Toshkent moliya instituti "bank hisobi va audit" kafedrasi


Xitoy pul massasi va kreditlarining o’sishi75(2010-2014 yy.,%)



Download 9,69 Mb.
bet92/332
Sana09.07.2022
Hajmi9,69 Mb.
#763094
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   332
Bog'liq
2 5341458089377795259

Xitoy pul massasi va kreditlarining o’sishi75(2010-2014 yy.,%).
Xitoy Xalq banki iqtisodiy o’sishni qo’llab-quvvatlash uchun, hamda birjadagi ortiqcha chet el valyutalarini intervensiya yo’li bilan olish sababli muomalada yuan miqdorini doimiy oshirib bormoqda. Jumladan Xitoyda 2014 yilda M2 monetizatsiya koeffitsienti 187 foizni tashkil etgan. Bu holat dunyoda Yaponiyadan keyingi ikkinchi o’rinni egallaydi. Shu sababli hozirda Xitoy tijorat banklarida kredit resurslari yetarlicha katta salmoqqa ega. Yuqoridagi rasmdan ko’rishimiz mumkinki, 2010 yildan 2014 yilga qadar Xitoy iqtisodiyoti bir maromda saqlangan, shu sababli tijorat banklarining kreditlash hajmi, qabul qilgan depozitlari hajmi bir maromda bo’lib kelmoqda. Shunga qaramasdan, Xitoy tijorat banklarining kreditlash salohiyati dunyoda eng yuqori o’rinda turadi.
2014 yil noyabr oyidan boshlab Xitoy hukumati bank tizimida islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda ularni yanada erkinlashtirish chora-tadbirlar doirasida kredit va depozit foiz stavkalarini tijorat banklari ixtiyoriga sekinlik bilan topshirish yo’lga qo’yildi.


6.6. Evropa Valyuta Ittifoqi tashkil topishi, hamda yevroning muomalaga kiritilishi.
Evropada yagona valyutaning muomalaga kiritilishi jahon valyuta tizimida ijobiy o’zgarish bo’ldi desak xato bo’lmaydi. Sababi, bu integratsiya faqatgina davlatlarni Evropa Ittifoqiga birlashtirishdan so’ng amalga oshgan bo’lsada, yagona valyutani tashkil qilish g’oyasi ancha oldin, ya’ni XIX asr va XX asr boshlarida vujudga kelgan edi.
II jahon urushi esa Evropaning ahamiyatini yanada pasaytirib yubordi va oqibatda moliyaviy, iqtisodiy va monetar sohadagi muammolar kun tartibiga qo’yildi. 1944 yilning 22 iyulida jahon iqtisodiyotini boshqaruvchi qoidalar majmuidan iborat Bretton-Vuds kelishuvi imzolandi. Bu kelishuv esa Jahon banki va Xalqaro Valyuta Fondi singari tashkilotlarning tashkil etilishiga sabab bo’ldi. 1957 yilda Rim shartnomasi imzolandi va unga ko’ra bir qator Evropa davlatlari Evropa Iqtisodiy Jamiyati (YIJ)ni tashkil qilishdi. Umuman, ikkala jahon urushi davlatlarning turli birlashmalarga birlashishlari muhimligini ko’rsatib berdi va bu kabi birlashuvlar kelgusi muammolarni bartaraf etish uchun asos bo’lardi.
Evropa Ittifoqining valyuta tizimlari rivojlanish tarixida kiritik nuqta 1957 yilga to’g’ri keladi. Imzolangan Rim Shartnomasiga binoan kelajakda Evropa birlashmasining asosini tashkil etishi kutilgan Evropa Iqtisodiy Jamiyati tashkil etildi. Biroq Evropa davlatlarining valyuta ittifoqi sohasidagi ijobiy o’zgarishlar ancha kechroq, ya’ni 70 yillarning boshlarida AQShda boshlangan valyuta inqirozi natijasida ro’y berdi.
O’zaro tor iqtisodiy aloqalarga ega bo’lgan Evropa davlatlari valyutalari o’rtasida o’zaro tebranish chegaralari o’rnatilmagan holat, har bir a’zo uchun nafsiz va xavfli edi. Ma’lumki, iqtisodiy integratsiyaning ajralmas, zaruriy qismi bu valyuta ittifoqidir. Evropada o’sha davrga kelib valyuta ittifoqini tuzish zarurati quyidagilar edi:
A’zo mamlakatlar valyutalarini barqarorlashtirish bilan integratsiyalashuv jarayonini jadallashtirish;
Yagona Evropa valyuta tizimi zonasini barpo etish orqali jahon valyuta tizimining ta’siridan saqlanish;
Jahon valyuta tizimining asosi bo’lib hisoblangan AQSh dollarining tebranishlaridan ko’riladigan zararlarning oldini olish va dollarni ta’sir doirasini cheklash maqsadida o’zlarining barqaror valyutalarini kiritish76.
Shu sababli ham zudlik bilan Bretton-Vuds tizimini vaqtinchalik o’rnini bosadigan mexanizm ishlab chiqish zarurati paydo bo’ldi va 1972 yil 24 apreldan “Evropa Valyuta iloni” o’z ishini boshladi.
Mazkur kelishuvning asosiy foydali jihati − barcha a’zo davlatlar valyutalari o’rtasida markaziy kursni belgilab bergan. Unga ko’ra, biror davlat valyuta kursining tebranish darajasi ixtiyoriy boshqa davlatnikidan 2.5% dan oshmasligi kerak edi77. O’rnatilgan talablarni bajarish uchun Markaziy banklar valyuta bozorida operatsiyalar o’tkazish (milliy valyuta kursi o’zgarishini tartibga solishning amerikacha usuli) yoki boshqa usullar orqali milliy valyuta kursining markaziy kursdan uzoqlashishiga yo’l qo’ymasliklari kerak bo’lgan. Bunday harakatni amalga oshirib samarali natijaga erishilmagan taqdirda, barcha a’zo davlatlar bilan kelishgan holda markaziy kursni o’zgartirish imkoniyati mavjud edi.
Shuni ta’kidlash joizki, “Evropa Valyuta iloni”ning samarali va barqaror faoliyat ko’rsatishi uchun u amal qilinayotgan davlatlar bir xilda iqtisodiy rivojlanish xarakteriga ega bo’lishlari va to’lov balansida sezilarli darajadagi o’zgarishlar bo’lmasligi zarur. A’zo davlatlarda bunday iqtisodiy sharoit hamda bir xil iqtisodiy o’sish darajasi bo’lmaganligi sababli samarali natija bermadi. Oqibatda, Evropada Valyuta ittifoqini tashkil etish yana kun tartibining asosiy masalasiga aylandi.
1975 yil aprelda Evropa hisob-kitob birligi - YHKB (European unit of account – EUA) kiritiladi va endilikda valyuta kurslari dollarga nisbatan emas, balki YHKB tashkil topgan Evropa valyutalarining bozor qiymati asosida belgilangan. Bu birlik davlatlararo va Evropa Iqtisodiy Jamiyati byudjeti hisob-kitoblarida, Evropa investitsion banklari operatsiyalarida keng qo’llanildi.
1977 yilda Valyuta Ittifoqini tashkil qilish g’oyasi GFR kansleri G.Shmitd va Fransiya prezidenti V.Jiskar d’Esten tomonidan qaytadan kiritiladi va Evropa Ittifoqining o’sha davrdagi rahbari R.Jenkins tomonidan qo’llab-quvvatlanadi. 1978 yil 5-6 dekabrda Bryusseldagi Evropa kengashida Evropa Valyuta tizimini tashkil qilish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Natijada 1979 yil 13 martda Evropa valyuta birligi – “EKYu” (European currency unit – ECU) va unga asoslangan Evropa valyuta tizimi paydo bo’ldi. YVT ning muhim tomoni shunda ediki, u o’z ichiga Evropaning barcha davlatlarini qamrab olgan edi78.
1988 yil fevralda GFR tashqi ishlar vaziri D.Gensher “Evropa valyuta bo’shlig’i va Evropa Markaziy bankini tashkil qilish to’g’risida”gi memorandumini taklif qildi, hamda u Evropa Ittifoqi yetakchisi J.Delor tomonidan qo’llab-quvvatlanadi va u keyinchalik “Delor rejasi” nomini oladi. Unda Delor Evropa Ittifoqi davlatlarining iqtisodiyoti va valyuta siyosatini amalga oshishini, Evropa Markaziy bankini tashkil qilinishi va yagona Evropa valyutasiga o’tish rejalarini ko’rib chiqadi. Bu reja Evropa valyuta tizimining ilmiy asosi sifatida 1989 yil 26 iyunda Madriddagi Evropa kengashida dastur ko’rinishida qabul qilinadi va uning asosiy g’oyalari keyinchalik Maastrixt shartnomasiga kiritiladi.
Valyuta Ittifoqi o’z ichiga faqatgina barqaror iqtisodiy rivojlanishga ega bo’lgan davlatlarni qabul qila olishini hisobga olgan holda Maastrixt shartnomasi a’zo davlatlar uchun quyidagi talablarni qo’ygan edi:
inflyasiya darajasi eng kam darajadagi 3 ta davlat o’rtacha inflyatsiya darajasidan 1.5 % dan ortiq bo’lishi mumkin emas;
uzoq muddatli foiz stavkalari eng kam darajadagi inflyatsiyaga ega bo’lgan 3 ta davlat o’rtacha foiz stavkasidan 2 % dan ortiq bo’lishi mumkin emas;
milliy valyuta so’nggi 2 yil ichida devalvatsiyalanmasligi va Evropa valyuta tizimi belgilagan kursdan 2.5 % lik tebranish darajasida bo’lishi kerak;
davlat byudjeti defitsiti YaIM ning 3 % dan oshmasligi lozim;
davlat tashqi qarzi – YaIM ning 60 % idan ortiq bo’lmasligi lozim;
Belgilangan me’yor talablari Ittifoq davlatlari o’rtasida barqaror makroiqtisodiy o’sishni ta’minlovchi ishonchli ko’rsatkichlar bo’lib hisoblangan. Mazkur talablarga Valyuta Ittifoqi davlatlari va bu ittifoqqa kirish istagini bildirgan boshqa davlatlar ham rioya qilishlari shart bo’lgan.
Dastlabki davrlarda Maastrixt shartnomasi va Evropa Valyuta Ittifoqini tashkil qilish rejasi o’zining kutilgan natijalarini bermadi. 1992-1993 yillarda Evropa Valyuta tizimi qattiq inqirozni boshdan o’tkazdi va natijada, Ispaniya, Portugaliya va Irlandiya davlatlarining milliy pul birliklari sezilarli darajada qadrsizlandi va hatto Buyuk Britaniya va Italiya davlatlari Evropa Valyuta Ittifoqidan chiqishdi. Valyuta Ittifoqini saqlab qolish maqsadida 1993 yilning avgustida valyutalar kursi tebranish darajasini 15% gacha ko’tarish to’g’risida qaror qabul qilindi. Inqirozdan chiqishga faqatgina 1990 yillarning oxiriga kelibgina erishildi. Bundan tashqari Maastrixt shartnomasini va umuman Evropa Valyuta Ittifoqini tashkil qilishni qo’llab-quvvatlash darajasi pasayib ketdi: Buyuk Britaniya umuman Evropa Valyuta Ittifoqi loyihasida qatnashishdan bosh tortdi, Daniyada o’tkazilgan 2 ta referendum natijalariga ko’ra Maastrixt shartnomasini valyuta ittifoqining bir bo’lagi sifatida qabul qilinmadi, Fransiyada shartnoma tarafdorlari juda kamchilikni tashkil qildi, Norvegiya esa o’tkazilgan referendumga ko’ra umuman Evropa Ittifoqidan chiqishni afzal ko’rdi. Natijada Maastrixt shartnomasidan 5 yil o’tib davlat va mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining qaytadan uchrashishiga va shartnoma shartlarini qaytadan ko’rib chiqishlariga to’g’ri keldi.
1994 yil yanvarida Maastrixt shartnomasining bir bo’lagi sifatida Frankfurt-na-Mayn da Evropa Valyuta instituti tuzildi va u keyinchalik Evropa Markaziy bankiga aylantirildi.
Evropa Ittifoqi davlatlarining kelishuviga ko’ra Valyuta Ittifoqiga o’tish davrini YI 3 bosqichda bosib o’tdi deyishimiz mumkin:
Tayyorgarlik bosqichi – 1996 yil 1 yanvargacha, a’zo davlatlar to’lov va kapital harakati bilan bog’liq bo’lgan barcha to’siqlarni olib tashlashdi va o’z davlatlari moliyaviy holatini barqarorlashtirishni boshlashdi.
Tashkiliy bosqich – 1998 yil 31 dekabrgacha, davlatlar tomonidan moliyaviy barqarorlikka erishish jarayoni to’liq yakunlandi va valyuta ittifoqining qonuniy va institutsional bazasi yaratildi.
Amalga oshirish bosqichi – 2002 yil 1 yanvargacha, avval naqdsiz yevroni va keyinchalik naqd pulli yevroni muomalaga kiritish bosqichi bo’lib, bunda a’zo davlatlar o’z milliy valyutalarini to’liq yagona valyuta bilan almashtirishdi.
YVI rejalarini amalga oshirish maqsadida 1994 yil 1 yanvardan Frankfurtda ish boshlagan Evropa Valyuta instituti, 1998 yildan e’tiboran Evropa Markaziy bankiga aylantirildi. 1996 yil dekabrda Dublindagi sessiyada pul va valyuta siyosatiga munosabat bo’yicha aniq qaror qabul qilindi va unga ko’ra yevro ham har bir davlat uchun o’z milliy valyutasi bilan bir qatorda rasmiy statusga ega bo’ldi. Barcha davlatlar o’z hududidagi hisob-kitoblar, davlat aktivlari va xususiy aktivlarni yevroda qaytadan hisoblab chiqishdi. Yevro EKYu bilan 1:1 nisbatda muomalaga kiritildi va a’zo davlatlarda hisob-kitoblardagi aniqlik uchun kursda verguldan keyin 6 ta son aniqligida o’rnatildi (masalan: 1 EUR = 1.955834 GEM).
Evropa Valyuta Ittifoqini tashkil qilish bo’yicha qarorlarning tez qabul qilinishi natijasida kelib chiqqan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 1996 yil mart oyida Turinda butun Evropa tizimini va Maastrixt shartnomasini ko’rib chiqish uchun hukumatlararo konferensiya o’tkazildi. Uning natijalariga ko’ra 1997 yil iyunda Amsterdamda o’tkazilgan YI ning sammitida YI valyuta siyosatining asosiy elementlari va ayirboshlash kurslarining yangi mexanizmi (MOK-2) tasdiqlandi, YI ning asosiy rivojlanish yo’nalishlarini va kelgusi asrdagi siyosatini o’zida ifodalovchi “Kun tartibi – 2000” dasturi va 1999 yil 1 yanvardan yevroning muomalaga kirishini o’zida aks ettirgan “Barqarorlik va o’sish Pakti” qabul qilindi.
1998 yil mart oyida Evropa Ittifoqining komissiyasi davlatlarning Maastrixt shartnomasi talablari bo’yicha ko’rsatkichlarini o’zida ifoda etgan hujjatni tayyorladi va unga ko’ra 11 ta davlatning Evropa Valyuta Ittifoqiga kirishi tavsiya etildi YIning Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsiya va Gretsiyadan boshqa barcha davlatlari). Barcha taklif qilingan davlatlar 1997 yilda ijobiy iqtisodiy ko’rsatkichlarga ega bo’lishdi: inflyasiya darajasining va uzoq muddatli kreditlar foiz stavkalari rekord darajada pasaydi – mos ravishda 1.6 va 5.9 %, byudjet tanqisligi – 2.5 %, to’qqizta davlat valyutalarining so’nggi ikki yildagi tebranish darajasi ±2.25 % dan oshmadi. YI davlatlarida inflyasiya darajasining tushishini kutilishi va davlat moliya tizimining sog’lomlashganligi sababli mazkur davlatlar qimmatli qog’ozlari bozor narxi bir muncha oshdi. Faqatgina mustasno tarzida davlat qarzining YaIM ga nisbatan ulushi 60% dan 75% ga ko’tarildi.
Yevroning muomalaga kiritilishi asr oxiridagi asosiy iqtisodiy voqelik bo’ldi. Yagona valyuta siyosatiga o’tish va milliy pul birliklarini yagona valyutaga o’tkazish o’zida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy maqsadlarni ko’zda tutgan edi. 1998 yilning may oyida Evropa kengashi belgilangan konvergensiya shartlarini bajargan 11 ta davlatni “yevro hudud”ga kirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Evropa Valyuta instituti asosida Evropa Markaziy banki tashkil etildi va yevro muomalaga aynan YMB orqali chiqarildi.
1999 yil 1 yanvardan 2002 yil 1 yanvarga qadar Evropa iqtisodiy Jamiyatining yagona hisob-kitob birligi bo’lgan EKYuning yevroga almashtirish ishlari o’tkazildi. Barcha yuridik hujjatlarda va hisob kitoblarda EKYu o’rnini yevro egalladi va naqdsiz muomalaga 1:1 nisbatda kiritildi. EMB va a’zo davlatlar banklarida hisob-kitoblar, qayta moliyalashtirish va banklararo hisob-kitob operatsiyalar yevroda amalga oshirila boshlandi. Shuningdek, moliyaviy bozorlar va davlatning qimmatli qog’ozlar emissiyasi bilan bog’liq tarmoqlar ham to’laligicha yevroga o’tkazildi. Banklarda esa naqdsiz oborotda yevro milliy valyuta bilan birgalikda ishlatildi va milliy pul birliklarini yevroga o’tkazish mexanizmlari ishlab chiqildi. Yevro va milliy valyutalar o’rtasidagi kurs murakkab hisob-kitoblar natijasida, milliy valyutaning EKYuga nisbati, mamlakat makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va kross-kurslarni hisobga olgan holda belgilandi. Shunday qilib, 1999 yil 1 yanvarda YMB tomonidan barcha a’zo davlatlarning milliy valyutalari va yevro o’rtasidagi kurs belgilab berildi va uning 2002 yil 1 yanvarga qadar o’zgarishsiz qolishi ko’zda tutilgandi.
Muomalada esa 2002 yil 30 iyunga qadar yevro banknotalar milliy valyuta bilan birgalikda amal qildi. 6 oydan keyin milliy pul birliklari rasman to’lov vositasi sifatida bekor qilingan bo’lsada, banklar tomonidan ayirboshlash maqsadida uzoq vaqt davomida qabul qilindi. Shuningdek, 6 oy davomida bank mijozlari tomonidan hisob-kitoblarda va tuziladigan shartnomalarda valyutani erkin tanlash huquqi berildi.
2002 yil 1 iyuldan YVI ga a’zo davlatlarda milliy valyutada bo’ladigan barcha hisob-kitoblar to’xtatiladi va Yevro YVIning yagona valyutasi sifatida saqlanib qoladi va hozirgi kunda 19 ta davlatda 328 milliondan ortiq Evropa aholisi tomonidan muomalada qo’llanilmoqda. O’z navbatida, yevro yuqoridagi 19 ta davlatdan tashqari 9 ta hududda rasmiy va 3 ta hududda norasmiy tarzda muomalada qo’llanilmoqda .

Download 9,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish