4-MAVZU: PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI
REJA:
4.1. “Pul aylanmasi” tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi.
|
4.2. Naqd pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
|
4.3. Naqdsiz pul aylanmasi va uni tashkil qilish printsiplari.
|
4.4. Naqd pulsiz hisob-kitob shakllari.
|
4.5. To’lov tizimi va uning rivojlanish bosqihclari.
|
4.6. Plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblar
|
. Pul aylanmasi tushunchasining mazmuni va pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi.
Pul aylanmasi-bu pulning naqd va naqdsiz shakildagi uzluksiz harakatlari yig`indisidir. Pulning doiraviy aylanishi – bu pulning bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tishidir. Pulning doiraviy aylanishining takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi. Demak, pul aylanmasini pulning aylanishi sifatida talqin qilish mumkin. I. Shakerning ta’rif berishicha pul aylanmasi bu pullarning naqd va naqd bo’lmagan shakllardagi doiraviy aylanish jarayoni bo’lib, bunda pullar muomala vositasi va to’lov vositasi funktsiyasini bajaradi. Pulning bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tishini Shaker doiraviy aylanish deb atadi. Pullarning bir subektdan ikkinchi subektga otishi, pulning doiraviy aylanishi takrorlanishi pulning aylanishi deyiladi.
Naqd pul va naqd pulsiz shaklida hisob – kitoblarni amalga oshirish pul aylanmasini tashkil etadii. Naqd pul aylanmasi – bu qog’oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo’ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o’rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko’chirish orqali amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda “harakatda” bo’ladi, bu harakat davomida juda ko’plab tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. Xususan, pul o’z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning qiymat o’lchovi, muomala vositasi va to’lov vositasi funksiyalari orqali amalga oshiriladi.
Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda jamg’arma vositasi funksiyasini bajarish orqali, o’zining sohibiga qo’shimcha daromad keltirdi va real iqtisodiyotda muhim rol o’ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan amalga oshirilayotgan to’lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi.
Pulning aylanmasi mohiyatini yanayam chuqurroq aniqlash uchun uning ob’ekti va sub’ektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi sub’ektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va tashkilotlarni keltirish mumkin. Uning ob’ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi.
Pul aylanishi tushunchasi – bu ma’lum davr davomida iqtisodiyotda pulning qanchalik darajada tez ko’chishib yurishi jarayonini anglatadi. Bu ko’rsatkich nominal YaIM ni pul taklifiga ( ) bo’lish orqali topiladi. Shuningdek bu mamlakatdagi umumiy pul massasini aylanish darajasini bildiradi ya’ni masalan, 1 dollarni necha marta tovar yoki xizmatlar sotib olish uchun ishlatilinish darajasidir.
Pul aylanishi tushunchasini yanada aniqroq tushunishimiz uchun 2 ta A va B shaharchalarni olamiz. A shaharcha maydoni kichikroq biroq aholi soni B shaharchanikidan ko’proq. Shunga ko’ra, A sharchada bank strukturasi yaxshi rivojlangan, tadbirkorlik faoliyati ham yuqori darajada tashkil qilingan. A shaharchada bank muassasalari soni ko’p bo’lib, pulni istalgan shaklda ishlatish bu sharcha aholisi uchun muammo emas. Natijada, bu shaharcha iqtisodiyotida pul aylanishi ko’rsatkichi yuqori bo’lib, bu uning iqtisodiyot ko’rsatkichlari yaxshi bo’lishiga ham olib kelgan.
Boshqa tomondan esa, B shaharcha maydon jihatdan A shaharchadan katta bo’lsa ham, aholi soni bo’yicha undan kichkina. Bank faoliyati yaxshi rivojlanmagan hamda bank tashkilotlari soni yetarli emas. Tadbirkorlik faoliyati ham o’z-o’zidan rivojlanishi past darajada bo’lib, bank orqali bo’ladigan hisob-kitob operatsiyalari yaxshi rivojlanmagan. Natijada aholi qo’lidagi pul mablag’larini banklarga ishonib topshirish tushunchasiga ega emas va bu B shaharchaning iqtisodiyoti barqarorligiga ta’sirini ko’rsatgan.
Bu ikki holatdan shuni aytish mumkinki, agar biror hududda pul aylanish darajasi qanchalik darajada past bo’lsa, pul aholi qo’lida shuncha kam aylanadi hamda pul massasining iqtisodiyotga ta’siri ham sezilarsiz bo’lishi kuzatiladi. Pul aylanish darajasiga ta’sir etuvchi omillar sirasiga quyidagilar kirishi mumkin:
Hududdagi moliyaviy tashkilotlar soni
Aholining umumiy soni
Amalga oshiriladigan pul o’tkazmalari miqdori
Xorijiy Iqtisodchi olimlardan biri Ludwig von Misesning ta’kidlashicha pul aylanishi tushunchasining asosiy mohiyati shundan iboratki, bu jarayonni nafaqat butun bir iqtisodiyot darajasida balki, alohida individuallar faoliyati misolida o’rganish kerak. Shu jihatdan pul aylanishi jarayonini o’rganishda narxlar va xarid qilish qobilyati bo’yicha tatbiq etish har doim ham to’g’ri bo’lmasligi mumkin.
Yana bir iqtisodchi olim Helmut Creutz pul aylanishi tushunchasini xarid qilish jarayonidan tashqari qarz va qayta tolovlar miqdoriga ham bog’lab o’rganadi. Bu olim pul aylanishini 3 xil ko’rinishda turli jarayon bo’yicha tasvirlaydi.
Pul aylanishi to’lovlar va qarz bo’yicha olib qaralganda
Yuqorida keltirilgan jarayonni boshi ham oxiri ham mavjud emas. Ya’ni bu jarayonda qaralayotgan mablag’ qanaqa maqsadda ishlatilmasin, u to’xtovsiz harakatda bo’ladi. Bunda A, B…E lar iqtisodiyotdagi barcha sub’ektlar bo’lib, agar bu jarayonda masalan, A sub’ekt B ga xaridi uchun pul to’lagan bo’lsin. B sub’ekt esa bu pulni C ga qarz sifatida beradi va C o’sha pulga D dan tovar sotib oladi. E su’bekt esa A ning ko’rsatgan xizmati uchun to’lovni D dan qarz sifatida oladi. Bu jarayonda muomalada aylanayotgan pul tovar va xizmatlarga to’lov uchun 3 marta, qarz munosabati uchun esa 2 marta ishlatildi. Agarda B sub’ekt mablag’ini qarz munosabatiga yo’naltirmasa, bunda jarayon buzilishi mumkin.
To’lovlar va qarzdorlik to’lovlari bo’yicha pul aylanishi jarayoni:
Bu jarayonda A sub’ekt C dan tovar sotib oladi, C esa o’zining kreditorlik qarzini B ga to’laydi va natijada B sub’ekt E dan mahsulot sotib oladi. O’z navbatida E sub’ekt ham D ga o’z qarzini qaytaradi va D bu mablag’ga A da tovar yoki xizmatlar sotib olishi mumkin.
Pul aylanishi bank orqali yoki uni vositachiligida yuzaga kelganda:
Bunday jarayonda endi A sub’ekt B dan bank cheki orqali mahsulot sotib oladi va qolga jarayon ham yuqoridagi kabi davom etgan holda chek bo’yicha hamda bank vositachiligida to’lovlar amalga oshiriladi.
Buyuk iqtisodchi Karl Marks esa bu jarayonni asosan tovar va pulga bog’lab tushuntiradi. Unga ko’ra pul aylanishining ilk oddiy ko’rinishi talab va taklif asosida amalga oshiriladigan savdo-sotiq jarayonida vujudga keladi. Bunda sotish ham sotib olish ham va pul ham bir-biriga uzviy aloqador bo’lib, sotuvchi tovar yoki xizmatga, xaridor esa pulga ega bo’ladi. Shunga ko’ra, pul aylanishini asosiy vositasi asosan xarid vositasi sifatida namoyon bo’ladi va bu pul aylanishi jarayonida turli vazifalarni bajaradi.
Xarid qilish jarayonida pul sotuvchi qo’liga, tovar esa xaridor qo’liga o’tadi. Bu holatda esa tovar va pul qarama qarshi yo’nalishda harakat qiladi.45
Pul aylanmasi sub’ektlar o’rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlarning naqd va naqd pulsiz ko’rinishidir. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o’rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni amalga oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko’rinishi shakllari o’rtasida farq mavjud emasligi bo’lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob – kitoblarni amalga oshirish o’rtasida farq mavjud emas.
Pul aylanishi modeli uning ( yaratilishi ) muomalaga chiqarilishi va qaytishi bilan bog’liq izchil to’rt bosqichdan iborat:
banklar firmalarga kredit beradi;
firmalar o’z xodimlariga ish haqi to’laydi;
xodimlar firmalarning yaratgan mahsuloti, tavari, xizmatini xarid qiladi;
firmalar banklarga olgan kreditlarini qaytarib to’laydilar.
Grazianining fikriga ko’ra: “Pulning aylanish nazariyasi pulning butun aylanish davomiyligini muhokama qiladi, ya’ni bank qarzlarini berilishi bilan boshlanib, qarzlarni to’lanib so’ndirilishi bilan tugaydi.
Haqiqatda, aylanish modeli “pulning butun aylanish davri” ni yoritib bera olmaydi. Bank-firma munosabatlaridan tashqari , model real iqtisodiy va moliyaviy operatsiyalardan farq qilmaydi, banklar va moliyaviy vositachilar orasidagi farqlar tizimli emas; eski sanoat tushunchasiga asoslanib qayta mahsulot ishlab chiqaradi va xarid qiladi.46
Pul aylanmasidan tashqari to’lov aylanmasi degan tushuncha mavjud. To’lov aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha. To’lov aylanmasi-bu pul shaklidagi mablag’larning va pul bozori instrumentlarning vositasida amalga oshirilgan to’lovlarning yig’indisidir. To’lov aylanmasi – bu pullar va pul bozori instrumentlari harakatlari yig`indisidir.
Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi :
Veksellar;
Depozit sertefikatlari;
Jamg`arma sertefikatlari;
Obligatsiyalar;
Bank akseptlari.
Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko’rsatilgan boshqa tulovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan so’mmani to’lashga doir shartsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Tijorat veksellari – tijorat veksellari tovarlar kreditga sotilganda yoziladi. Vekselni mol etkazib beruvchi to’ldiradi. Sotib oluvchi esa vekselga mas’ul shaxsning imzosi va muhr qo’yadi. Ana shundan keyin veksel sotib oluvchining mol etkazib beruvchi oldidagi qarz majburiyatini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi. Tijorat vekseli pulning to’lov vositasi funktsiyasini bajaradi.Vekselni indassament orqali boshqa shaxslarga uzatish mumkin. Indassament-vekselni boshqa shaxsga uzatish huquqini beruvchi maxsus yozuv.Vekselni boshqa shaxsga uzatgan shaxs indossant deyiladi.Vekselni qabul qilib olgan shaxs indossat deyiladi.
Obligatsiyalar – o’z egasiga qat’iy belgilangan foiz ko’rinishida daromad keltiruvchi qimmatli qog’oz.
Davlatning xazina majburiyatlari.
Depozit sertifikatlari –bu tijorat banklari tomonidan korxonalar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog’oz.
Jamg’arma sertifikatlari –bu jismoniy shaxslar ixtiyoridagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni banklarga jalb qilish maqsadida chiqariladigan qimmatli qog’oz.
Cheklar– unda ko’rsatilgan summani to’lash to’g’risidagi topshiriqdir. Amaliyotda pullik cheklar va hisob kitob cheklari qo’llaniladi. Fredirik Mishkenning fikriga ko’ra cheklarning jiddiy kamchiligi ularni chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning katta ekanligidir. AQSh da har yili chekni muomalaga chiqarish uchun 40 mlrd.$ xarajat qilinadi.
Bank aktseptlari – aktsept so’zi lotincha so’z bo’lib qabul qilmoq degan manoni anglatadi. Bank aktsepti deganda bank tomonidan tijorat vekseli va chek bo’yicha to’lovning kafolatlanishi tushuniladi.
To’lov aylanmasining mutlaq asosiy 75-80% ini pul aylanmasi tashkil qiladi.Chunki pul eng yuqori likvidli aktiv hisoblanadi.
Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining deyarli barchasida “pul aylanmasi” va “to’lov aylanmasi” alohida – alohida o’rganiladi. Ularni bir – biridan farqlashda asosiy etibor hisob – kitoblarni amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to’lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadii. Keyingi yillarda hisob – kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob – kitob cheklarni joriy etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Xususan, AQSh, G’arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada naqd pul aylanmalarining ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadii.
Pul aylanmasini tashkil qilish asoslari:
Qonunchilik asoslari;
Institutsional asoslar;
Milliy to’lov tiziminig mavjudligi;
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning banklarda ochilgan joriy hisob varaqlarining mavjudligi;
Mamlakatning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro munosabatlarining mavjudligi.
Qonunchilik asoslari:
1) O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi;
2) Qonunlar va kodekslar;
3) Qonunosti hujjatlari:
a) O’zbekiston Respublikasi Przidentining farmonlari va qarorlari;
b)Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
c) Vazirliklarning buyruqlari, Davlat Qo’mitasi raislari buyruqlari, Markaziy bankning yo’riqnomalari (ular faqat Adliya Vazirligidan ro’yxatdan o’tgandan keyin kuchga kiradi).
Pul aylanmasi ikki yirik qismdan iborat:
Naqdsiz pul aylanmasi
Naqd pul aylanmasi
Naqdsiz pul aylanmasi – bu pul mablag’larining to’lovchining bankidagi hisob raqamidan oluvchining hisob raqamiga ko’chirish shaklidagi harakatlarining yig’indisidir.
Sobiq Ittifoq o’rnida tashkil topgan davlatlar o’zaro talab va majburiyatlarini voz kechish deb nomlanuvchi naqdsiz pul aylanmasi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |