1. Kapital tarkibining nazariy asoslari. Kapital qiymatini baholash. Loyihaning kapital byudjetini ishlab chiqish va u bo’yicha qarorlar qabul qilish.
Respublikamiz bozor munosabatlariga o’tish sharoitida turli mulkchilik shakllariga asoslangan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ko’paytirish, jumladan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik biznesni rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylanib qoldi. Mustaqillik qo’lga kiritilgandan so’ng markazlashgan investitsiyalarning investitsion loyihalarga safarbar etilishi mamlakat iqtisodiyoti va ishlab chiqarish infrastrukturasini rivojlantirish davlatimiz investitsion siyosatining asosiy yo’nalishlariga aylandi. Hukumatimiz buning uchun qulay investitsion muhitni yaratgan va zarur chora-tadbirlar amalda qo’llanilmoqda.
Har bir korxona o’z taraqqiyoti uchun va joriy rejalarini amalga oshirish faoliyatini moliyalashtirish uchun mablag’ manbalariga ehtiyoj sezadi. Kapital, korxona ihtiyoridagi aktiv mablag’lar manbasidir. Ularni qisqa va uzoq muddati aktivlarga bo’lish mumkin. Moliyalashtirishning u yoki bu manbasini jalb qilish kapitalning ma’lum xarajatlari bilan bog’liq: aktsionerlar uchun dividendlar, banklardan olgan ssudalari uchun, investorlar qilingan investitsiyalari uchun foizlardir. Ma’lum hajmdagi moliyaviy resurslarni qo’llaganligi uchun to’lash kerak bo’lgan mablag’larni umumiy summasi foizda umumiy hajmga nisbatan yaratilgan boylikning kapital bahosi deyiladi. Qoida bo’yicha joriy aktivlar qisqa muddatli, uzoq muddatda foydalanishi esa uzoq muddatli mablag’lar manbasi hisobiga moliyalashtiriladi. Buning natijasida sarf qilinishiga ketadigan xarajatlar umumiy summasi shakllanadi.
Kapital bahosi konsepsiyasi kapital nazariyasida asosiy konsepsiyalardan biridir. U investitsiya qilingan kapitalning rentabellik darajasini xarakterlaydi. Rentabellik darajasi, korxonaning bozor qiymatining kamayib ketmasligi uchun ta’minlanib turishi kerak.
«Mazkur kompaniya kapital bahosi» va «Kapitalni baholash» tushunchalarini ajrata bilish kerak. Birinchi tushuncha kompaniyaning o’z investorlari va kreditorlari oldidagi yillik xarajatlarini miqdori ifodalaydi. Ikkinchi tushuncha turli xil ko’rsatkichlar bilan ifodalanishi mumkin. Masalan, o’z kapitali xajmida firma bahosi va boshqalar, ya’ni mutloq ko’rsatkichlar. Shuni ham aytib o’tish kerakki, ular nafaqat sifat jihatidan balki miqdor jihatidan ham o’zaro bog’liqdir. Agar kompaniya daromadliligi kapital bahosidan kam bo’lgan investitsion loyihada ishtiroki bo’lsa, u holda uning kapitallashgan qiymati bu loyiha yakunida kamayadi. Shunday yo’l bilan kapital bahosi investitsion xarakterga ega masalalarini hal qilish nazariyasi va amaliyotida asosiy element bo’lib hisoblanadi.
Korxona balans passivi tarkibi shuni ko’rsatdiki, uning asosiy ko’rinishi quyidagilardir: ichki manbalar (mulkdorlar va qatnashuvchilarning ustav kapitali ko’rinishidagi mablag’lari, taqsinlanmagan foyda va o’z mablag’lari fondi) uzoq muddatli qarz mablag’lari (ssudalar), shuningdek banklar yoki boshqa investorlarning qarzlari va uzoq muddatga jalb qilingan mablag’lar (kreditorlar).
Bank o’z kapitali tushunchasini keng ochib berish uchun shuni aytib o’tish kerakki, bank nazariyasida bank o’z mablag’i va o’z kapitali tushunchalari farq qiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan «o’z mablag’i» tushunchasi – keng ma’noli, u o’z ichiga bankning ichki faoliyati jarayonida tashkil topgan hamma passivlarni (bankning ustav rezerv va boshqa fondlari, bank tashkil qilingandagi hamma rezervlarni, taqsimlanmagan foyda va joriy yil foydasini) oladi.
Bankning o’z kapitali – bu hisob-kitob bilan aniqlanadigan kattalik. U iqtisodiy ma’nosiga ko’ra bank kapitali funktsiyalarini bajaradigan o’zlik mablag’larni ichiga oladi.
Bankning o’z kapitali – bank vaqtinga jalb qilgan qarz mablag’laridan farqli o’laroq, bevosita bankning o’ziga tegishli bo’lgan mablag’lardir. Bank kapitalining boshqa korxonalar kapitalidan farqli shundaki, bankning o’z kapitali aylanma mablag’larining 10 foizini, korxonalarda esa u taxminan 40-50 va undan ortiq foizini tashkil etadi. Bank kapitaliga bankning o’z mablag’larining asosiy elementlari kiradi, ya’ni qonunchilikka muvofiq tashkil topgan asosiy fondlar, bank faoliyatini ta’minlash maqsadida ichki manbalar hisobiga tashkil topgan rezervlar kiradi. Ular quyidagi shartlarga javob berishlari kerak:
- bank faoliyatining barqarorligi;
- kreditor huquqlari bo’yicha subordinatsiyalanganlik;
- qayd qilib yozilgan daromadlarning yo’qligi.
Bankning o’z kapitali deganda, bankning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga, ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplashga qaratilgan maxsus tashkil qilinadigan fond rezervlarni tushunishimiz kerak. Bank kapitaliga ustav kapitali, rezerv kapitali, ta’sis foydasi, bank ixtiyorida qoldirilgan o’tgan va joriy yilda taqsimlanmagan foydasi, turli risklarni qoplash uchun tashkil qilingan rezervlar kiradi va bank faoliyatida muhim funktsiyalarni bajaradi.
Bank kapitali I va II darajali kapitaldan iborat bo’ladi:
I darajali kapital quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) to’liq to’langan va muomalaga kiritilgan oddiy aktsiyalar;
b) nokumulyativ imtiyozli aktsiyalar. Bu aktsiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga, egasining xohishiga ko’ra sotib olinish imkoniyatiga ega emas. Bank aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq, ular bo’yicha dividentlar to’lanmasligi mumkin;
v) qo’shimcha kapital-oddiy va imtiyozli aktsiyalar bozor narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi;
g) taqsimlanmagan foyda:
- kapital zahiralar;
- avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi.
- joriy yil zararlari.
d) aktsiya egalari kamchiligining birlashgan korxonalar aktsiyadorlik hisobvaraqlarida o’sishi. Bu ulush shub’a korxonalari hisobvaraqlari bank moliyaviy hisobotlarida birlagtirilganda va bank ulushi bunday korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda vujudga keladi.
II darajali kapital quyidagilardan iborat:
a) joriy yildagi sof foyda;
b) riskni hisobga olgan holda aktivlar summasining 1,25 foizi va hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdordagi umumiy zahiralar. Nokumulyatsiyativ muddatsiz aktsiyalar, ya’ni imtiyozli aktsiyalar. Bu aktsiyalar muayyan sotib olish sanasi va shartlariga egasining xohishiga ko’ra sotib olinish imokoniyatiga ega emas. Bank aktsiyadorlarining umumiy yig’ilishi qaroriga muvofiq, ular bo’yicha dividentlar to’lanmasligi mumkin;
v) hisob-kitoblardan so’ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan miqdorda aralash turdagi majburiyatlar;
g) subordinar qarz bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo’lib, bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so’ng I darajali kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi subordinar qarz to’lash muddati etib kelgunga qadar oxirgi 5 yil davomida yiliga 30 foizga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga kiruvchi subordinar qarzlar garov ta’minotiga ega bo’lmasligi,bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo’yicha talablar depozitlar talablari qondirilgandan so’ng amalga oshirilishi, boshlang’ich to’lov muddati 5 yildan ortiq bo’lishi lozim.
Rezerv kapitali – bankning umumiy va maxsus maqsadlari uchun, masalan, devalvatsiya uchun zahira, trast operatsiyalari bo’yicha biznes uchun zahira, ko’zda tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun zahira va boshqa maqsadlar uchun, yaratgan zahirasining hisobi 30903-30906 balans hisobvaraqasida olib boriladi. Ushbu zahira bankning taqsimlanmagan foydasi hisobiga tashkil etiladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan so’ng sof foyda hisobiga shakllangan zahiralardir. Ushbu zahiralarga ajratiladigan chegirmalar miqdori ochiq e’lon qilinadigan hisobotda ko’rsatilishi lozim. Zahiradan bank faoliyatida vujudga keladigan turli zararlarni, ular yuzaga kelishi bilanoq hech qanday cheklashlarsiz qoplash uchun foydalaniladi. Bunda mazkur zahiralar hisobiga qoplanadigan barcha zararlar foyda va zararlar hisobida aks ettiriladi. 30903-umumiy zahira fondi bo’lib, bu hisobvarag’i bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan umumiy maqsadlar, masalan bank faoliyatining kengaytirish, bank uchun zarur vositalarni sotib olish va ko’zda tutilmagan xarajatlar, tabiiy ofatlar natijasidagi zararlar uchun va hokazalar uchun tashkil etgan zahirasi hisobini yuritish uchun mo’ljallangan. 30906-Devalvatsiya uchun zahira bo’lib, bu hisobvaraqda milliy valyutaning devalvatsiyasi natijasida ko’rishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zahiraning hisobi yuritiladi. Ushbu zahira mablag’lari bankning taqsimlanmagan foydasining ma’lum qismidan va valyutadagi bank aktivining ustav kapitaliga tegishli ekvivaletini qayta baholash natijasida hisoblangan mablag’lardan tashkil topgan. Maxsus zahiralar – «standart», «substandart», «shubhasi» va «umidsiz» deb tasniflangan kredit va lizing operatsiyalari yoki boshqa alohida muayyan aktivlar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash uchun zahira tashkil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |