Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi



Download 0,85 Mb.
bet73/197
Sana30.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#105374
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   197
Bog'liq
cJKVCKrMgizUYe3ap34s03Mp7bj5irCe

Taqsimlanmagan foyda. Bu hisobvarag’i bankning butun faoliyati davomida olgan foydasining taqsimlanmagan qismini hisobini yuritish uchun mo’ljallangan. O’z ichiga quyidagi hisobvaraqlarni oladi: yillik, sof foyda, boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholanganda qo’shimcha qiymat. Bank kapitalining 3 ta asosiy funktsiyalarini ajratib ko’rsatishimiz mumkin. Bular: himoya, operativlik va tartibga solish funktsiyalaridir. Bank omonatlari manfaatlarini himoya qilish bankning o’z kapitalining asosiy funktsiyasi bo’lib xizmat qiladi. Chunki bank aktivlarining asosiy qismi omonatchilar hisobiga tashkil topadi. Bundan tashqari bank kapitali aktsionerlar risklarini kamaytiradi.

Himoya funktsiyasi zarar ko’rish xavf tug’ilganda aktiv rezervlar shakllantirish yo’li orqali bankning to’lov qobiliyatini saqlab qolish, mabodo bank tugatilganda omonatchilarga kompensatsiya to’lash imkoniyatini beradi. Bu esa, o’z navbatida, bankning keyingi faoliyat ko’rsatishiga keng yo’l ochib beradi. Lekin shuni e’tiborga olishimiz kerakki, tijorat banklari ko’pgina korxonalardan farqli o’laroq o’zlarining to’lovga qobiliyatligini joriy bank daromadi hisobiga ta’minlaydilar va faqatgina zararning bir qismi kapital hisobiga qoplanadi.

Kapital o’ziga xos himoya yostig’i rolini o’ynab, yirik ko’zda tutilmagan xarajatlar sharoitida bankka o’z operatsiyalarini davom ettirish imkoniyatini beradi. Shu kabi chiqimlarni moliyalashtirish uchun bankning o’z kapitali ichiga kiruvchi turli xil rezerv fondlar mavjud. Lekin mijozlarning ssudalarni ommaviy qaytarilmasligi yuz berganda, zararni qoplash uchun aktsionerlik kapitali bir qisminigina ishlatish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bank o’z kapitalining mavjudligi uning imkonligi va likvidligining birinchi shartidir.

Bank o’z kapitalining himoya funktsiyasiga qaraganda operativlik funktsiyasi ikkinchi darajali hisoblanadi. U bankning o’z mablag’larini er, bino, inshoot, jihozlarni qoplash uchun moliyaviy rezervlarni shakllantirishga ajratilishni o’z ichiga oladi. Bu moliyaviy resurslar manbai bank ishi faoliyatining birinchi bosqichlarida, ta’sischilar bilan bir qatorda birinchi navbatdagi xarajatlarni amalga oshirishlarida juda keraklidir. Bank rivojlanishining keyingi bosqichlarida bank kapitalining roli muhim bo’lib, bu mablag’larning bir qismi to’g’ri rezervlarni tashkil qilish uchun uzoq muddatli aktivlarga sarflanadi. Garchi zararni qoplashning asosiy manbai foyda jamg’arish bo’lsa ham zararni qoplash uchun yangi aktsiyalar chiqarishadi yoki uzoq muddatli qarz olinadi.

Bankning o’z kapitali tartibga soluvchi funktsiyani ham bajaradi. Bank kapitali ko’rsatgichi yordamida davlat organlari bank faoliyatiga baho beradilar va nazorat qiladilar. Odatda, bank o’z kapitaliga uning minimal miqdori, aktivlar me’yori va boshqa bank aktivlarini sotib olish shartlari bo’yicha talab qo’yiladi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan iqtisodiy me’yorlar, asosan, bankning o’z kapitali hajmidan kelib chiqadi. Tartibga soluvchi funktsiyaga kapitalni ssuda va investitsion operatsiyalarni chegaralash maqsadida ishlatish ham kiradi.

Bankning ustav fondini o’zgarishi ustav fondi miqdorining oshirilishi va kamaytirilishi shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Bankning ustav kapitali qo’shimcha aktsiyalarni joylashtirish yoki aktsiyalarning nominal qiymatini ko’tarish yo’li bilan oshirilishi mumkin.

Bank ustav kapitali aktsiyalar kapital qiymatini pasaytirish yoki aktsiyalar umumiy sonini qisqartirish, jumladan, keyinchalik ularni to’lash sharti bilan sotib olish orqali kamaytirilishi mumkin. Agar bank ustavida ko’zda tutilgan bo’lsa aktsiyalarni bir qismini sotib olish va ularni to’lash yo’li bilan bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat beriladi. Agar kamaytirish natijasida ustav kapitalining eng kam miqdoridan kamayib ketsa, bank ustav kapitali miqdorini kamaytirishga ruxsat berishmaydi. Aktsiyalarning nominal qiymati pasaytirilganda aktsiya narxi va yangi nominal qiymat o’rtasidagi farq aktsiyadorlarga qaytariladi. Ustav kapitalini kamaytirish uchun tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish deportamentiga iltimosnoma va ustav kapitalini kamaytirish to’g’risida aktsiyadorlar umumiy yig’ilishning qarori topshiriladi. Rozilik bir oy muddatda beriladi. Ustav kapitalining kamaytirilishi yoki oshirish omonatchilar manfaatlariga va bank moliyaviy ahvoliga xavf solsa yoki bir aktsiyador ulushi belgilangan normadan oshib ketsa, Markaziy bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat bermaydi.

Markaziy bank o’z xulosasini asoslangan holda bir oy ichida yozma ravishda tijorat bankiga yuboradi. Shuni aytish kerakki, bank kapitalining asosiy maqsadi – riskni kamaytirish va kapitalning moliyaviy resurslar bozoriga kirish yo’lini ta’minlashdadir. Bank kapitali operatsion xarajatlarni moliyaviy bozorlarga erkin kirib borishini ta’minlash orqali kamaytiradi. Bank kapitali doimiy manbalardan odatdagi stavkalarda qarz olishga imkon beradi.

Katta miqdordagi kapital bankning barqaror obro’sini va omonatlar ishonchini ta’minlaydi.

Yuqorida aytilgan bankning o’z kapitalining funktsiyalaridan xulosa qilib aytsak, bankning o’z kapitali – bank tijorat faoliyatining asosidir. U bank mustaqilligini va turli risklar bo’yicha salbiy oqibatlarni oldini olish bo’lib, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.




Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish