblanadi.Jamiyatning Dividend siyosati Jamiyat hamda uning aksiyadorlari manfaatlarining muvozanati, daromadni qisman kapitallashtirishda Jamiyatning jozibadorligini oshirish, aksiyadorlarni hurmat qilish hamda ularning O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, Jamiyat Ustavi va ichki xujjatlarida ko’zda tutilgan xuquqlariga to’liq rioya etishga asoslangandir.Soliq solinganidan so’ng Jamiyatning daromadini sarf qilishda, ustuvor yo’nalishlarga pul oqimini oshirish maqsadida kelgusi rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish, Jamiyatning jozibadorligini oshirish va shuning natijasida aksiyalarning kurs qiymatini oshirish kiradi. Daromadni qisman kapitallashtirish barobarida, Jamiyat dividend to’lovlarini va ularning muntazam ko’payishini ta’minlaydi.Bunday siyosat natijasida, Jamiyat byudjet moliyalashtirilishi mavjud bo’lmagan sharoitda, reja asosida texnika va qurilish mexanizmlarini yangilab bormoqda.Nizom Jamiyatning Kuzatuv kengashi tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida dividendlarning xajmi va to’lanish tartibini belgilaydi.Jamiyat dividend siyosatining tamoyillari va dividendlar xajmini aniqlash mezonlari, Nizom tasdqilanganidan so’ng o’zgarishsiz qabul qilinadi.Joylashtirilgan aksiyalar bo’yicha dividend to’lanishi to’g’risidagi qaror Jamiyat tomonidan qonunchilik hamda Jamiyat Ustaviga muvofiq qabul qilinadi. Jamiyat aksiyalar bo’yicha e’lon qilingan dividendlarni to’lashi shart.E’lon qilingan dividendlar pul mablag’i shaklida to’lanadi. Dividendlar hajmi aksiyadorlardan ushlab qolinadigan soliqlarni hisobga olmagan holda e’lon qilinadi.Jamiyat, moliya-hisobot davrida olingan sof daromad hamda Jamiyatning ishlab chiqarish faoliyatini rivojlantirish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, kapitallashtirishni oshirish barobarida aksiyadorlarga to’lanadigan dividendlar xajmini ko’paytirishga intilmoqda.Jamiyat aksiyadorlariga dividend to’lovlarini amlga oshirish shartlariga quyidagilar kiradi:

  • dividend to’lovlariga cheklovlarning yo’qligi (26.09.2008 yildagi 183-sonli O’zRQning 56-moddasiga muvofiq), Jamiyatda moliya-hisobot yilida sof daromdaning mavjudligi;

  • Jamiyatda dividendlar hisoblanishi va to’lanishi tartibining O’zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiqligi, aksiyadorlar manfaatlariga rioya qilinishi;

  • Jamiyatning zarur bo’lgan moliyaviy va moddiy-texnik holatini ta’minlash:

  • Jamiyatning rivojlanish istiqbollarini ta’minlash;

  • Jamiyat Kuzatuv kengashining dividendlar hajmi yuzasidan tavsiyalari;

  • Jamiyat aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarori.

O’zbekiston Respublikasining qonunchiligi talablariga muvofiq, Jamiyat aksiyadorlariga dividend to’lovlari sof daromaddan, moliyaviy yil natijalariga ko’ra to’lanadi. Sof daromad amaldagi buxgalteriya hisobini yuritish hamda aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyati to’g’risida hisobotlarni tuzish qoidalariga muvofiq aniqlanadi.Sof daromadning taqsimlanish tuzilmasida amaldagi qonunchilik hamda Jamiyatning ichki xujjatlariga muvofiq majburiy to’lovlarga, hamda jamiyatni rivojlantirish va dividendlar to’lanishi kabi boshqa harajatlarga mablag’ ajratiladi.Aksiyadorlarga to’lanadigan tavsiya qilinuvchi dividend hajmini (bir oddiy aksiya uchun) hamda Jamiyatning dividend to’lovlariga yo’naltirilayotgan muvofiq daromad ulushini aniqlashda, Jamiyatning Kuzatuv kengashi Jamiyat Boshqaruvi tomonidan taklif qilinayotgan daromad taqsimlanihshining asosiy yo’nalishlarini xisobga oladi.Dividendlar xajmi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilishi uchun, Boshqaruv Kuzatuv kengashiga Jamiyatning moliya-hisobot yilidagi faoliyati natijalariga ko’ra olingan sof daromad taqsimlanishining har bir yo’nalishi yuzasidan asoslar taqdim qiladi.Sof daromadning bir qismi Jamiyat Ustaviga muvofiq zahira jamg’armasini shakllantirilishiga yo’naltiriladi. Zahira jamg’armasini shakllanitirlishiga sof daromadning yo’naltirilishi, jamg’arma Jamiyat Ustavida ko’zda tutilgan xajmga yetganida to’xtatiladi. Sof daromadning bir qismi, Jamiyatning moliyaviy vaziyatidan kelib chiqqan holda, o’n foizdan o’ttiz foizgacha bo’lgan miqdorda dividend to’lovlariga yo’naltiriladi. Sof daromadning oltmish foizdan kam bo’lmagan qismi texnik qayta ta’minot Jamiyatning rekonstruksiyasi va kengaytirilishi, shuningdek o’z aylanma mablag’larini to’ldirilishi hamda shunga o’xshash boshqa maqsadlarga yo’naltiriladi.

Jamiyatning Kuzatuv kengashi hisobot-moliya yilining natijalariga ko’ra oddiy aksiyalar bo’yicha tavsiya qilinayotgan dividend hajmini aniqlaydi va bu masalani dividendlar to’lanishi (to’lanmasligi) to’g’risida yakuniy qaror qabul qilinishi uchun aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining muhokamasiga olib chiqadi.

Jamiyat Kuzatuv kengashi aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan shaxlar ro’yxatini tuzish sanasini aniqlaydi. Dividend olish xuquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxati aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxati tuzilgan sanada tuziladi. Dividend olish xuquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxatini tuzish uchun, qimmatli qog’ozlar Markaziy depozitariysi tomonidan, qimmatli qog’ozlarning nominal egalari – depozitariylardagi depo xisob raqamlarining holatiga asoslangan holda tuziladi.Oddiy aksiyalar dividendlarning xajmi va to’lanishi to’g’risidagi qaror aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning xajmi Jamiyat Kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya qilingan xajmdan oshmasligi kerak.Oddiy aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lanishi, bu to’g’risidagi qaror qabul qilingan aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida belgilangan muddatlar ichida to’lanadi.

Dividendlar to’lanishi to’g’risidagi qaror, ular to’lanishining xajmi, muddati, usuli va shakli to’g’risidagi ma’lumotlar amaldagi qonunchilikda o’rnatilgan tartibda oshkor etiladi.Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishida qaror qabul qilinishi uchun aksiyadorlarga taqdim qilinuvchi materiallar tarkibida moliyaviy davr natijalari bo’yicha dividendlar to’lanishi, Jamiyat aksiyadorlar reyestriga kiritilgan shaxs Markaziy depozitariyni o’z vaqtida ma’lumotlar o’zgarganligi haqida ogohlantirishi va bu majburiyat bajarilmaganida vujudga keluvchi muammolar to’g’risidagi ma’lumotlar bo’lishi kerak.Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining dividendlar to’lanishi to’g’risidagi qarorni o’z vaqtida va to’liq bajarmaslik uchun mas’uliyat Jamiyatga, amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda, yuklatiladi.Aksiyadorlar o’z ma’lumotlari o’zgarganligi haqidagi ma’lumotni taqdim etmagan hollarda, Jamiyat bu bilan bog’liq ravishda ko’rilgan zarar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi.Nizom Jamiyat aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining qarori bilan o’zgartiriladi va to’ldiriladi. Qaror, yig’ilishda ishtirok etayotgan Kuzatuv kengashi a’zolarining oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.



Xulosa
Aksiyalar hisobidan dividendlar olish huquqiga aksiyadorlarga dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan aksiyadorlar umumiy yigʻilishinioʻtkazish uchun shakllangan bank aksiyadorlari reyestrida roʻyxatga olinganshaxslar ega. Bank tomonidan oddiy aksiyalar boʻyicha hisoblangan dividendlarni toʻlash dividendlarni olish boʻyicha aksiyadorlarning ten huquqlariga rioya qilganholda amalga oshiriladi. Dividendlarni toʻlash vaqtida birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar boʻyicha,soʻng oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlanadi. Imtiyozli aksiyalar boʻyichaqayd qilingan dividendlarni toʻlash uchun yetarli foyda mavjud boʻlganda bankkoʻrsatilgan aksiyalar egalariga dividendlar toʻlashni rad qilish huquqiga ega emas. Har bir aksiya turi boʻyicha dividendlarni toʻlash, uning hajmi, shakli vatoʻlash tartibi toʻgʻrisida qaror bank Kengashi taviyasi asosida aksiyadorlar umumiyyigʻilishida qabul qilinadi. Nizomda hajmi belgilangan imtiyozli aksiyalar hisobidan toʻlanmaganyoki toʻliq toʻlanmagan dividendlar yigʻilib keyinchalik toʻlanadi. Egasi yoki egasining qonuniy vorisi yoxud merosxoʻri tomonidan uch yil davomida talab qilib olinmagan dividendlar, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq, bank ihtiyorida qoladi. Dividendlar aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanganmuddatlarda bankning aybi bilan toʻlanmaganda toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidanbelgilangan qayta moliyalashtirish stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblabtoʻlanadi.Aksiyador bank tomonidan hisoblangan dividendlar va sud tartibidanpenya toʻlanishini, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻrnatgan tartibda,talab qilishga haqli (toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar boʻyicha hisoblanadigan penyalar miqdori toʻlanmagan (olinmagan) dividendlar hajmining 50 foizidan ortiqboʻlmasligi kerak).Aksiyadorning bankga nisbatan talablari sud tomonidan qanoatlantirilganholda bank dividentlarni toʻlashdan bosh tortganholda, toʻlay olmaslikni bartarafqilish choralari yoki qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda bankrot deb eʼlon qilish tartibi qoʻllaniladi.


Download 35,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish