Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslash



Download 0,85 Mb.
bet52/197
Sana30.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#105374
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   197
Bog'liq
cJKVCKrMgizUYe3ap34s03Mp7bj5irCe

Loyihalarni texnik iqtisodiy asoslash.

Yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi o’rinlarda TIA (TIH) deb ataladi) - investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashqiliy va moliyaviy-iqtisodiy echimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjati.

Loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) – bu investitsiya loyihasi bo’yicha uni amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi va samara berishga qaratilgan kompleks hisob-tahlil xujjatlar, ya’ni asosiy texnik va tashkiliy qarorlar, smeta-hisob, baholash va boshqa bir qancha ko’rsatkilarni qamrab olgan xujjatlar to’plamidir.

Loyihani moliyalashtirish to’liq yoki qisman byudjet yoki byudjetdan tashqari fondlar, vazirliklar va uyushalarning markazlashtirilgan resurslari, davlat korxonalarining o’z mablag’lari hisobidan amalga oshirilayotgan bo’lsa, loyihani texnik-iqtisodiy asoslash majburiy tarzda amalga oshiriladi.

Loyihani moliyalashtirish boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilayotgan bo’lsa, investitsiyaning samaradorligi to’g’risidagi, loyihani texnik-iqtisodiy asoslash zarurligi yoki zarur emasligi to’g’risidagi qarorni investorlarning o’zlari mustaavishda belgilaydi.

Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash loyihadan oldingi injener-konstruktorlik, texnologik va qurilish qarorlari, muqobil variantlarni taqqoslash va tanlab olingan aniq loyihani asoslash ishlarini bajarishni taqazo etadi. Bu jarayonda loyihaning ihtisodiy (tijorat va moliya) samaradorligi, tabiatni muhofaza qilish bilan bog’liq bo’lgan ishlar (ekologik) chuqur va har taraflama o’rganib chiqiladi.

Loyihani texnik-iqtisodiy asoslash investorlar (kreditorlar)ga qurilayotgan korxona (ob’ekt) moliyaviy jihatdan barqaror va to’lovga qobiliyatligini asoslash uchun ishlatiladi va ular tomonidan kiritiladigan mablag’lariga to’lovlarni (dividend yoki foiz) o’z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo’lishi asoslanadi. Odatda texnik-iqtisodiy asoslash ishlari loyihachi tashkilotlar tomonidan buyurtmachi o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan olib boriladi. Shartnomaga byurtmachi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun texnik-iqtisodiy asoslashning talablari ilova qilinadi.



Investitsiya loyihasi bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash loyiha bo’yicha barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olgan bo’lishi kerak. Investorlar shu ma’lumotlar tahliliga asoslangan holda loyihaga mablag’larni investitsiya qilish yoki qilmaslik to’g’risida qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Loyiha bo’yicha texnik-iqtisodiy asoslash ishlari yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tijorat, texnik, tadbirkorlik va boshqa xavf-xatarlarni o’rganib chiqish nuqtai-nazaridan tuzilgan bo’lishi va kelajakda bunday xavf-xatarlar korxonaning samaradorligiga ta’sir qilmasligi yoki juda ham kam miqdorda ta’sir qilishini hisobga olgan holda tayyorlanishi kerak.
6. Loyiha muhiti. Ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorgarlik, loyiha-qidiruv bosqichlari va qurilish bosqichi hamda iqtisodiy ko’rsatkichlar monitoringi. Loyihaviy tahlilning mohiyati va strukturasi.
Korxonaning loyihaga ta’sirini, ya’ni loyihaning ichki muhiti omillarini ko’rib chiqamiz.

Korxona raxbariyati – loyihaning maqsadi va asosiy talablarini aniqlashning bosh manbai xisoblanadi. Korxonaning rivojlanish strategiyasidan kelib chiqib, raxbariyat mutaxassislarning aloxida talablarini umumlashtiradi. Bunga raxbariyatning maxsus talablari qo’shiladi, loyihani amalga oshirish talabi, bo’linmalar va korxona mutaxassislari va x.k.lar tomonidan loyihaning maqsad va talablarini to’g’rilash (korrektirovka) tartibi va uslubiyati.

Moliya soxasi ­– maxsulotni seriyali ishlab chiqarish va loyiha xarajatlarini qoplash uchun kalkulyatsiyalar xisobi bilan loyihaning byudjet doirasini xamda loyihani moliyalashtirish usullari va manbalarini aniqlaydi.

Sotish soxasi – loyihaning muxim talab va shartlarini tashkil qiladi, bu esa sotish bozorlari va sotib oluvchilarni qarorlari bilan aniqlanadigan, raqobatchilarning mavjudligi va xarajatlar bilan bog’liq.

Tayyorlash soxasi – ishlab chiqarish vositalari bozori bilan bog’liq va o’zining maxsus talablarini oldinga suradi, masalan: texnologiya va uskunalardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar, turib qolgan ishlab chiqarish maydonlarini ishga tushirish talabi, ma’lum texnologik jarayonlardan voz kechish, ishlab chiqarish vositalari bozori imkoniyatlarining loyiha talablariga mos kelishi va xakazo.

Moddiy ta’minot soxasi – xom ashyo va yarim tayyor maxsulotlar bozori bilan bog’liq va maqbul narxlarda xom ashyo, material va uskunalar bilan ta’minlash imkoniyatidan kelib chiqib, loyihaga o’zining talablarini qo’yadi.

Infrastruktura soxasi – turli xizmatlar bozori bilan bog’liq va loyihaga va uning ta’minotiga o’z talablarini qo’yadi. Bunga, reklamaga, transportga, aloqa telekommunikatsiyaga, informatsion va boshqa tur ta’minotga bo’lgan talablar kiritiladi.

Ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish va ulardan foydalanish soxasi – atrof muxit ximoyasi xizmati va talablari xamda ishlab chiqarish chiqindilaridan oqilona foydalanish bilan bog’liq.

Korxonaning boshqa bo’linmalari tomonidan xam boshqa talablar xam bo’lishi mumkin.

Loyixa raxbari, uning jamoasi va loyiha menejmenti va vazifalariga quyidagilar kiradi: loyihaga bo’lgan jami talablarni yig’ish; barcha aloqador qatnashchilar loyiha ma’lumotlari bilan ta’minlash; talablarni qondirish imkoniyatlari va darajasini aniqlash; loyiha talablari va ularning o’zgarishlari to’g’risida ma’lumotlarni yig’ish shakli va ko’lamini aniqlash; loyiha muxiti dinamikasi bashoratining shakllanishi; prioritetlarni baxolash me’yorlari va talablar ierarxiyasining shakllanishi; bajarish uchun majburiylarda «mayda istaklar»gacha.

Korxona muxiti xam loyihaga xam korxona ichidan xam bevosita katta ta’sir ko’rsatadi. Korxona muxitiga quyidagilar kiradi:

Siyosiy xarakteristikalar va omillar: siyosiy barqarorlik; loyihaning xukumat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi; milliylining yuzaga chiqishi; jinoyatchilik darajasi; ishtirokchi mamlakatlar bilan savdo balansi; xarbiy birlashmalarda ishtirok etish.

Iqtisodiy omillar: milliy xo’jalik strukturasi;javobgarlik va mulkiy xuquqlar turlari, jumladan, er xuquqi; tarif va soliqlar, sug’urtalash; inflyatsiya darajasi va valyuta barqarorligi; bank tizimining rivojlanganligi; investitsiyalar va kapital qo’yilmalar manbalari; tadbirkorlik erkinligi va xo’jalik mustaqilligi darajasi; bozor infrastrukturasi rivojlanganligi; baxolar darajasi; bozorlar xolati; savdo, investitsiyalar, ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va maxsulotlar, ishchi kuchi va boshqalar.

Jamiyat – uning xarakteristikalari va omillari: xayot darajasi va sharoitlari,ta’lim darajasi; ko’chib yurish erkinligi, «kirish-chiqish», mexnat qonuniyligi, chiqish (zabastovka)larni taqiqlash; sog’liqni saqlash va meditsina, dam olish sharoitlari; jamoat tashkilotlari, pressa, televidenie; maxalliy axolini loyihalarga munosabati.

Qonun va xuquq: inson xuquqlari; tadbirkorlik xuquqlari; mulkka egalik xuquqlari; sug’urta va imtiyozlar berish to’g’risidagi qonun va normativ aktlar.

Fan va texnika: fundamental va yordamchi fanlarning rivojlanish darajasi; informatsion texnologiyalar va kompyuterlashtirish darajasi; sanoat va ishlab chiqarish texnologiyalari; energetik tizimlar; transport tizimlari; aloqa va kommunikatsiya.

Madaniyat: savodxonlik darajasi; tarix, madaniyat, urf-odatlar, din; madaniy talablar; xayot ta’limoti, ish, dam olish, sport va boshqalar.; natijalar sifatiga va mexnat sharoitlariga bo’lgan talablar darajasi.

Tabiiy va ekologik omillar: tabiiy iqlim sharoitlari; xarorat, yog’inlar, namlik, shamollar, dengiz satxidan balandlik, seysmiklik, landshaft va monografiya va boshqalar; tabiiy resurslar, transport tizimlari bilan aloqa va joylashuv; sifat bo’yicha standartlar; xavo yo’llari, suv manbalari va tuproq qatlami; atrof muxitga sanitar talablar; atrof muxitni muxofaza qilish bo’yicha qonunchilik; tendentsiyalar tasnifi va ekologik tizimlarning xolati: xavo, suv va tuproq.

Infrastruktura xarakteristikalari va omillari: transport vositalari. Aloqa va kommunikatsiya, yuk tashish, EXM tarmoqlari va informatsion tizimlar; energiya ta’minoti; aloqa xizmatlari; xom ashyo va xizmatlar; xo’jalik tarmoqlari, logistika va material texnik ta’minot; sanoat infrastrukturasi; xizmat ko’rsatuvchi tizimlar va boshqalar.

Loyixa taxlilining moxiyati va vazifalari

Loyixa taxlili – xarajatlar va daromadlar xamda loyiha bilan bog’liq bo’lgan qaltislikni (tavakkalchilikni) tizimli baxolash va ochib berish asosida loyihalarni tayyorlash, baxolash va tanlab olish usulidir. Loyixa taxlilining katta qismi loyiha davrining dastlabki bosqichida, ya’ni uni qabul qilish yoki qilmaslik to’g’risida qaror qabul qilingungacha amalga oshiriladi.

Loyixaning daromadliligini aniqlash loyiha taxlilining vazifasi xisoblanadi. Daromadlilik esa loyihadan olinadigan daromad bilan unga qilingan xarajatlar o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Ya’ni loyihaning daromadliligini aniqlash uchun uning barcha natijalarini aniqlash xamda loyihadan olingan daromadlar unga qilingan xarajatlardan ortish yoki ortmasligini xisoblab ko’rish kerak. Chunki loyihani amalga oshirish uchun bugun qilinayotgan xarajatlar bilan undan qandaydir vaqt o’tgandan keyin olinadigan daromadlarni bevosita solishtirib bo’lmaydi. Loyixaning ko’pgina aktivlari va inshootlari uzoq muddat xizmat qilishi buning sababi xisoblanadi. Loyixaning ayrim xarajatlari va natijalarini, masalan, qurilish ishlari xarajatlarini o’lchash va baxolash oson. Boshqalarini esa o’lchash oson, lekin baxolash ancha qiyin. Masalan: xodimlarni o’qitish xarajatlari va natijalarini miqdoriy va sifat jixatdan o’lchash oson lekin real natijalarini baxolash ancha murakkab.

Nixoyat, ayrim loyihalar natijalarini, masalan loyihalarning an’anaviy faoliyat turlariga ta’sirini o’lchash xam, baxolash xam qiyin.

Loyixa xarajatlari turli xilda bo’lishi tufayli loyiha xar xil nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi.

  1. Loyixa texnik jixatdan asoslanganmi?

  2. Loyixa tijorat talablariga javob beradimi?

  3. Loyixa o’z-o’zini moliyaviy jixatdan qoplaydimi?

  4. U iqtisodiy jixatdan o’zini oqlaydimi?

  5. Loyixa atrof -muxitga qanday ta’sir o’tkazadi?

  6. Loyixa maxalliy ijtimoiy - madaniy xususiyatlarni xisobga olganmi?

  7. Loyixani amalga oshirishning institutsional (tashkiliy) imkoniyatlari bormi?

Ijobiy natijalar yalpi xarajatlardan ortish-ortmasligini aniqlash zarur. Xarajatlarni taxlil qilish uchun quyidagi savollarga javob olishimiz kerak:

  • Loyixaning biz istagan natijasi qanday?

  • Loyixa xarajatlarini kim ko’taradi va uning ijobiy natijalaridan kim foydalanadi?

  • Loyixaning ijobiy natijalari qachon va qaerda paydo bo’ladi?



Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish