4. Likvidatsion faza. Investitsiya loyihasini amalga oshirish oqibatida likvidatsiya amalga oshirilishi yuz bergandagi jarayon hisoblanadi. Bu fazada investorlar va ob’ektdan foydalanuvchilar asosiy vasitalarning amaortizatsi bilan birgalikdagi qiymatini aniqlaydi, uning mumkin bo’lgan bozor qiymatini baholaydi, ularni sotish yoki hisobdan chiqarish asoslarini o’rganib chiqadi.
Likvidatsiyaning kelib chiqishiga investor rejasining o’zgarishi, loyihani amalga oshirishda mablag’larning etishmasligi yoki maqsadsiz ishlatilishi, hisob-kitoblarning noto’g’ri olib borilganligi va unda yo’l qo’yilgan xatolar, boshqa muqobil loyihalarning paydo bo’lishi va boshqa omillar sabab bo’lishi mumkin. Agar loyihani yangilash g’oyasi, ehtimolligi, imkoniyati paydo bo’lgan bo’lsa, u holda loyihani tugatish, korxonani yopish jarayoni loyihaning tashkiliy strukturasini keyingi yangilash va ishni yangidan boshlash imkoniyatlari ko’rib chiqilishi lozim.
Investitsiyalashdan oldingi va investitsiya bosqichi investitsion loyihalashtirishga, ishlab chiqarish bosqichi esa maxsus tashkiliy tartib qoidalariga (ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish, rejalashtirish, moliyalashtirish, tahlil, menedjment va boshqalar) taalluqlidir.
Sanoatga ta’luqli bo’lgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish yuqorida ta’kidlab o’tilgan uchta bosqichdan iborat jarayon tariqasida taqdim etilishi mumkin. Ularning har biri maslahat berish, loyihalashtirish, ishlab chiqarish kabi faoliyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak.
5. Loyihaning dastlabki rejasi. Investitsiya oldi tadqiqotlari. Loyihani hayotiyligini baholash. Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) va texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) ishlab chiqish tartibi, kelishuvi va tasdiqlanishi.
Investitsiya oldi fazasi natijasi bo’lib, investitsiya loyihasining kengaytirilgan biznes - rejasi hisoblanadi.
Rejalashtirish har qanday tadbirkorlik tizimida hajmidan qat’iy nazar uning ajralmas qismidir. Ilg’or texnologiya va bozor tadqiqotlarining natijalari, yangi ish tashkili va tadbirkorlik rejalarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy – boshqaruv va moliya muammolarini hal qilish biznes rejada aks etishi kerak.
Biznes – reja – bu hujjat, unda aniq vaziyatda biznesning mohiyati, boshlanish imkoniyati, davomi va uning kengaytirilishi aks etadi.
Biznes – reja tadbirkor tomonidan ishlab chiqiladi, agarda boshqa muammolar bo’yicha maslahatlar kerak bo’lsa, bu ishga boshqa soha mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
Odatda bunday rejalar 1-3-5 yil muddatga tuziladi. Tadbirkor tomonidan birinchi yildagi olinadigan samara oylar bo’yicha batafsil, keyingi yili – choraklar bo’yicha, keyinchalik yil bo’yicha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |