Toshkent moliya instituti amanov a. M


do‘stingizga yoki partadosh



Download 2,75 Mb.
bet7/25
Sana27.03.2022
Hajmi2,75 Mb.
#512560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Bog'liq
2 5323626712309699883

do‘stingizga yoki partadosh
talaba-qizga ishonmang!
Tanasi boshqa – dard bilmas!”
Kurs ishi rejasini tuzishda bironbir qolipning, yagona shaklning bo‘lishi mumkin emas. Lekin aksariyat mavzular uchun tuzilgan rejalar savollari o‘rganilayotgan mavzuning
nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslarini, izlanish obyektidagi amaliyot
holati tahlilini, izlanish uchun asos qilib tanlangan muayyan ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish yo‘llarini qamrab olishi kerak.
Kurs ishinig mazmuni va hajmiga ma’lum chegaralar qo‘yilgan, ya’ni kurs ishi 3-3,5 ming so‘z birligi, yoki 35-40 varaq hajmida bajarilishi kerak, shunday ekan, rejada ham shu hajm doirasida yoritib berish mumkin bo‘lgan savollar qo‘yilishi maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, talabaning qiziqishlaridan, fikrlash doirasining kengligidan, to‘plangan adabiyotlar va amaliy ma’lumotlarning ko‘lamidan, talabaning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan layoqatidan kelib chiqqan holda, kurs ishi rejalari turli-tuman, cheklanmagan variantlarda, ixtiyoriy talqinda bo‘lishi mumkin. Muhimi, ishlab chiqilgan reja tanlangan kurs ishining mazmun-mohiyatini, maqsad va vazifalarini ochib berishi, o‘rganilgan muammo yuzasidan mustaqil xulosalarni shakllantirishga xizmat qilishi kerak. Ushbu Ko‘rsatmalardan foydalanuvchilarga amaliy yordam sifatida bir necha mavzu bo‘yicha tuzilgan kurs ishi rejalari namunalari qo‘llanmaning 4-ilovada keltirilgan.

IV. ADABIYOTLARNI O‘RGANISH VA AMALIY MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH


Reja tuzilgach va rahbar bilan tuzilgan reja xususida kelishib olingach, to‘plangan adabiyotlarni yaqindan o‘rganish va asosiy nazariy xulosalarni konspektlashtirishga kirishish mumkin. Bu bosqichda talaba adabiyotlardan tegishli mavzularni chuqur va har tomonlama o‘rganishi va shu tariqa to‘plagan bilimlarini rejaga asoslangan holda guruhlab olishi lozim. Talaba adabiyotning u yoki bu bo‘limini o‘rganib chiqib, to‘plangan ma’lumotlarni kurs ishining qaysi bobida aks ettirishni o‘ylab ko‘rishi kerak. Bu ishni avval kurs ishi bo‘yicha tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni o‘rganishdan boshlash maqsadga muvofiq, so‘ng ilmiy tadqiqot ishlari va amaliy qo‘llanmalarni o‘rganib chiqish mumkin. Bundan tashqari, o‘rganilayotgan mavzuga taalluqli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, amaliyotda qo‘llanilayotgan yo‘riqnomalar va me’yoriy hujjatlarni o‘rganib chiqish va kurs ishining u yoki bu savolini yoritishda ulardan foydalanish kurs ishini yozishga qo‘yiladigan asosiy talablardan hisoblanadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi, har moliya yili uchun qabul qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorlari va boshqa qonuniy-huquqiy va me’yoriy xujjatlarni tegishli tarzda o‘rganib chiqish va kurs ishini yozish jarayonida ulardan foydalanish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, Prezident asarlari, ma’ruzalari va nutqlaridan foydalanish, ularda belgilab berilgan vazifalarning bajarilish darajasini mavzuga bog‘lab o‘rganish va kurs ishida maqsadga muvofiq aks ettirish tavsiya etiladi.


Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish