10,0‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining vakolat mudddati necha yil?
5 уП.
6 yil.
7 yil.
8 yil.
BOB. TIJORAT BANKLARI VA ULARNING
FUNKSIYALARI
Tijorat banklari va ulaming tashkil topishi
Tijorat banklari mamlakat bank tizimining ikkinchi bo‘g‘inidagi moliyaviy muassasa hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari va iqtisodiy adabiyotlarda tijorat banklari jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglarini jalb qilib, ushbu mablaglami tegishli shartlar (tolovlilik, qaytarishlik, muddatlilik, ta’minlanganlik, maqsadlilik) asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlariga joylashtiradigan, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarga tolov hisob- kitoblami amalga oshirish bo^icha xizmat ko'rsatadigan tijorat tashkilotlari sifatida tasniflanadi.
Zamonaviy sharoitda tijorat banklarining jismoniy va yuridik shaxslarga ko^satadigan vositachilik operatsiyalari va xizmat turlari ortib bormoqda. Tijorat banklarining ushbu munosabatlari tijorat asosida tashkil etiladi. Bundan kolinib turibdiki, tijorat banklarining faoliyati tijoratga asoslangan bolib, ulaming asosiy faoliyati yuqori darajada foyda olishga yo‘naltiriladi. Biroq, tijorat banklari ishlab chiqarish korxonalaridan farqli olaroq, o‘z foydasini qo'shimcha qiymat ishlab chiqarish hisobidan emas balki, korxona, tashkilotlar va aholi ixtiyoridagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablaglarini tegishli shartlar asosida jalb qilib, ushbu mablaglarga ehtiyoji mavjud bolgan shaxslarga tijorat yo‘sinda berish orqali foydasini shakllantiradigan o‘ziga xos moliyaviy muassasa hisoblanadi.
O'zbekistonda tijorat banklarining tashkil etilishi bevosita mustaqillik yillariga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar “bank tizimini faqatgina bir necha banklar, ya’ni SSSR Davlat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki, Qurilish banki va Davlat mehnat omonat jamg‘armalari kassalari mavjud bolib, ittifoqdosh
respublikaiarda ushbu banklaming respublika, viloyat idoralari va tuman bolimlari faoliyat ko‘rsatar edi80”.
O‘zbekistonda dastlabki tijorat banklarini tashkil etilishining huquqiy asosi bolib 1991 yilda qabul qilingan 0‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to<g<risida”gi qonuni xizmat qildi.
Albatta, mamlakatimizda bozor munosabatlarining takomillashuvi va iqtisodiy islohotlaming chuqurlashuvi natijasida tijorat banklari maqomi, kapitali va faoliyatiga qoyilgan talablar doimiy ravishda o'zgarib bormoqda. Bulaming natijasi olaroq, O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to^risida^gi qonunining yangi tahrirdagi matni 1996 yil 25 aprelda qabul qilindi. Mazkur qonun mamlakatimiz bank tizimi, xu susan tijorat banklarini tashkil topishi va rivojlanishiga mustahkam huquqiy baza bolib xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda tashkil etilgan dastlabki tijorat banki Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hisoblanadi. Keyinchalik, “1994 - 1995 yillarda ixtisoslashtirilgan “Asaka” bank (avtomobil sanoatini qollab quwatlash uchun), “G'allabank” (g‘alla etishtirishni moliyalashtirish uchun), “Paxtabank” (qishloq xojaligi korxonalarini qollab- quwatlash uchun) yakka xojaliklami qollab-quwatlash uchun “Tadbirkor” tijorat banki tashkil etildi”81.
O'zbekistonda tijorat banklari faoliyatiga litsenziya berish, ulaming faoliyatini nazorat qilish va to'xtatish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan bolib, tijorat banklarini tashkil etishda asosiy omillardan biri ulaming ustav kapitaliga qo^yilgan talab hisoblanadi. Talddlash joizki, mamlakatimiz tijorat banklari kapitalining minimal miqdoriga qo*yilgan talab doimiy ravishda oshib bormoqda. Quyidagi jadvalda bu haqda malumotlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |